1-§. Yaponiyaning XIX asr 60-yillarigacha davlat tuzumi


Shaharlar va shaharliklarning chiqishlari


Download 103.92 Kb.
bet14/19
Sana08.02.2023
Hajmi103.92 Kb.
#1176604
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1-§. Yaponiyaning XIX asr 60-yillarigacha davlat tuzumi

Shaharlar va shaharliklarning chiqishlari. XVIII asr o‘rtalarida iqtisodiy tanazzul avvaliga, asosan, qishloqqa tegishli bo‘ldi. Shaharlarda manufakturalar rivojlanishi davom etar, burjua elementlari mustahkamlanardi. Lekin XVIII asr oxir-larida dehqonlarning qo‘zg‘olonlari bilan bir vaqtda shaharlik kambag‘allar-hunarmandlar, mayda savdogarlar, qishloqlardan qochib kelgan dehqonlar va shu kabilarning chiqishlari ham tez-tez bo‘lib turdi. Baʼzan bunday chiqishlarga shaharlarni to‘ldirib yuborgan roninlar ham qo‘shilardi.
Shaharliklarning chiqishlari asosan guruchga va boshqa kundalik ehtiyoj mollariga savdogar monopolistlar o‘rnatgan narxlarning oshirilishiga norozilikdan kelib chiqardi. Shuning uchun ham bu chiqishlar yapon manbalarida «guruch isyonlari» deb atalgan. Isyon ko‘targanlar boy savdogarlarning uylarini buzishar, amaldorlar yoki mahalliy knyazlarning ishonchli vakillari qarorgohlariga hujum qilishar, omborlarni egallab olishar va guruch zahirasini ochlarga tarqatardilar. Shunisi xarakterliki, bunday isyonlar paytida ularning ishtirokchilari ko‘pincha feodal tuzumga qarshi keng siyosiy talablar ham qo‘yishgan.
XVIII asr oxirida, 1793 yildan boshlab, hali syogun juda yosh bo‘lgani sababli, Matsudayra Sadonobu regent va Yaponiyaning amaldagi hukmdori bo‘ldi. U feodal tuzumni qutqarib qolish maqsadida bir qator choralar ko‘rdi. Аslzodalar va savdo burjuaziyasi orasida hashamdorlik va isrofgarchilikka qarshi kurash eʼlon qilindi.
Poraxo‘rlikka qarshi dahshatli choralar ko‘rishga urinildi. Xarajatlarni kamaytirish uchun Matsudayra Kiotodagi imperator saroyi uchun qilinadigan sarfni ancha qisqartirdi.
Yapon feodalizmining qaltirab qolgan tayanchi – samuraylarni qo‘llab-quvvatlash uchun Matsudayra favqulodda vositalarni qo‘llashga jurʼat qildi. Ularning olti yildan avvalgi barcha qarzlari kechirildi va qolganlari bo‘yicha to‘lanadigan foizlar ancha qisqartirildi. Bu choralar qandaydir darajada va qisqa vaqt aslzodalarni qoniqtirdi, lekin savdogar-sudxo‘rlik burjuaziyasining noroziligini kuchaytirdi.
Shunday qilib, savdo burjuaziyasi syogunatning iqtisodiy siyosatidan, ularning savdo manfaatlari sohasiga qo‘pol aralashuvidan hamda, nihoyat, o‘z siyosiy huquqsizliklaridan noroziliklarini va g‘azabini tobora ko‘proq va keskinroq bildirardi.

Download 103.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling