1 – mavzu. Qurilishda marketing tushunchasi, moxiyati, vazifalari va funksiyalari
Download 183.3 Kb.
|
лекция
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1. Marketing tushunchasi va mohiyati.
1 – mavzu.Qurilishda marketing tushunchasi, moxiyati, vazifalari va funksiyalari REJA: 1.1. Marketing tushunchasi va mohiyati. 1.2. Marketingning asosiy maqsad va vazifalari. 1.3. Marketing rejalashtirish. Strategik va taktik marketing vazifalari. 1.4. Marketingni boshqarish tayanch tamoyillari va tizimlari. 1.1. Marketing tushunchasi va mohiyati. Bozor munosabatlariga o’tish davrida xo’jalik yurituvchi barcha sub‘yektlar - korxonalar, tashkilotlar va boshqa xo’jalik tizimidagi sub‘yektlarda ularning funksional vazifalari tubdan o’zgaradi. Boshqarishning ma‘muriy-buyruqbozlik usuli o’rnini zamonaviy usullar egallab, unda talab va taklif, raqobatchilik, o’z strategiya va taktikasini aniqlashda korxonalarga hamkorlik qilish uchun korxonalarni tanlash erkinligi va iqtisodiyotning erkinlashuvi asosiy rol o’ynaydi. Raqobat natijasida mehnat taqsimotining tobora chuqurlashuvi asosida davlatning iqtisodiyotni va xo’jalik yurituvchi sub‘yektlarni boshqarishdagi roli tubdan o’zgaradi. Davlatning bevosita rahbarligida atrof-muhit ekologiyasini saqlash, davlat mudofaasi, mehnat havfsizligini ta‘minlash kabi masalalar hal qilinadi. Mahsulotlarga boy bozorda ishlab chiqaruvchilar o’zaro raqobatlashib, turli mahsulotlarning sifatini yaxshilashga yoki bahosini kamaytirishiga majbur bo’ladilar, ya‘ni iste‘molchining talabiga bo’ysinishga majburdirlar. Raqobatli bozorda iste‘molchining haq-huquqlarini himoya qilish uchun davlat tomonidan (bozorni boshqaruvchi sifatida) tadbirlar belgilanadi va amalga oshiriladi. Buning maqsadi oxir-oqibatda iste‘molchi ishlab chiqaruvchini, mahsulotni, bahoni tanlasin, aksincha emas. Ko’rinib turibdiki, korxonaning ichki va tashqi faoliyati uning bozor munosabatlarida o’zini qanday tutishi bilan, aniq strategiya va taktika ishlab chiqish bilan belgilanadi. Yuqorida keltirilgan fikrlar gohida korxonada quyidagi o’zaro qaramaqarshi bo’lgan masalalarni hal qilishni talab etadi: -ishlab chiqarishning tez o’zgaruvchanligini ta‘minlash;· -iste‘molchi talabiga ko’ra mahsulot turlarini o’zgartirib borish;· -yangi texnika va texnalogiyani tezkorlik bilan almashtirib, uning · o’rniga zamonaviylarni o’rnatish; turli ehtiyot qismlar, tayyor mahsulotlarning ma‘lum zaxirasiga ega bo’lish; tobora narxi tushib borayotgan mahsulotlarning sifatini yaxshilash.· Demak, korxona faoliyati bevosita tovar, xizmat bozorlarini o’rganish, uning qonun-qoidalariga amal qilishga ko’p jihatdan bog‗liq ekan. Bozor, uning qonun-qoidalari, ishlab chiqaruvchilar va Iste‘molchilar o’rtasidagi munosabatlarni marketing fani o’rgatadi. Ammo marketing iqtisodiy faoliyat tizimi bo’lganligi bois keng tushunchadir. Bir tomondan u bozor, undagi talab va taklif, Iste‘molchi xohishi-yu, ishlab chiqarish yo’nalishini har tomonlama va mukammal o’rganishni bildirsa, ikkinchi tomondan bozorga va undagi taklifga ta‘sir ko’rsatish, ishlab chiqaruvchilar va Iste‘molchilarning talab va takliflarini muvofiqlashtirish strategiyalari va taktikalarini ishlab chiqishni anglatadi. Zamonaviy marketing paydo bo’lganidan buyon bir necha bosqichni bosib o’tdi. Bu o’zgarishlar mahsulotni seriyali va ommaviy ishlab chiqarilishi bilan bog‗liq. Marketingni maqsadga muvofiq ravishda rivojlantirish asoslari XX asrning boshlariga to’g‗ri keladi, chunki bu davrda keng miqyosda ishlab chiqarish rivojlanib, raqobat rivojlana boshladi. 1-bosqich. Bu bosqich ishlab chiqarishning mujassamlashuvi, mexanizatsiyalashuvi va avtomatlashtirilishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda marketing tushunchasi mahsulotni ishlab chiqaruvchidan xaridorgacha bo’lgan jarayonni nazorat qilish bilan shug‗ullanuvchi tadbirkorlikdan iborat degan mavzuni shakllantiradi. 2-bosqich. Bu bosqich 1929-1933-yillarda yuzaga kelgan takror ishlab chiqarishdagi inqiroz bilan bog‗liq. Marketing bunda sotuv bilan bog‗liq bo’lgan mazmunini yo’qotadi. Marketing bilan shug‗ullanuvchi tijorat tashkilotlari tashkil etila boshlandi. 1926 -yilda AQSHda Marketing va reklama bo’yicha Milliy Assotsiatsiya tashkil etildi. Bu tashkilot 1973- yilda Amerika marketing uyushmasiga aylantirilib, qayta tashkil etildi. Bugungi kunda bu tashkilot o’z atrofiga 25 mingga yaqin tadqiqotchilar, biznes vakillari va o’qituvchilarini birlashtirgan. 3-bosqich. Bu bosqichda marketing boshqaruv rusumidan ishlab chiqarish bozoriga arendatorlangan tizimiga o’zgaradi. U quyidagi holatlarni o’z ichiga oladi: korxonalar xaridorga kerak bo’lgan mahsulotnigina ishlab chiqaradi;- sotuvchi bozori xaridor bozoriga aylanadi;- korxona, firmalar ko’p mahsulot ishlab chiqarishga yo’naltiriladi;- bozorda mahsulot ko’payib, raqobat keskinlashadi;- aholi va korxonalarda daromad ulushi ortib boradi.- 4-bosqich. Bu bosqich marketingni mintaqalararo (transkontenental) korparatsiyalarning faoliyatlarini muvofiqlashtiruvchi tizimga aylanishi bilan harakatlanadi. Bunda marketing rejalari xaridorning talablari maqsadlarini birlashtiradi, davlat tomonidan bozorning boshqarilishi va resurslarni baholanishi mazkur rejalarga kiritiladi. Bugungi kunda AQSH, Yaponiya, G‗arbiy Evropa va boshqa rivojlangan davlatlar o’z faoliyatlarini marketingga asoslaydilar. Marketing xarajat talab etiladigan sohaga aylandi. Masalan, 1970- yillarda AQSHda 1 dollar bahosidagi mahsulotning 55 senti marketingga, 45 senti ishlab chiqarish, sotish bilan bog‗liq xarajatlarni va foydani tashkil etadi. Download 183.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling