1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja


Download 0.87 Mb.
bet7/80
Sana25.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1121567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80
Bog'liq
menejment 1-10

Nazorat savollari:
1.Qanday mahsulot turi aniq sonlar bilan ifodalangan parametrlar bilan xarakterlanadi?
2.Buyumning tannarxi qanday formuladan topiladi?
3.Parametrlar qatorini va u bilan bog‘langan o‘lchamlarni tanlashda qanday qoidalarga amal qilish maqsadga muvofiqdir?
4.Darajalash yoki parametrik qator qanday tuziladi?

3-mavzu. Mahsulot sifat ko‘rsatkichlari va uni oshirishga ta’sir qiluvchi omillar.
Reja:
1.Mahsulot sifati sanoat korxonalari.
2. Mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari.
3. Mahsulot sifati darajasini baholash usullari.
4.Differensial usulda mahsulot sifatining nisbiy ko‘rsatkichlari.
5.Mahsulot sifat ko‘rsatkichlarining qiymatini aniqlash usullari.


Tayanch so’zlar:sifat, sanoat korxonalari, birlashmalar, uyushmalar, sifat xususiyati, murakkab xususiyat, chidamlilik, buzilmasdan ishlash, ta’mirga yaroqlilik, saqlanuvchanlik.


1.Mahsulot sifati sanoat korxonalari.
Mahsulot sifati sanoat korxonalari, birlashmalari, uyushmalari, kichik korxonalar va tovar ishlab chiqaruvchi shaxslar faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlariga kiradi. Mahsulot sifatining oshishi jamiyat ishlab chiqarishi samaradorligining ortishi uchun asosiy richag bo‘lib hisoblanadi. Sifat va samaradorlikning ortib borishi pirovard natijada ilmiy-texnika taraqqiyotinish o‘sishiga, materiallar, manbalarning iqtisod etilishiga va xalq farovonligining, turmush darajasining ortishiga olib keladi.
O‘z RSTISO 8402 ga muvofiq mahsulot sifati deganda maxsulotning belgilangan va mo‘ljallangan ehtiyojlarni qondirish xususiyatiga oid tavsiflarning yig‘indisi tushuniladi.
Sifat xususiyati — bu buyumning ob’yektiv xususiyati bo‘lib; uni yaratishda, foydalanishda yoki iste’mol qilishda namoyon bo‘ladi. Har bir muayyan buyum turi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Ularning majmui uni boshqa mahsulotlardan ajratishga imkon beradi.
Murakkab xususiyatga misol qilib, chidamlilik, buzilmasdan ishlash, ta’mirga yaroqlilik, saqlanuvchanlik kabi xususiyatlar majmuasini umumlashtirib ishonchlilik deb ko‘rsatish mumkin. Oddiy xususiyatga misol qilib tezlik, avtomobilning yuk ko‘tarishi, dvigatel quvvati, press bosimi va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
Buyumning har qanday xususiyati yoki holatining sifat yoki miqdoriy tavsifi mahsulotning belgisi deb ataladi.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling