1- mavzu Sifat menejmenti kursiga kirish Reja
Download 0.87 Mb.
|
menejment 1-10
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Takliflarni bildirish va ishni yaxshilash dasturlari.
- Takliflarni bildirish dasturini amalga oshirish.
Kasbiy o ‘sish rejasi. Har bir xodim tegishli rahbar bilan hamkorlikdahar yili o‘zining kasbiy o'sish rejasini ishlab chiqishi mumkin. Yillik kasbiyo‘sish rejasining tarkibi:
1. Xodimning uzoq muddatli maqsadlari uning obru ‘orttirishga bo‘lganumidlari va kasbiy o'sish rejasining keyingi yaqin bosqichi. 2. Kasbiy o'sishning keyingi bosqichiga erishish uchun o‘zi ustida ishlashehtiyojlari. 3. Kasbiy o'sishning keyingi bosqichiga o'tishni va uzoq muddatlimaqsadni amalga oshirishni ta ’minlaydigan keyingi yil uchun xodimgaberiladigan vazifa, masalan, sirtqi o‘qish, kasbiy jamiyatda ishtirok etish. 4. Xodimning kasbiy o'sishini ta’minlovchi keyingi bosqichga tayyorgarlikda unga xizmat ko‘rsatish bo'yicha tashkilotning vazifalari, masalan,tashkilotda o‘qitish, tashkilotdan tashqari o'qitishga haq to‘lash. O‘sish rejasi ustida ishlash tugaganidan so‘ng u rahbar va bo‘ysunuvchi tomonidan imzolanadi. Rahbar va bo'ysunuvchi rejaning bittadan nusxasini o'ziga olib qoladi. Yil davomida vaqti-vaqti bilan rahbar va bo'ysunuvchi birgalikda rejaning amalga oshirilishini ko‘rib chiqadilar. 3.Takliflarni bildirish va ishni yaxshilash dasturlari. Takliflarni bildirish dasturi xodimga o‘z ishini takomillatirish bo‘yicha tasavvurlarini ifodalash va taqdim etish imkoniyatini beradi. Bu mehnat unumdorligining o ‘sishi, mahsulot tannarxining pasayishi va sifatiningoshishini ta ’minlaydi. Takliflarni ilgari surish dasturi yordamida xodi o‘zining imkoniyatlarini namoyon qiladi va qo‘shimcha daromad oladi; mehnat jamoasining oldida hurmati ortadi va o‘zining korxona ishlariga aloqador ekanini his qiladi. Rivojlangan davlatlarda takliflarni bildirish dasturi yiliga kompaniyalarning milliardlab dollarlarini tejaydi va olingan daromad iqtisodga erishishda ko‘maklashgan ishchilar bilan baham ko‘riladi. Takliflarni bildirish dasturini amalga oshirish. Odatda, xodimlar o‘zlarining takliflarini hujjatlarda rasmiylashtiradilar va ulami maxsus bo‘limga taqdim etadilar. Bu bo‘lim taqdim qilingan taklifni baholaydigan va tatbiq etadigan tegishli bo'linmani aniqlaydi. Aniqlangan bo‘linma taklifni qabul qilib, uni tatbiq qilish natijasida erishiladigan iqtisodni hisoblab chiqadi. Ba’zan iqtisodiy samarani nazarda tutmaydigan takliflar ham qabul qilinadi. Bunday takliflar tashkilot uchun foydali, biroq iqtisodiy samarani aniq pul qiymatida baholab bo‘lmaydi. Qabul qilingan va rad etilgan takliflar maxsus boiimga qaytariladi va bu bo'lim takliflarni baholash natijalarini qaytadan ko‘rib chiqadi. Taklifni bildirgan bo'linma boshlig'iga taklif yuzasidan tavsiya etilgan choralar to‘g‘risida xat jo ‘natiladi va taklifning mualliflga mukofot to ‘lanadi. Taklif rahbar va bo'ysunuvchi tomonidan tahlil qilinadi. Download 0.87 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling