1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja
Yaratilayotgan mahsulotning sifatini boshqarish jarayonlari
Download 0.87 Mb.
|
menejment 1-10
4. Yaratilayotgan mahsulotning sifatini boshqarish jarayonlari.
Yaratilayotgan mahsulotning sifatini boshqarish jarayoni boshqarishning alohida masalalarini yechish bilan bog‘liqdir. Sifatni boshqarish tazimining asosiy masalalariga quyidagilarni kiritish mumkin: 1. Mahsulot sifati ko‘rsatkichlarining nomlanishini aniqlash; 2. Mahsulotni yaratishning har xil bosqichlari, mahsulot sifatini alohida ko‘rsatkichlarini va sifat darajasining qiymatini baholash; 3. Yaratilayotgan mahsulotning sifatini boshqarishning axborot tizimini ishlab chiqish; 4. Mahsulot sifatini nazorat qilishning samarali usulini tashkil qilish;ьt5. Tashkilotning alohida bo‘lim va kichik mas’ul xodimlarining mehnat sifatini baholash. b. Mehnat sifatini va yangi mahsulot sifatini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishning samarali tizimini ishlab chiqish. Yangi mahsulot uchun sifat ko‘rsatikichlarining nomlarini va ularning son qiymatlarini tanlash, ilmiy texnika taraqqiyotining qonuniyatlarini jamoatchilik ehtiyojlarini o‘rganish asosida prognozlash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Mahsulotni tayyorlash bosqichida ushbu mahsulot sifatini boshqarish tizimini yaratish koordinasion guruhni tashkil qilishdan boshlanadi. Ushbu guruh boshqa korxonalarda, uyushmalarda mahsulot sifatini boshqarish tajribasini o‘rganadi va o‘zidan sifatni boshqarish tizimini tahlil qiladi. Ishchi koordinasion guruh mahsulot sifatini boshqarishning asosiy bosqichlarini ishlab chiqadi va uni amalga tadbiq etadi. Mahsulot sifatini boshqarishning asosiy maqsadi raqobatbardosh, iste’molchilar talabini to‘liq qondiradigan sifatli mahsulot yaratishdir. qo‘yilgan maqsadlarga erishishda boshqarishning quyidagi asosiy masalalarini hal qilish lozim: 1) mahsulotni belgilangan sifatda ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni texnik jihatdan to‘liq tayyorlash; 2) xomashyo, materiallar, yarim fabrikatlar, butlovchi qismlarni keltirish nazoratini tashkil qilish; 3) ishlab chiqarishni yangi nazorat va sinash vositalari bilan ta’minlash; 4) alohida texnologik jarayonlarning sifatini baholash; 5) ma’lum hajmdagi mahsulot sifatining nazoratini davriy ravishda o‘tkazib borish; b) mehnat va mahsulot sifatini baholash; 7) mahsulot sifatini korxona va davlat attestasiyasidan o‘tkazish; 8) talab qilingan mutaxassis xodimlarni baholash; 9) MSB (mahsulot sifatini boshqarish) samarali ishlashi uchun axborotning tarkibini va hajmini, uni yig‘ish va qayta ishlash tartibini aniqlash; 10) mahsulotning belgilangan sifatiga erishishni ta’minlovchi tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish. Mahsulotdan foydalanish bosqichida MSB quyidagi asosiy masalalarni qo‘yadi: 1) mahsulotning erishilgan sifat ko‘rsatkichlari qiymatini undan foydalanish jarayonida saqlash; 2) mahsulotning iste’molchilik layoqatini yo‘l quyilgan foydalanish sharoitidan kelib chiqqan holda kengaytirish va mahsulotni kelgusida takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; 3) mahsulotning foydalanish samaradorligini oshirish uchun foydalanish va xizmat ko‘rsatish qoidalarini oydinlashtirish; 4) xizmat ko‘rsatuvchi va ta’mirlovchi tashkilotlarga malaka oshirish va xizmat sifatini yaxshilash bo‘yicha yordam berish; 5) foydalanish sharoitida paydo bo‘ladigan mahsulot sifati ko‘rsatkichlari to‘g‘risida axborot yig‘ish va uni qayta ishlash; 6) mahsulotga bo‘lgan talabni belgilash va uni ta’minlash. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling