1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja


Mahsulot sifatini boshqarishning samaradorligi


Download 0,87 Mb.
bet14/80
Sana25.01.2023
Hajmi0,87 Mb.
#1121567
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80
Bog'liq
menejment 1-10

5.Mahsulot sifatini boshqarishning samaradorligi.
Har qanday mahsulotdan foydalanish mazmuni undan foydalanish davomida shu mahsulot uchun talab qilingan chidamlilik ko‘rsatkichini yoki maksimal samaradorlikni ta’minlashdir.
Mashinadan eng samarali foydalanishni ta’minlashda sifat ko‘rsatkichining eng muhimi hisoblangan kafolatlangan ishlash muddatini belgilash va asoslash katta ahamiyatga ega. Kafolatlangan xizmat muddati deganda, foydalanishning shunday davri tushuniladiki, bu muddat davomida tayyorlovchining iste’molchi tomonidan mashinadan foydalanishi, shu jumladan uni saqlash va tashish qoidalariga rioya qilgan holda mashinaga belgilangan talablarning bajarilishini ta’minlashi tushuniladi. Optimal kafolatlangan muddat deb, mahsulotdan foydalanishning umumiy samaradorligi maksimal qiymatga ega bo‘lgan foydalanish muddatiga aytiladi. Iste’molchi uchun kafolatlangan xizmat muddatini baholashda samaradorlik mezoni bo‘lib, sarf qilingan xarajatlar birligiga olingan samara miqdori hisoblanadi: samaradorlik mezoni K
(4.1)
bu yerda S — mashinadan kafolatlangan xizmat muddati davomida olingan samaradorlik;
X - shu muddatda iste’molchi tomonidan sarf qilingan xarajatlarning yig‘indi qiymati.
Foydalanish sharoitida mashinaning kafolatlangan ishlash muddatini oshirishga: 1) hamma elementlari va detallarini, ayniqsa ishdan chiqishi murakkab buzilishlarga olib keladigan qismlarining chidamliligini oshirish; 2) muqobil konstruksiyalash (shunday konstruksiyani yaratish lozimki, paydo bo‘ladigan buzilishlarni foydalanish jarayonida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning o‘zlari bartaraf etish imkoniyatiga ega bo‘lsinlar).
Texnik resurs deganda ob’yektdan foydalanish boshlangandan yoki ta’mirdan so‘ng tiklangan ob’yektni iqtisodiy mulohazalar, xavfsizlikni ta’minlash talablari bo‘yicha aniqlanadigan chegaraviy holatigacha ishlash muddati tushuniladi. Mashinadan (buyumdan) foydalanish jarayonidagi hamma xarajatlarni ikkita guruhga bo‘lish mumkin: birinchi — bu joriy xizmat xarajatlari (elektr energiyasi narxi, xizmat ko‘rsatish xodimlari maoshi, qo‘shimcha materiallar va b.) va tasodifiy buzilishlarni yuqotishga ketadigan xarajatlar; ikkinchisi — fizik yeyilishdan kelib chiqadigan xarajatlar bo‘lib, u buyumdan foydalanishning davomiylik chegarasini baholashda aniqlovchi mezon bo‘lib hisoblanadi.
Texnik resursni belgilashda ma’naviy eskirish omili ham e’tiborga olinadi.
Mahsulot sifatini boshqarish undan foydalanish samaradorligini oshirishga, shuningdek ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan.
Sifatning har qanday ko‘rsatkichini yaxshilash umuman, mahsulot ishlab chiqarish, tayyorlash va foydalanish xarajatlarini ortishi bilan uzviy bog‘langan. Mahsulot sifatini oshirish bo‘yicha bajariladigan ishlar quyidagi tengsizlik bajarilganda iqtisodiy jihatdan asoslangan hisoblanadi.
Ts+Is+X>M (4.2)
bu yerda Ts — ushbu mahsulotning sifatini oshirish hisobiga tayyorlovchi korxonaning qo‘shimcha samarasi; Iye — sifat ko‘rsatkichlarini yaxshilash natijasida iste’molchi oladigan samara; Xs — yuqori sifatdi mahsulotdan foydalanish natijasida olinadigan xalq xo‘jaligi samarasining oshishi; M — mahsulot sifatini oshirishga qaratilgan xarajatlar miqdori.
Mahsulotdan foydalanish samaradorligi ma’lum sifatdagi mahsulotdan foydalanishdan olinadigan samarani (Sf) uni yaratishga va foydalanishga ketgan umumiy xarajatlarga (Sya) nisbati bilan aniqlanadi:
KsqSf/Sya (4.3)
Sifatni oshirishning eng afzal varianti, ushbu turdagi mahsulotdan foydalanishda eng ko‘p iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydigani hisoblanadi.
Mahsulot sifatini oshirish natijasida xalq xo‘jaliginini umumiy iqtisodiy samaradorligi (Is) olingan umumiy samarani mahsulotni tayyorlashga ketgan xarajatlarga (X) nisbati bilan aniqlanadi:
(4.4)
Respublikada mahsulot sifatini dunyo standartlariga mos, raqobatbardosh qilishga erishgan konsern, uyushma, korxona va individual shaxs va yakka xo‘jaliklar moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish bilan taqdirlanadilar.



Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling