1- mavzu. Mo‘g‘ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jaloliddin Manguberdi-Vatan himoyachisi. Amir Temur va Temuriylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot
G’ARBIY YEVROPA DAVLATLARI BILAN ALOQALAR
Download 148 Kb.
|
4-маъруза. Mogullar. Temur. тemuriylar
G’ARBIY YEVROPA DAVLATLARI BILAN ALOQALAR
Sohibqiron Amir Temur jahon siyosiy haotiga ham ta’sir ko’rsatdi. Ma’lumki, bu davrda, bir tomondan, sulton Boyazidning Bolqon yarimoroli davlatlariga nisbatan tazyiqi kuchayib, butun Yevropaga xavf solayotgan edi. Ikkinchi tomondan, Boyazidning o’zi G’arbga tomon shiddat bilan siljib borayotgan xavfli raqib-Amir Temurning kuchli tazyiqiga duchor bo’lgan edi. Bunday siyosiy vaziyatda Boyazidga qarshi kuchlarning ma’lum darajada birlashuvi tabiiy edi. Avvalambor Boyaziddan yengilib, o’z yer va mulklaridan mahrum bo’lgan Kichik Osiyo mamlakatlarining hukmdorlari Amir Temurdan madad istab, uning Qorabog’dagi o’rdagohiga borib, qaror topadilar. Hatto Vizantiya va G’alatadagi Genuya hokimining noibi, Fransiya qiroli hamda Sultoniya shahrining katolik missionerlari yordam so’rab Amir Temurga murojaat qiladilar. Buning evaziga ular harbiy yurish vaqtida unga yordam berish hamda Konstantinopol va Peraning Boyazidga to’lab kelgan bojini bundan buyon Amir Temurga to’lashga va’da qiladilar. O’zaro yordam masalasida Amir Temur Konstantinopol noibi Ioann VII Paleolog bilan ham yozishmalar olib boradi. Amir Temurning 1402-yil 15-may kuni Ioann VII Paleolog nomiga yo’llagan xatining mazmuniga qaraganda, Konstantinopol noibi va Genuyaning Peradagi hokimi Boyazidga qarshi kurashda Amir Temurga xizmat qilish bilan yordam berish majburiyatini o’z zimmalariga oladilar. Bu davrda Amir Temur Fransiya qiroli Karl VI, Angliya qiroli Genrix IV, Kastiliya va Leon qiroli Genrix III de Trastamaralar bilan diplomatik aloqalar o’rnatib, yozishmalar olib boradi. Fransiya fuqarolari hisoblangan genuyaliklarning yer va mulklarini, ayniqsa, G’alatadagi mustamlakalarini himoya qilish uchun Karl VI o’z navbatida Amir Temurdan madad kutar va u bilan diplomatik aloqalar o’rnatishga urinar edi. Amir Temur va Karl VI yozishmalarida qayd etilishicha, Sohibqiron qirolni qo’llab-quvvatlaydi. Anqara yaqinida turklaming 160 ming kishilik qo’shini ustidan qozonilgan buyuk g’alabadan so’ng Amir Temurning G’arbiy Yevropa davlatlari bilan bo’lgan aloqalarining mazmuni tubdan o’zgaradi. Endilikda Amir Temur ular bilan do’stona munosabatlami mustahkamlash va o’zaro savdo-sotiq aloqalarini yolga qo’yish kabi masalalarga ahamiyat beradi. Amir Temur 1402-yil yozida Fransiya va Angliyaga maxsus elchilar orqali Karl VI va Genrix IV nomlariga maktublar yo’llaydi. Fransiya qiroli Karl VI 1403-yil 15-iyunda Amir Temurga yo’llagan javob maktubidan ma’lum bo’lishicha, Amir Temur takliflari Fransiya tomonidan mamnuniyat bilan qabul qilingan. Xuddi shu davrda Amir Temurning Angliya qiroli Genrix IV bilan olib borilgan diplomatik munosabatlarida g’arbiy viloyatlar hokimi Mironshoh faol qatnashdi. Kastiliya (Ispaniya) qiroli Genrix III Sharq bilan juda qiziqib qolgan edi. 1402-yilning bahorida dastlab Ispaniya elchilari Amir Temurning Kichik Osiyodagi qarorgohiga yuboriladi. Genrix III 1403-yilda Amir Temur huzuriga ikkinchi marta maxsus elchilarni yuboradi. Unga Klavixo boshliq qilib tayinlanadi. 1403-yil 21-mayda Ispaniyadan jo’nab ketgan elchilar Samarqandga keladilar. Ispaniya elchilari Samarqandda Amir Temur tomonidan tantanavor qabul qilinib, ularga hurmat-ehtirom ko’rsatadilar. Klavixo boshliq Ispaniya elchilari 1404-yilning sentabr-noyabr oylarida Samarqandda bo’ladilar. Amir Temurning Xitoy tomonga yurishi munosabati bilan boshqa ko’pgina davladarning elchilari kabi Ispaniya elchilari ham 1404-yilning 21-noyabrida Samarqanddan jo’natib yuboriladi. Klavixo Ispaniyaga 1406-yilning mart oyida qaytib boradi. Klavixoning safar taassurotlari «Buyuk Temur tarixi» va «Temur qarorgohi», «Samarqandga sayohat kundaligi» nomlari ostida ispan tilida bir necha bor nashr qilinadi. Download 148 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling