1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja
-mavzu. Faoliyatni yaxshilashda jamoaning qatnashuvi
Download 0.87 Mb.
|
menejment 1-10
9-mavzu. Faoliyatni yaxshilashda jamoaning qatnashuvi.
REJA: 1.Guruhli yondashuv,guruhlarning xususiyatlari. 2.Bo’linmalarning faoliyatini takomillashtirish bo’yicha guruhlar. 3.Sifat to'garaklari. 4.Maqsadli guruhlar. 5.Guruhlarning faoliyati. 6.Bo'linma doirasida takomillashtirish. Tayanch so’z va iboralar. Guruhli yondashuv, to’garak, xususiyat, ta’minotchi, iste’molchi ,sifat, maqsadli guruh. 1.Guruhli yondashuv, guruhlarning xususiyatlari. Xizmatchilar va ishchilarning ishtiroki. Rahbarlarning aksariyati o'z bo'ysunuvchilarida ulkan foydalanilmagan salohiyat yashiringanini anglab yetganlar. Ularming iste'dodi va bilimidan unumli foydalanish sifatni oshirish ishlarida muvaffaqiyatga erishishni kafolatlaydi. Rivojlangan davl atlarning bir qator tashkilotlarida jamoaviy boshqaruv tamoyillaridan foydalanish yo'lida ko'p villardan beri samaradorlikka erishib kelinayotgani yuqoridagi fikrimizni tasdiqlaydi. Jamoaviy ishtirok tizimini tarkib toptirishda vakolatlarning ishchilarga berilishi bosqichma-bosqich sodir bo'ladi. Buning oqibatida rahbarlar vakolatidan olib tashlangan funksiyalarning o'rnini to'ldirish maqsadida ularning nazorat qilish funksiyasini kengaytirish talab etiladi. Ishchilarning garorlar qabul qilishda qatnashishiga ishonishi ularning o'z rahbarlariga ishonchidan boshlanadi. Tashkilot rahbariyatining mavqeyi. Agar butun rahbariyat jalb qilinmay jamoaviy ishtirok amalga oshirilsa, ishchilar o zlarini rahbarlar tomonidan og'dirib olinayotgan kabi his qiladilar. Jamoaviy qaror har doim ham eng maqbul bo’lavermasligini yodda tutish kerak, chunki: 1) jamoaviy qaror korxona uchun samarali va samarasiz g'oyalarga ega bo'lgan qatnashchilarning kelishuviga asoslangan qarordir; 2) jamoa optimal yechimni taklif etgan, biroq o'zining g'oyalarini aniq ifodalashni uddalay olmagan qatnashchi qolib, qandaydir gapdon odamning so’ziga og'ib ketishi mumkin; 3) butun jamoa tomonidan qabul qilingan qarorni amalga oshirish uchun mas'ul shaxsni aniqlash qiyinlashadi. Rahbariyat guruhlar faoliyatida ishtirok etishi va qarorlarni tasdiqlashi kerak. Rahbarlar ishchilarni qaysi muammolarni birinchi darajali deb hisoblashlari va ularni qay tarzda hal qilishlari uchun ularni yo'naltirib turadi. Guruhli yondashuv ma'lum vazifani bajarish uchun ikki yoki undan ko'p shaxsning hamkorlikda ish yuritishini nazarda tutadi. Guruhning asosan to'rtta turi farqlanadi. Ular: 1) bo’linnmalar faoliyatini takomillashtirish bo’yicha guruhlar; 2) sifat to’garaklari; 3) jarayonlarni takomillashtirish guruhlari; 4) maqsadli guruhlardir. Bu to'rt turdagi guruhning xususiyatlari 9.1-jadvalda o'zaro taqqoslanilgan. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling