1- mavzu. Mo‘g‘ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jaloliddin Manguberdi-Vatan himoyachisi. Amir Temur va Temuriylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot


Amir Temur vafotidan so‘ng Temuriylar davlatidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat


Download 148 Kb.
bet8/18
Sana05.01.2022
Hajmi148 Kb.
#211056
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
4-маъруза. Mogullar. Temur. тemuriylar

Amir Temur vafotidan so‘ng Temuriylar davlatidagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat.

1405—1450



1404 yil boshida Temur oʻzining 200 ming lashkarlik qoʻshini bilan Xitoyga yurishga hozirlik koʻradi. Biroq 1405 yilning 18 fevralida Temurning Oʻtrorda vafot etishi tufayli bu yurish amalga oshmay qoldi.

Amir Temur vafotidan soʻng besh yil mobaynida Movarounnahrda xonliklararo va sulolalar oʻrtasida urishlar davom etgan. 1409-yili Temur oʻgʻli Shohruh (1376—1447) oʻz ukasining oʻgʻli — Halilsultonni yengib, rasman yagona temuriylar davlatining hukmdoriga aylanadi. Ammo amalda esa bu imperiya ikki alohida davlatga ajralgan edi. Shohruh markazi Xirot boʻlgan Xurosonni boshqargan, poytaxti Samarqand boʻlgan Movarounnahr esa uning oʻgʻli Mirzo Ulugʻbek (1394—1449) tasarrufiga oʻtgan. Bu ikki davlat kichik feodal yerlari birlashmasidan tashkil topgan boʻlib, ular katta hokimiyatga daʼvogar temuriylar tomonidan boshqarilgan. Eron hukmdori etib tayinlangan Shohruh nabirasi Sulton Muhammad mustaqil siyosat yurita boshlagani tufayli shaxsan Shohruh koʻpsonli qoʻshin yordami bilan mamlakatda tartib oʻrnatishga majbur boʻladi. U quyi Sirdaryodagi voqealar jarayonini diqqat bilan kuzatib turadi, zotan bu yurtdan turib dashti qipchoqlik oʻzbeklar Xorazmga tez-tez hamla uyushtirishadi. 1419-yili u Barakni qoʻllab-quvvatlab, uni koʻchmanchi oʻzbeklar ulusi xoni boʻlishiga yordam beradi. Ulugʻbek yordami bilan xon Shermuhammad uzoq nizolardan soʻng Moʻgʻiliston taxtini egallaydi, biroq koʻp oʻtmay Ulugʻbek oʻz noiblariga qarshi urushishga majbur boʻladi. 1425-yili Mirzo Ulugʻbek moʻgʻillarni tor-mor qiladi. 1427-yili Barak bilan munosabatlar yomonlashgach, u quyi Sirdaryoga yurish uyushtiradi, ammo natijada qaqshatqich magʻlubiyatga uchraydi. 1447-yili Shohruh oʻlimidan soʻng Ulugʻbek Xirot va Xurosonni zabt etishga urinib koʻradi, biroq buning uddasidan chiqa olmaydi. 1448-yili u oʻgʻli Abdullatif bilan Xirotga yana yurish qiladi va bu safar shaharni ishgʻol etadi. Xurosonni zabt etishga xurosonlik amirlar isyoni hamda xon Abdulxayr boshchiligidagi koʻchmanchi oʻzbeklarning Movarounnahrga bostirib kirishi monelik qiladi. 1449-yili Abdullatifning otasiga qarshi fitnasi Mirzo Ulugʻbekning oʻlimi bilan tugaydi va Abdullatif taxtga oʻtiradi. Ammo zodagonlar va xalq tomonidan nafratlangan Abdullatif fitna natijasida 1450-yilning 8-mayidayoq oʻldiriladi. Hokimiyat temuriy Abdulla ihtiyoriga oʻtadi va u Ulugʻbek siyosatini tiklashga intiladi.

1451—1507

Turk zodagonlari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan temuriy Abdullaga qarshi Xoʻja Ahror (1404—1490) boshchiligidagi naqshbandiy tariqati yordamiga suyangan Buxoro amirlari taxtga oʻz nomzodlarini ilgari suradilar. Bu talabgor Amir Temur oʻgʻli Mironshoh nabirasi Abusaid (1451—1468) edi. Abdusaid koʻchmanchi oʻzbeklar xoni Abulxayrni ittifoq tuzishga koʻndiradi. 1451-yili yozida Samarqand yaqinida hal qiluvchi urush boʻlib oʻtadi. Bu urush da koʻchmanchi oʻzbeklar gʻolib chiqishadi, Abdulla qoʻshini parokanda boʻladi, uning oʻzi esa oʻldiriladi. Abdusaid Samarqand va Movarounnahrda hokimiyatni egallaydi. Xoʻja Ahror uning yaqin maslahatchisi etib tayinlanadi. Abu Said Xurosonni ishgʻol eta olmaydi, zero Xirot taxtiga 1452-yildan to umrining oxirigacha, yaʼni 1457-yilga qadar Shohruh nabirasi Abulqosim Bobur egalik qilgan. Ikki hukmdor oʻrtasidagi munosabatlar adovatli boʻlgan. 1457-yili Abusaid Hirot taxtini egallab oladi va vaqtinchalik ikki davlatni oʻzaro birlashtirishga erishadi. 1468 yili Abdusaid Eronni zabt etish uchun safarga otlanadi, biroq undan qaytib kelmaydi. Sulton Xusayin (1469—1506) fursatdan foydalanib Hirot hokimiyatini egallab oladi. Abdusaid oʻgʻillari hokimiyat uchun kurashdan voz kechib Movarounnahrga joʻnab ketishadi. 15-asrning ikkinchi yarmida Movarounnahr siyosiy parokandalik davrini boshidan kechiradi. 1469-yildan 1494-yilgacha Samarqandda Abdusaid oʻgʻli Sulton Ahmad (amalda hokimiyat Xoʻja Ahror va naqshbandiy tariqati tasarrufi ostida boʻlgan), Buxoroda — Sulton Alimirza, Fargʻonada esa Zahiriddin Muhammad Bobur hukmdorlik qiladi. Aynan Bobur Shayboniyxon boshchiligidagi koʻchmanchi oʻzbeklarning bosqiniga astoydil qarshilik koʻrsatadi. 1497-yili Bobur boshqargan andijonliklar qoʻshini Samarqandni ishgʻol etadi. 1501-yilning bahorida Bobur Shayboniyxon bilan urush qilish uchun Samarqandni tark etadi, biroq Kuxak daryosi yaqinidagi urushda magʻlubiyatga uchraydi. Bobur Movarounnahrni tark etib Kobulga ketishga majbur boʻladi. Shaybonixon Movarounnahr va Xurosonga jadallik bilan hujum boshlaydi. 1501—1506-yillar davomida u Samarqand, Toshkent, Kat va Buldumsoz, Urgench, Balxni bosib oladi. Keksayib kuchdan qolgan Sulton Xusayin Shaybonixonga jiddiy qarshilik koʻrsata olmaydi. Xorazm Shaybonixon tomonidan egallab olingandan soʻnggina Sulton Xusayin yurish uyushtirishga qaror qiladi, ammo uning boshlanishida vafot etadi. Hirotda uning oʻrniga ikki voris — oʻgʻillari Badi az-Zamin va Muzaffar Xusayin tayinlanadi. Ular oʻrtasidagi ixtiloflar Hirotning tushkunlikka yuz tutishini tezlashtirdi. 1507-yili Shayboniyxon Hirotni ishgʻol etdi.




Download 148 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling