1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja
Mahsulot sifat ko‘rsatkichlarining qiymatini aniqlash usullari
Download 0.87 Mb.
|
menejment 1-10
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘lchash usuli
- Hissiyot usuli
- Tradision usul
5.Mahsulot sifat ko‘rsatkichlarining qiymatini aniqlash usullari.
Mahsulot sifat ko‘rsatkichlarining qiymatini aniqlash usullari ikki guruhga bo‘linadi: 1) axborotni olish usuli bo‘yicha; 2) axborotni olish manbalari bo‘yicha. Axborotni olish usullariga bog‘lik holda mahsulotning sifat ko‘rsatkichlari qiymatini aniqlash: o‘lchash va qayd qilish, hissiyotlar, hisoblash orqali; axborotni olish manbai bo‘yicha — tradisiyey, eksperemental, sosiologik kabi turlarga bo‘linadi. O‘lchash usuli — texnik o‘lchash vositalaridan foydalanib olinadigan axborotga asoslangan (massa, tok kuchi, aylanish chastotasi). Qayd qilish usuli — aniqlangan holatlarni, predmetlarni yoki xarajatlarni hisoblash yo‘li bilan olingan axborotdan foydalanishga asolangan (sinovdagi buyumni ishlamay qolishi, mahsulotni yaratishdagi xarajatlar). Hissiyot usuli — sezgi organlari: ko‘rish, eshitish, anglash, ta’m bilish kabilardan olingan natijalarning tahlili asosidagi axborotga asoslangan. Hisoblash usuli — nazariy yoki empirik bog‘lanishlarni hisoblashlar (unumdorlikni, puxtalikni, chidamlilikni va sh. u.) yordamida olingan axborotlarga asoslangan. Tradision usul — maxsus eksperimental xizmatlar: laboratoriya, sinash stansiyalari poligonlari yoki hisoblash bo‘limlari (konstruktorlik bo‘limi, hisoblash markazi) javobgar shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Eksperimental usul — ekspert-mutaxassislar (iqtisodchilar, muhandislar, dizaynerlar, degustatorlar) guruhi tomonidan amalga oshiriladi. Sosiologik usul — mahsulotga haqiqiy yoki potensial talab (so‘rov anketa yordamida fikrlarni yig‘ish, ko‘rgazma, auksionlar tashkil qilish) yordamida amalga oshiriladi. Mahsulot ishga yaroqli, buzilmasligi, puxta, chidamli bo‘lishi uchun ishlab chiqarish va foydalanish jarayonida texnik xujjatlarda ko‘rsatilgan talablarga rioya qilish lozim. Texnik qurilmalarning sifat darajasini oshirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iboratdir: mashina, mexanizm va qurilmalarni doimo takomillashtirish, ishlab chiqarishniig texnik darajasini oshirish, ishlab chiqarish jarayonini kompleks mexanizasiyalash va avtomatlashtirish; uyushma, korxonalarning hamma bo‘limlarini bir ritmda ishlashini ta’minlash; mahsulot sifatini aniqlash va taxlil qilishning ilg‘or usullarini ishlab chiqish va qo‘llash; ishlab chiqarish va texnologik intizomga rioya qilish, standart talablarni to‘liq bajarish, ishlab chiqarish madaniyatini oshirish va h. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling