1-§. Yaponiyaning XIX asr 60-yillarigacha davlat tuzumi


Yaponiyaning zo‘rlik bilan «ochilishi»


Download 103.92 Kb.
bet16/19
Sana08.02.2023
Hajmi103.92 Kb.
#1176604
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1-§. Yaponiyaning XIX asr 60-yillarigacha davlat tuzumi

Yaponiyaning zo‘rlik bilan «ochilishi». Mamlakatni tashqi dunyodan yopib qo‘yish noto‘g‘ri ekanligi bu paytga kelib ko‘pchilikqa ayon bo‘lib qolgandi. Ijtimoiy-iqtisodiy va harbiy jihatdan qoloq bo‘lgan Yaponiya kapitalistik davlatlarning mamlakat eshiklarini kuch bilan ochish uchun urinishlariga qarshilik qila olmasdi. Yevropalik va amerikalik harbiy kemalarning yapon portlariga taklifsiz tashriflari tobora ko‘paya bordi. Tokugavalar hukumatining zaifligidan dalolat beruvchi doimiy ikkilanishlar tashqi siyosat masalalari bo‘yicha aniq qarorlar qabul qilinishiga to‘sqinlik qilardi. Hukumat Yaponiyani tashqi dunyodan ajratib qo‘yish siyosatini davom ettirish mumkin emasligini tushunardi. Lekin ayni paytda bu siyosatdan voz kechish zaiflashgan tuzumga yangi zarba bo‘lishidan ham havotirlanardi. Bu siyosiy va harbiy zaiflikni 1850-1860-yillarda chet mamlakatlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy hujumlari yaqqol namoyon qildi. Yaponiyani dunyo bozoriga zo‘rlab jalb qilishga bo‘lgan birinchi urinishlarning o‘ziyoq muxolifat kuchlarining birlashishini tezlashtirdi.
1867 yildan avvalgi o‘n besh yil Yaponiyaga kapitalistik davlatlar tomonidan tobora kuchayib borayotgan bosim ostida o‘tdi. Bu bosim XIX asrning boshlaridayoq sezila boshlagandi, 1840-yillarda esa havfli ko‘rinish oldi. Аynan ana shu yillarda Аngliyaning Xitoyga qarshi hurujlari quchaydi. Eng kuchli bo‘lgan ingliz kapitali Xitoy bozoriga shiddat bilan qirib kel ayotgan edi. Xitoyni qaram qilishdan manfaatdor bo‘lgan inglizlar va amerikaliklar o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun Tinch okeanidan tayanch bazalarini izlashardi. Xitoy yaqinida mustamlakalarga ega bo‘lmagan va undan Tinch okeani kengliklari bilan ajratilgan АQSH ayniqsa bunga qatta qiziqish bilan qarardi. Аmerikaliklarning ko‘ziga Yaponiya eng qulay baza bo‘lib ko‘rinar, uni egallash esa АQShga Xitoydagi o‘z mavkeini mustahkamlash, shuningdek, rus Uzoq Sharqiga va Koreyaga suqilib kirishda ko‘maklashgan bo‘lardi. 1845 yili АQSh Kongressi prezidentga Yaponiya bilan savdo munosabatlarini o‘rnatish vakolatini berdi. Vakolatning sabablarini bayon qilishda Аmerika Xitoy qirg‘oqlaridagi dengizlarda o‘z bazalariga ega bo‘lish uchun urinishi ochiqdan-ochiq ko‘rsatilgan edi.
Yaponiya hukumati bilan aloqa o‘rnatishga bo‘lgan bir necha muvaffaqiyatsiz urinishlardan keyin Qo‘shma Shtatlar 1852-yili Yaponiyaga qarshi harbiy ekspeditsiya tayyorladi. 1853 yil 8 iyunda poytaxt Edo yaqinidagi ko‘rfazga kirib kelgan Amerika eskadrasining qo‘mondoni syogunga АQSh prezidenti nomidan xat va sovg‘alar - Amerikada ishlab chiqarilayotgan mashinalarning modellarini topshirdi; bu Amerikaning texnik qudratini namoyish qilishi lozim edi.
Ushbu harbiy namoyish Tokugavalar hukumatini shoshirib quydi. Mamlakatni ajratib quyish siyosatining eng murosasiz tarafdorlari tezlikda harbiy choralar ko‘rishni talab qildilar. Ibodatxonalarda Yaponiyani kelayotgan havf-xatardan qutqarish uchun duolar o‘qish boshlandi. Shoshib qolgan hukumat mudofaa loyihasini tuzishda yordam so‘rab hatto gollandlarga ham murojaat qildi. Lekin АQSH prezidentining xatiga javob berish muddati yaqinlashgan sari mo‘tadil kayfiyat ustunlik qila boshladi. Yaponiya hukmdorlari, hatto gollandlar ularni qurol bilan taʼminlaganlarida ham, qurolli javob qaytarishning muvaffaqiyatiga umid qilish qiyinligini tushunardilar. Shunday bo‘lsada, amerikaliklarga uzil-kesil javob bermasdan, ularni davomli muzokaralarga jalb etishga qaror qilindi. Muzokaralar olti hafta davom etdi.
Natijada, 1854 yil 31 martda birinchi Yaponiya - Amerika shartnomasi imzolandi va unga ko‘ra chet el savdosi uchun Simoda va Hakodate portlari ochildi. Shunday qilib, amerikaliklar Yaponiyani ikki yarim asr davomida tashqi dunyodan ajratib turgan devordan darcha ochdilar.
АQSh bilan shartnoma tuzilganidan so‘ng Yaponiya qisqa vaqt ichida Аngliya, Gollandiya, Rossiya va boshqa bir qator davlatlar bilan ham huddi shunday shartnomalar imzoladi.

Download 103.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling