1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja


Mahsulot sifatini boshqarishning kompleks tizimi (MSBKT)


Download 0.87 Mb.
bet12/80
Sana25.01.2023
Hajmi0.87 Mb.
#1121567
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   80
Bog'liq
menejment 1-10

2. Mahsulot sifatini boshqarishning kompleks tizimi (MSBKT).
Mahsulot sifatini boshqarishning kompleks tizimi (MSBKT) bu standartlarga muvofiq belgilangan texnik, tashkiliy, iqtisodiy va sosial tadbirlar majmuidir.
Mahsulot sifatini boshqarish — sifatga quyilgan talablarni bajarish uchun foydalaniladigan usullar va tezkor faoliyat turlaridan iborat.
Mahsulot sifatining nazorati — mahsulot xossalarining tavsiflarini miqdoriy va (yoki) sifati bo‘yicha tekshirishdan iborat.
Mahsulot sifatini baholash — mahsulot tavsiflari qiymatlarining aniqliligi va (yoki) ishonchliligini ko‘rsatish bilan aniqlanadi.
MSBKTning asosiy prinsipi korxona standartlarini (KS) davriy ravishda belgilangan muddatda (5 yil) qaytadan ko‘rib chiqishdir.
Bunda ilg‘or texnika va fan yutuqlari asosida ertangi kun talabini hisobga olib o‘zgartishlar kiritib borishdir.
MSBKT ning asosiy maqsadi — xalq xo‘jaligini, mamlakatimiz mudofaasini va eksportni to‘liq qondirish uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini yaxshilash, ishlab chiqarishni tashkil qilishni takomillashtirishdan iboratdir.
MSBKT vazifasi ob’yektning holati to‘g‘risida axborot yig‘ish, uni tahlil qilib qaror qabul qilish va uni bajarilishini tashkil qilish va nazorat qilish hamda rag‘batlantirishdan iboratdir.


3. Yangi mahsulotni ishlab chiqarish uchun tayyorgarlik.
Yangi mahsulotni ishlab chiqarish uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan korxona yoki uyushma mahsulot sifatiga bo‘lgan talabni qondirish uchun quyidagi ishlar dasturini tuzadi:
1) tashkiliy-texnik tadbirlar. 2) texnik takliflarni ishlab chiqish uchun qo‘shimcha izlanishlar o‘tkazish. 3) mahsulotni ishlab chiqarishning hamma bosqichlarida uni nazorat qilish usullari va vositalarini ishlab chiqish.
Dasturni sifatni boshqarish xizmati yangi mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlayotgan bosh konstruktor yoki texnologik xizmat xodimlari ishtirokida ishlab chiqadi va tuzatishlar kiritadi. Dasturni tuzishda quyidagilar hisobga olinishi lozim: 1. Talab qilingan mahsulotning sifat darajasi, xajmi va sharoitlari.
2. Foydalanish shartlari.



Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling