1- mavzu. Mo‘g‘ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jaloliddin Manguberdi-Vatan himoyachisi. Amir Temur va Temuriylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot


AMIR TEMUR SALTANATINING MA’MURIY VA HARBIY TUZILISHI


Download 148 Kb.
bet5/18
Sana05.01.2022
Hajmi148 Kb.
#211056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
4-маъруза. Mogullar. Temur. тemuriylar

AMIR TEMUR SALTANATINING MA’MURIY VA HARBIY TUZILISHI

Sohibqiron Amir Temur o’z zamonasining talab-ehtiyojlaridan kelib chiqib davlat boshqaruvini takomillashtirdi, unga yangicha ruh va mazmun berdi. Davlatning tarkibiy tuzilishi harbiy-siyosiy tartiblarga asoslangan bo’lsa-da, jamiyat rivoji, barcha ijtimoiy tabaqalarning manfaatlarini ta’minlash nazarda tutilgan edi.

Amir Temur saltanatida davlat boshqaruvi ikki idoradan: dargoh va vazirlik (devon)dan iborat bo’lgan. Dargohni Oliy hukmdorning o’zi boshqargan. Ijroiya hokimiyat-devonni devonbegi (bosh vazir) boshqargan. Devonda harbiy vazir, mulkchilik va soliq ishlari vaziri, moliya vaziri faoliyat yuritgan. Bulardan tashqari sarhadlar va tobe mamlakatlarning boshqaruvi bilan shug’ullanuvchi yana uch vazir bo’lib, ular devonbegiga hisobot berib turgan.

Markaziy hokimiyat tizimida shayxulislom, qozikalon, sadri a’zam, dodxoh, yasovul, muhassil, tavochi, muhtasib va boshqa amaldorlar xizmat qilgan.

*Xonsolor-dasturxonchi. Hukmdor huzurida ovqat tortish ishlarini boshqaruvchi shaxs.

*Bakovul-hukmdor va lashkarga ovqat tayyorlash ustidan nazorat qilib turuvchi harbiy mansabdor. Lashkarga maosh va oziq-ovqat taqsimlash ham bakovullar zimmasiga yuklatilgan.

*Bitikchilar-xon va mahalliy hokimlarning barcha yozuvlarini olib boruvchi mansabdor.

Dargohda bosh hojib, xazinabon, xonsolor, qo’shchi, bakovul, kotiblar, bitikchilar, tabiblar, sozandalar, dasturxonchilar xizmatda bo’lgan.




Download 148 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling