1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja
Natijalarni baholash bosqichi
Download 0.87 Mb.
|
menejment 1-10
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoni bartaraf qilish bosqichi.
- 6.Bolinma doirasida takomillashtirish
Natijalarni baholash bosqichi. Muammo yechimining samara berishiga ishonch hosil qilish uchun tuzatish ishlarining natijalarini baholash zarur. Aks holda guruh tuzatish bosqichiga qaytishi va muqobil yondashuvni ishlab chiqishi kerak. Agar tadbirlar samara bersa, guruh yakuniy hisobotni tayyorlashi va unda muammoning tavsifi, olib borilgan tuzatish ishlari, erishilgan yutuqlar, mehnat unumdorligi, yo'qotishlarni kamaytirish uchun qo'llanilgan usullar keltirilishi kerak.
Muammoni bartaraf qilish bosqichi. Muammoning yechimi aniqlangandan so'ng faoliyatni yaxshilash bo'yicha boshqaruv kengashining ko'magida guruh muammoni bartaraf qilish ishlarini olib boradi. Bu bosqichda orttirilgan tajriba asosida muammo hal qilinadi va kelajakda uning yuzaga kelishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida tizimga o'zgartirishlar kiritiladi. 6.Bo'linma doirasida takomillashtirish Bo 'linma doirasida takomillashtirish yo'lida ikki pog'onada izlanishlar olib boriladi: 1. Iste'molchilarning talablarini qondirish. 2. Bolinma ishining sifatini oshirish. Iste'molchitarning talablarini qondirish quyidagi ishlar majmuini o'z ichiga oladi: - bo'linma xodimlari iste'molchilarning talablarini belgilab olish va ularning qondirilish darajasini baholash mezonlarini kelishib olish uchun iste'molchilar bilan uchrashadilar, - ta'minotchilar bo'linmaning ularga qo'yayotgan tałablarini bilishi va ta'minotchilar faoliyatining sifatini baholash usullarini kelishish uchun bo'linma xodimlari ular bilan uchrashadilar, - bo'linma mahsulot yaratish bilan shug'ullanadi; -bo'linma ta'minotchi faoliyatining sifati hamda o'zining mahsulot yaratish ishlarini baholash bo'yicha mezonlar tizimini ishlab chiqadi; - bo'linma o'zining faoliyatida yuzaga keladigan xatolarning manbasini yo'qotadi,; - ta'minotchining faoliyati bilan bog'liq bo'1gan xatolarning manbasini yo'q qilish choralarini ko'rishi uchun bo'linma unga zarur axborotni taqdim etadi; -iste'molchi bo'linmaning faoliyati natijalarini baholaydi. Xatolar aniqlanganda bo'linmaning xatolar manbasini bartaraf qilish choralarini ko'rishi uchun iste'molchi uni zarur axborot bilan ta'minlaydi, bo'linma xatolar manbasini yo'q qilish yuzasidan choralar ko'radi; -faoliyat natijalarini iste'molchi qabul qilguncha o'zining xatolarini aniqlash tizimini takomillashtiradi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling