1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja


Download 0.87 Mb.
bet72/80
Sana25.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1121567
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   80
Bog'liq
menejment 1-10

Pullik mukofotlar. Takliflarni hamma xodimlar bildirgan bo'lishlariga qaramay, ularning b a ’zilari pullik mukofotlarni olish huquqiga ega boimaydilar, chunki:
1. Odatda, takliflarni ко‘rib chiqish bo'limining xodimlari va yuqori pog‘ona rahbarlari pullik mukofotlarni olish huquqiga ega bo'lmaydi.
2. Ishchilar asosiy ishining bir qismi hisoblangan takliflar uchun ularga pullik mukofotlar berilmaydi.
3. Xodimlar lavozim ko'rsatmalari yoki ish rejalarida nazarda tutilgan, ular faoliyatining natijasi hisoblangan takliflar uchun taqdirlanmaydilar.
4. Muayyan davr oralig‘ida olingan qo'shimcha foydaning muayyan foizi hisobiga mukofotlash fondi ajratiladi.
Yaponiya tajribasi. Yaponiyada takliflar bildirish dasturlari xodimlarni faol harakatga jalb qilishning eng samarali instrumenti hisoblanadi. Bunday dasturlar o'zining samaradorligiga ko‘ra sifat to'garaklaridan ham o‘zib ketadi. Yaponiyada bitta xodimga to‘g‘ri keladigan iqtisodiy samara AQSH dagidan to‘rt barobar ko‘p. Takliflar bildirishning Yaponiya tizimi — xodimlarni tayyorlash, ularga yordam ko‘rsatish va vazifalarini belgilashni nazarda tutuvchi faol tizim.
Takliflarni bildirish tizimi boshidanoq Yaponiya ishchisida fikr bildirish va takliflarni ilgari surish ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan. U tugallangan va samarali takliflarni ilgari surish uchun tayyorlash va o‘qitishni nazarda tutgan. 0 ‘qitish jarayonida xodimlar ma’lumotlami to‘plash va maqbul shaklda takliflarni bildirish usullari bilan tanishadilar.Yaponiyaning yetakchi firmalarida har bir xodimni dasturlarda qatnashishga yo‘naltiruvchi muhit yaratiladi. Ta’kidlash lozimki, Yaponiyaning pullik mukofotlar tizimiga juda katta mablag‘ ajratiladi.
Ishni yaxshilash dasturi xodimlarni erishgan natijalari uchun rag’batlantirishni nazarda tutadi va shu sababli xodimlar bildirilgan takliflar uchun pullik mukofotlarni olishga da’vo qilmaydilar. Dastur:
1. Ishchining faoliyat sohasi bilan bevosita bog'langan g'oyalar va takliflarni tan olishni ta’minlaydi;
2 . 0 ‘zgarishlarga ko‘maklashuvchi muhitni yaratish,
3. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifat darajasi va mehnat unumdorligini oshirishni ta’minlaydi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling