1 – mavzu. Qurilishda marketing tushunchasi, moxiyati, vazifalari va funksiyalari
Download 183.3 Kb.
|
лекция
1.3. Marketing rejalashtirish.
Strategik va taktik marketing vazifalari Strategiya- bu korxona tashkilot firmalarning uzoq muddatli maqsad va vazifalarini belgilash, ularni tarakatini ta‘minlash va maqsadga erishish uchun zarur bo’lgan resurslarni taqsimlashdir. Strategiyaning dasturini marketing moliya, tashkiliy faoliyat, kadrlar masalalari, resuslar taxsimoti tashkil qiladi. Strategik rejalashtirish boshqarish faoliyatining asosiy yo’nalishlarini belgilaydi. Marketingda strategik rejalashtirish mahsulotlar ishlab chiqarish yoki xizmatlar ko’rsatish to bozorning barcha harakatlari bo’yicha belgilab olinadi. Bular bo’yicha umumiy rejalar tuziladi. Strategik rejalashtirish aniq ifodalangan dasturiy bayonatga ega bo’ladi. Dasturiy bayonet faoliyat sohasi, ishlab chiqarish turi, mutaxasislar, bo’limlar faoliyati ijozlar doirasi belgilanadi. Rahbariyat shunga asoslanib ish olib boradi. Strategiya 6 ta kichik strategiyadan tashkil topadi: 1. Bozorni tanlash va o’rganish 2. Bozorda segmentga ega bo’lish 3. Bozorga chiqish usullarini tanlash 4. Marketing vositallarini qo’llash 5. Bozorga chiqish vaqtini belgilash 6. Boshqarishning tashkiliy tarkibini belgilash Marketing stratgiyasi variantlari 2 ta: 1. Mahsulotga nisbatan strategiya yoki mahsulotlarni barcha ko’rsatkichlari bilan belgilanadi. 2. Bozor strategiyasi-bozorni 3 ga bo’ladi A) Keng miqyosli bozor B) Tabaqalashgan bozor C) Ixtisoslashgan bozor Korxonaning taktik rеjasi stratеgik rеjasining bir qismi bo’lib, unga qo’yilgan maqsadlarga erishishning vositalari, usullari aniqlanadi. Agar stratеgik rеjalashtirishni asosiy mеzoni uzoq muddatlilik hisoblansa, unda markеtingni taktik rеjalashtirishda o’rta muddatli stratеgik chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Markеtingni opеrativ rеjalashtirishning mеzoni bo’lib qisqa muddatlilik hisoblanadi. Taktik rеjalarda umumiy sotish rеjasi, xar bir tovar guruhi bo’yicha ta‘minot va sotish rеjasi, daromadlar rеjasi, xarajatlar rеjasi, foyda rеjasi, savdo uchun zarur jihozlar, asbob-uskunalar bilan ta‘minlanish rеjasi, bozorning xozirgi holatiga baho bеrish, korxona imkoniyatlari va xavf-xatarlari ifodalanadi. Taktik rеjalarda o’tgan yildagi ko’rsatkichlardan, jumladan korxonaning tovar oboroti ko’rsatkichidan o’sish, ustunlikka ega bo’lish mo’ljallansa, bu o’sishga imkon bеruvchi vositalar (xususan, sotishni rag`batlantirish, rеklama va boshqalar) ham kеltiriladi. Bozordagi sotiladigan tovarlar xaridori, asosiy sеgmеnti, istе‘molchilarning zarurati, raqobatchilar va mol taqsimoti yo’llari ko’rsatib bеriladi. Ayniqsa korxonani faoliyat davomida ko’tayotgan xavf-xatarini bilish, imkoniyatlarini aniqlash muhimdir. Korxona rahbariyati bo’larni doim diqqat markazida saqlashi va xavf xatarning salbiy ta‘siri oldini olish choralarini izlashi kеrak. Tovarni sotish imkoniyatlarida avvalo korxonaning bozordagi tovari ulushi, raqobatchilar o’rtasidagi mavkеi hisobga olinadi. Agar korxona tovarining sotilish xajmi oshayotgan b o’lsa, bu yoki umumiy iqtisodiy holatning yaxshilanishi hisobiga (bunda barcha firmalar oboroti oshadi) yoki raqobatchilariga nisbatan korxona faoliyatining takomillashgani hisobiga bo’lishi mumkin. Rahbariyat korxonaning bozordagi ulushi o’zgarishini muntazam ravishda nazorat qilib borishi kеrak. Agar bu ulush oshib borsa, korxonaning raqobat qobiliyati kuchayganini bildiradi, va aksincha. Korxona rahbariyati, mеnеdjеri mijozlar munosabatiga, ularning o’zgaruvchan ehtiyojiga ehtiyotkorlik bilan qarashi, ularni yo’qotmaslikka yo’naltirilgan tadbirlar ishlab chiqishi va xayotga tadbiq etish yo’llarini bеlgilashi kеrak. Bu boradagi axborotlar mijozlarning imkoniyati yoki takliflari orqali fikrlari yoki maxsus to’latiladigan surovnomalar yordamida to’planadi. Bozor talabi asosidagi joriy ko’rsatkichlar mo’ljallangan rеja ko’rsatkichlaridan kеskin farq qila boshlasa, mo’ljallangan rеjaga tuzatishlar kiritiladi. 1.4. Marketingni boshqarish tayanch tamoyillari va tizimlari Hozirgi davrda korxonada marketing xizmati mavjud bo’lmagan bozor tizimidagi biron-bir korxona normal faoliyat olib borolmaydi. Shuningdek, vaqt o’tishi bilan marketingning foydaliligi oshib bormoqda. Buning sababi shuki, hammaga ma‘lum bo’lgan inson ehtiyojlari cheksiz, koxonaning resurslari esa cheklangandir. Har bir sub‘yektning o’ziga xos ehtiyojlari mavjud, ularni qondirish esa har doim ham sifatli bo’lmaydi. Har bir insonga o’ziga xos individual yondashuv lozim. Shuning uchun yangi sharoitda didning xilma-xilligini aniq ajrata oladigan va ularni his eta oladigan korxonalargina yashay oladilar. Marketing esa bunga imkon beradi. Bozor sharoitida savdo tizimi mahsulotdan voz kechishi mumkin, davlat zararlarni qoplamaydi, kredit berishda banklar o’zlarining shartlarini olga suradilar, bozorga xos bo’lgan raqobat paydo bo’ladi. Bozor iqtisodiyotiga moslashmagan korxonalar tez orada inqirozga uchrashi mumkin. Bunday hollardan omon qolish maqsadida, xo’jalik faoliyati sohasidagi mutaxassislariga, bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqarish texnikasini va uslublarini o’rganishlari lozimdir. Zamonaviy O’zbekiston Respublikasida marketing endi rivojlana bormoqda, shuning uchun mamlakat korxonalarining marketing faoliyatidagi tajribalari juda ham cheklangan. Bunda «istalgan narxda, istalgan mahsulotni sotish» tamoyiliga amal qilinmoqda. Bu so’zsiz marketing g‗oyasiga qarshidir. Zamonaviy marketing konsepsiyasi korxonaning barcha faoliyat turlari Iste‘mol talablarini va ularning kelajakdagi o’zgarishini bilishga asoslanishidan iboratdir. Bundan tashqari marketingning yana bir maqsadlaridan biri xaridorlarning qoniqtirilmagan talablarini aniqlash va bu bilan ishlab chiqarishni ushbu talablarni qoniqtirishga yo’llantirishdan iboratdir. Marketing tizimi Iste‘molchilarga zarur bo’lgan miqdor va assortimentdan kelib chiqqan holda, tovar ishlab chiqarishni ushbu omillarga bog‗liq bo’lgan funksional qaramlikka yuz tutadi. Aynan shu sababdan marketing bozorni o’rganish metodlari yig‗indisi bo’lishidan tashqari, u o’z urinishlarini samarali savdo kanallarini yaratish va reklama kompaniyalarini o’tkazishga qaratadi. Bunday ko’p qirrali va hozirda dolzarb bo’lgan marketing mavzusiga bo’lgan qiziqish nafaqat, alohida bir mamlakat, balki, butun dunyoda ham ko’paymoqda, ta‘kidlash joizki ushbu qiziqish kundan-kunga ortib globallashmoqda. Bu marketing har birimizni qiziqishlarimizga taalluqliligi bilan tushuntiriladi. Avtomashinani sotayotganimizda, ish joyini qidirayotganimizda, hayriya ishlari uchun mablag‗ to’playotganimizda yoki g‗oyani ilgari surayotganimizda biz marketing bilan shug‗ullanamiz. Biz bozor o’zi bilan nimani aks ettirishini, unda kimlar ish yuritishini, u qanday ishlashini, uning talablari qandayligini bilishimiz lozim. Ta‘kidlab o’tilganidek, bozor iqtisodiyoti sharoitida va ayniqsa bozorga o’tish davrida marketing iqtisodiy intizomlarning eng muhimlaridan biri hisoblanadi. Bundan butun iqtisodiy xo’jalikning samarali ishlashi marketing tizimi qanchalik to’g‗ri yo’lga qo’yilganliligiga bog‗liq. Marketing bu - korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish, shuningdek, sotish faoliyatini tashkil qilish tizimidir, daromad olish maqsadida mahsulot va xizmatlarga bo’lgan talablarni shakllantirish va qondirish. Mutaxassislar «marketing» terminiga ikki xil ma‘noni kiritishadi: bu boshqarishning funktsiyalaridan biri va bozor munosabatlari sharoitida to’liq boshqaruv konsepsiyasidir. Boshqaruv funksiyasi sifatida marketing moliya, ishlab chiqarish, ilmiy izlanishlar, moddiy-texnik ta‘minot va boshqalar bilan bog‗liq bo’lgan boshqa turdagi faoliyatlardan kam bo’lmagan ahamiyatga egadir. Boshqaruv konsepsiyasi sifatida (biznes falsafasi) marketing korxonadan Iste‘molni «demokratik» jarayon sifatida tan olishlarini talab etadi va bu jarayonda Iste‘molchilar o’zlari uchun zarur bo’lgan mahsulotlarga o’zlarining pul mablag‗lari bilan «ovoz» berish imkoniyatini yaratadi. Bu korxonaning muvaffaqiyatini aniqlaydi va Iste‘molchilarning talablarini optimal tarzda qondirish imkoniyatini beradi. Marketing bu - ommani xarid qilishga undash uslubi bo’lgani sababli, ko’pchilik bu tushunchani rag‗batlantirish va sotish bilan tenglashtiradilar. Farqi shundan iboratki: sotish, asosan yuzma-yuz muomalani – sotuvchi potensial xaridorlar bilan muomalasini anglatadi. Marketing insonlar- ushbu sotuvchi korxona vakillarining birontasi bilan ham to’g‗ridan-to’g‗ri muomalada bo’lmagan insonlar fikrini jalb etish va undash uchun ommaviy axborot vositalarini va boshqa uslublardan foydalanadi. Boshqaruv muammolari bo’yicha yetakchi nazariyotchilardan biri Peter Drukker bu haqida shunday deydi: Marketingning maqsadi - sotish borasidagi urinishlarni bekor qilish. Uning maqsadi - mijozni shunday o’rganish va tushunish kerakki, tovar yoki xizmatlar unga aniq to’g‗ri kelishi va o’zinio’zi sotishlari mumkin bo’ladi. Download 183.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling