1- mavzu. Mo‘g‘ullar istilosi va zulmiga qarshi kurash. Jaloliddin Manguberdi-Vatan himoyachisi. Amir Temur va Temuriylar davrida ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayot


Download 148 Kb.
bet10/18
Sana05.01.2022
Hajmi148 Kb.
#211056
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
Bog'liq
4-маъруза. Mogullar. Temur. тemuriylar

Samarqand davlat poytaxti


Mo`g`ullar bosqini davomida butunlay vayron etilgan Samarqand shahri Amir Temur davrida o`zining qadimgi o`rnidan birmuncha janubroqda boshdan oyoq yangitdan qayta quriladi. Shahar tevaragi Oxanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, So`zangaron va Feruza kabi nomlar bilan yuritiluvchi oltita darvozali mustahkam yangi qal'a devor bilan o`rab chiqiladi. Shahar arkida Amir Temurning qarorgohi Ko`ksaroy va Bo`stonsaroylar bino qilindi. Ko`ksaroy to`rt qavatli bo`lib, gumbazlar va devorlari zangori koshinlar, naqshinkor va guldor parchinlar bilan qoplangani uchun u shunday nom bilan shuhrat topadi. Ko`ksaroyda xonlarni podsholik taxtiga o`tqizish marosimi vaqtida ularni oq kigiz ustiga olib o`tqizadigan toshdan taxt kursi - Ko`ktosh qo`yilgan edi. Bulardan

tashqari, arkda davlat devonxonasi, qurol-yarog`lar yasaydigan ustaxona va aslahaxona, tangalar so`qiladigan zarbxona, qamoqxona kabi imoratlar joylashgan edi.

Samarqandda saroylar, masjidlar, madrasalar, raaqbaralar quriladi. Shahar tashqarisida esa bog`-rog`lar barpo etiladi. 1403-1404-yillarda Samarqandda bo`lgan Ispaniya elchisi Klavixo Amir Temurning olib borayotgan binokorlik ishlaridan hayratda qolgan edi. Xuddi shu davrda Shohizinda me'moriy yodgorliklari majmuasidagi ba'zi ajoyib maqbaralar, hozirgi vaqtda Bibixonim nomi bilan mashhur bo`lgan Jome masjidi va boshqalar bino qilinadi.


Download 148 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling