1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja


Mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari


Download 0.87 Mb.
bet8/80
Sana25.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1121567
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   80
Bog'liq
menejment 1-10

2.Mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari.
Mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari uning sifatini tashkil etuvchi mahsulotning bitta yoki bir nechta xususiyatlarini miqdoriy tavsifi bo‘lib, uni muayyan sharoitlarda yaratishni, foydalanishni va iste’mol qilishda qo‘llanishni nazarda tutadi. Mahsulot sifatini baholash uchun umumiy mashinasozlikda uchta guruhdan tashkil topgan ko‘rsatkichlar tizimi qabul qilingan.
1) umumlashtiruvchi; 2) yagona; 3) kompleks ko‘rsatkichlir.
Umumlashtirilgan ko‘rsatkichlarga: umumiy ishlab chiqarilayotgan mahsulot turidan ilg‘or, yuqori samaradorli qismi; tovar yoki sotiladigan mahsulotning umumiy hajmidan yuqori va birinchi kategoriyali mahsulot qismi; oliy sifatli mahsulotdan foydalanishdagi iqtisodiy samara kiradi.
Yagona ko‘rsatkichlarga mahsulot vazifasining ko‘rsatkichlari, puxtalik, texnologiklik standartlashtirish, birxillashtirilish, patent-huquqiy va mahsulotning tejamlilik ko‘rsatkichlari kiradi.
Kompleks ko‘rsatkichlarga: mahsulotning bir nechta xususiyatlarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar, masalan, texnik qurilmaning tannarxi va ishlash muddati, ikkita xususiyatni ifodalovchi mahsulotning tayyorlik koeffisiyenti: buzilmaslik, ta’mirlashdagi qulaylik
(3-1)
bu yerda H — buyumni buzilishgacha ishlagan vaqti;
T — qayta tiklash uchun ketgan o‘rtacha vaqt (ta’mirlashdagi qulaylik ko‘rsatkichi).
3. Mahsulot sifati darajasini baholash usullari.
Mahsulotning sifatini baholash uchun qabul qilingan ko‘rsatkich aniqlangan sifat ko‘rsatkichi deb ataladi.
Baholanayotgan mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari qiymatini ularning asosiy qiymatlari bilan taqqoslashga asoslangan mahsulot sifatining nisbiy tavsifi mahsulot sifatining darajasi deb ataladi.
Mamlakatimiz va chet el mahsuloti namunalari taqqoslanganda ularning texnik darajalari bilan cheklaniladi, chunki ularning iqtisodiy ko‘rsatkichlari ma’lum bo‘lmasligi mumkin.
Sifat darajasining optimallik mezoni bo‘lib, mahsulotning foydalanishdagi foydalilik samarasining yig‘indisi ya’ni, uni yaratishga va foydalanishga ketgan umumiy xarajatga nisbatini ko‘rsatuvchi kompleks integral ko‘rsatkich xizmat qilishi mumkin.

Mahsulotning kompleks intergal ko‘rsatkichi qancha katta bo‘lsa, foydali samara har bir sarf qilingan so‘m uchun shunchalik yuqori bo‘ladi.


Mehnat predmetlarining sifati asosan ularning texnologikligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi yordamida baholanadi Kridaga ko‘ra, ular ob’yektiv o‘lchash vositalari yordamida aniqlanadi. Iste’mol mollarining sifatini baholash uchun asosan, sub’yektiv baholash usulidan foydalaniladi.
O‘zRSTISO 8402 ga muvofiq mahsulotning sifat darajasini baholashda differensial, kompleks yoki aralash usuldan foydalaniladi. Differensial usul mahsulot sifatining alohida ko‘rsatkichlaridan foydalanishga asoslangan.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling