1-§. Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning nazariy asoslari
Download 31.69 Kb.
|
Diplom ishimga tayyorgarlik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’lim sohasidagi yangiliklar
Yangilik turlari
N.V.Bordovskaya va N.V.Reanlar maktablar hamda oliy oʻquv yurtlaridagi yangiliklarni tasniflaganlar (2-jadval). “Pedagogik yangilik” tushunchasini R.N.Yusufbekova: ”Pedagogik voqelikni oʻzgartirishning mumkin boʻlgan shunday mazmuni-ki, u oldindan ma’lum boʻlmagan, avval uchramagan ta’lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotini rivojlantiruvchi holat, natijaga olib keladi”, - deb ta’riflaydi. Ilmiy pedagogik adabiyotlar tahlili olimlar tomonidan yangilik qandaydir aniq bir belgisi boʻyicha tasniflanishini koʻrsatdi. Nazariy va amaliy pedagogika uchun an’ana va innovatsiyalarning har ikkalasi ham muhimligidan ular orasidagi nisbat masalasi katta ahamiyatga ega. Ijtimoiy tajribada “norma”, “an’ana” tushunchalari barqarorligi mustahkam tushunchalardir. Ular ijtimoiy tajribani saqlaydi, innovatsiya esa oʻzgartiradi.An’ana va innovatsiyalarni mutanosiblikda qoʻllash rivojlanishga sharoit yaratadi, ularning oʻzgaruvchan oʻzaro munosabati birgalikda mavjud boʻlish, oʻz funksiyalarini amalga oshirish va rivojlanish imkoniyatini beradi. Ta’lim sohasidagi yangiliklar
“Innovatsion jarayon” tushunchasi “pedagogik innovatsiya” tushunchasi bilan uzviy bogʻliq. Jarayon (lot. processus-siljish, ilgarilash) aniq natijaga erishishdagi ketma-ket harakatlar majmuasi. Ilmiy-pedagogik adabiyotlar tahliliga koʻra innovatsion jarayon - zamonaviy, dolzarb, berilgan sharoitga moslashgan va aniq mezonlarga javob beruvchi gʻoya (nazariya, uslubiyot, texnologiya v.b.)ni yaratish,oʻzlashtirish, qoʻllash va tarqatishdagi motivlashgan, maqsadga qaratilgan va ongli jarayondir. A.V.Lorensov, M.M.Potashnik, O.G.Xomeriki tadqiqotlarida innovatsion jarayon quyidagicha ta’riflanadi: innovatsion jarayon–yangilikni yaratish (tugʻilishi, ishlab chiqilishi), oʻzlashtirish, qoʻllash va tarqatishdagi kompleks faoliyat. Ta’limdagi innovatsion jarayonlar asosini pedagogikaning ikkita muhim muammolari: pedagogik tajribani oʻrganish; psixologiya, pedagogika yutuqlarini amaliyotga yetkazish tashkil etib, uning natijasi yangilikni ham nazariy, ham amaliy qoʻllashdan iboratdir. Pedagogik innovatsiyalarning asosiy kategoriyalariga “innovatsion imkoniyat”, “innovatsion muhit” tushunchalari ham kiradi. Maktabning innovatsion imkoniyati uning yangilikni yaratish, qabul qilish, amalga oshirish qobiliyati hamda pedagogik maqsadga javob bermaydigan, eskilardan holis boʻlishi. Innovatsion muhit - maktab ta’lim jarayoniga yangiliklarni kiritishni ta’minlovchi tashkiliy, metodik, psixologik xarakterdagi choralar majmuasi bilan mustahkamlangan aniq bir ma’naviy-ruhiy sharoit. Innovatsion jarayonni samarali boshqarish uni tarkibini puxta oʻrganish bilan amalga oshadi. Yangiliklarni kiritish jarayon boʻlib, u bir nechta bosqichlar asosida amaga oshiriladi. Pedagogik adabiyotlarda bu bosqichlar quyidagicha koʻrsatilgan: yangi gʻoyaning tugʻilishi yoki yangilik konsepsiyasining paydo boʻlishi; kashf qilish, ya’ni yangilikning yaratilishi; yangilikni kiritish va tarqatish; aniq sohada yangilikning hukmronligi 5) boshqa yangilik kirib kelishi bilan bogʻliq holda bu yangilikni qoʻllanish miqyosining qisqarishi. B.M.Smirnov, NL.Ponomarev tadqiqotlari natijalariga koʻra ta’lim jarayoniga kiritiladigan yangiliklarning pedagogik qonuniyatlari quyidagilardan iborat: ta’lim xizmatlari bozoridagi raqobatning kuchayishi, ta’limning fan va amaliyot bilan integrasiyasiga mos ravishda ta’lim mazmuni va metodlarida innovatsion komponentning oʻsishi; bilimlar eskirish jarayonining tezlashishi va bu bilan bogʻliq holda ta’limning fundamentallashish, oʻzgarish tezligi va miqyosining oʻsishi; pedagogik innovatsiyalar sharoitida pedagogik jarayon stabilligining vaqtinchalik izdan chiqishi; pedagogik yangiliklarni bilimlarni oʻzlashtirish jarayoni va metodlaridan innovatsion qobiliyatlarni shakllantirish jarayoni va metodlariga qarab yoʻnaltirish; fanlararo va koʻp fanlarda qoʻllaniladigan pedagogik innovatsiyalarning paydo boʻlishi va ahamiyatining ortishi; oʻquv fanlarining maxsus pedagogik innovatsiyalardan integrallashgan yangiliklarga oʻtishi; ilmiy-pedagogik yangiliklarni koʻchirishning paydo boʻlishi, miqyosining oʻsishi va rolining ortishi, yangi bilimlarni oʻquv jarayoniga qoʻllash va mos ravishda fan va pedagogik amaliyot orasidagi uzatish boʻgʻinlarini kuchaytirish. Innovatsion faoliyatning samaradorlik mezonlaridan yangilik, optimallik, yuqori natijaviylik, yangilikni ommaviy tajribada ijodiy qoʻllash imkoniyati muhim sanaladi. Download 31.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling