1-§. Yaponiyaning XIX asr 60-yillarigacha davlat tuzumi


Hindiston milliy yangilanish mafkurasining shakllanishi


Download 103.92 Kb.
bet11/19
Sana08.02.2023
Hajmi103.92 Kb.
#1176604
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
1-§. Yaponiyaning XIX asr 60-yillarigacha davlat tuzumi

Hindiston milliy yangilanish mafkurasining shakllanishi. Milliy yangilanish mafkurasining dastlabki ideologlari sifatida Ramakrishna Paramahasa va uning shogirdi Svami Vivekananda Hindistonda va chet ellarda mashhur bo‘ldi. Paramahasa qarashlaridagi eng asosiy axloqiy qoida tarki dunyo qilish emas, hayotiy ehtiyojlarni cheklash orqali maʼnaviy poklanishga erishish va jamoa hayotida faol ishtirok etish. U ingliz mustamlaka hokimiyatini va ularga xizmat qilayotgan, milliy anʼanalarni sotayotgan Hindlarni tanqid qiladi.
G‘arb madaniyati va g‘oyalarining taʼsiridan halos bo‘lgan Vivekananda o‘z ustozidan ham oldinlab ketdi. Unda yevropacha maʼrifatlilik bilan qadimgi Hind diniy anʼanalarini chuqur bilish ajoyib tarzda uyg‘unlashib ketgan edi. Hindiston milliy-ozodlik harakati g‘oyasini targ‘ib qilishda uning o‘rni beqiyos bo‘ldi.
Mahatma Gandining fikriga ko‘ra, Vivekananda hozirgi zamon Hindiston milliy harakatining asoschilaridan biri edi.
Hindistonda hozirgi zamon tipidagi burjua-demokratik va siyosiy harakatning rivojlanishi ko‘p jihatdan butun XIX asr davomida Britaniya mustamlaka hukumati bu yerda olib borgan ijtimoiy siyosatning mahsuli edi. Bu siyosat natijasida XIX asr o‘rtalariga kelib Hind ziyolilari va amaldorlarining inglizlashgan qatlami shakllandi.
Hindiston milliy kongressi va Musulmon ligasi. XIX asr 80-yillariga Hindistondagi va uning atrofidagi ijtimoiy-siyosiy holat ingliz hukmron doiralari oldiga Hind vatanparvarlarining siyosiy tashkilotini tuzish vazifasini qo‘yadi. O‘zi liberal shaxs bo‘lgan Hindiston vitse-qiroli lord Ripon (1880-1884) bir guruh Hind jamoat arboblarining shu yo‘nalishdagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi. U 1882 yil 25 dekabrda memorandum eʼlon qilib, unda konstitutsiya doirasida yuqoridan siyosiy yangilanish o‘tkazishga chaqirdi. Hind va ingliz tomonlarining kelishuviga ko‘ra 1885 yil dekabrda Bombeyda mamlakat tarixida birinchi nodiniy, umummilliy, amalda parlament tashkiloti - Hindiston milliy kongressining (HMK) taʼsis majlisi bo‘ldi. Unda raislik qilgan B.Ch. Banerji yangi partiyaning asosiy vazifalari haqida to‘xtalib, jumladan, shunday dedi: «Mamlakatimiz vatanparvarlarining bevosita, shaxsiy muloqotlari vositasida barcha irqiy, diniy va milliy xurofotlarni yo‘qotishimiz, unutilmas do‘stimiz lord Ripon davrida boshlangan milliy birlik kayfiyatini rivojlantirmog‘imiz lozim». Hind vatanparvarlarining forumida Britaniya hukumati va parlamentiga kongresschilarning asosiy talablari shakllantirildi. Unda Londondagi Hindiston ishlari bo‘yicha kengashni bekor qilish, vitse-qirol huzuridagi qonunchilik kengapgani Hindlar hisobiga kengaytirish va shu yangiliklarni provintsiyalar kengashlariga ham tatbik qilish suralgan edi.
Kongress asoschilari - G.K. Gokhale, F. Mehta, B.Ch. Banerji, D. Naoroji - mustamlakachilikning sakdanib turishiga qarshi emasdilar. Ular ingliz liberalizmining ideologlari Berk, Makoley, Gladston, shuningdek, ingliz utilitarizmining otalari Bentam va Millem oldida bosh egishardi. Bundan tashkari, ular mavjud konunlar doirasida ish k5fish va fakat parlament orqali o‘z maksadlariga erishish yulini ham tanlashgan edi. Kongresschilardan D. Naoroji 1893 yili Аngliya parlamentining kuyi palatasiga deputat etib saylandi va parlament minbaridan Ho‘ndistondagi boshkaruv tizimini tankid qilishda foydalandi va ingliz jamoatchiligi fikrini Hindiston muammolariga karatishga harakat kildi. Milliy kongressning maʼlum yutuklariga karamasdan XIX asrning ohiri - XX asrning boshlariga kelib fakat siyosiy partiyaning ingliz siyosiy tizimi bilan mo‘zokaralari Hindistondagi holatni o‘zgartirish uchun yetarli emasligi ko‘rinib qoldi.
Shu davrda kongresschilarda goyaviy-siyosiy ajralish yo‘z berdi. Hindiston siyosiy sahdasida radikallar guruhi paydo bo‘lib, ularni «ashaddiylar» deb atay boshladi. Ular B.G. Tilak, B.Ch. Pal, L. Ray va bopщalar edi. Kurash maydonida yana «svaradj» (o‘zimizning boshkaruv) va «svadeshi» (o‘zimizning ishlab chikarish) shiorlari faol qo‘llaniladigan bo‘lib, aholini chet el, asosan ingliz tovarlarini boykot qilishga chakirdi. 1907 yil HMKning Suratda bo‘lib utgan yigilishida partiyada batamom ajralish yo‘z berdi. Tilak boshchiligidagi radikallar partiyadan chikdilar.
Аyni paytda hokimiyat tomonidan radikallarni taʼkib qilish boshlandi. 1908 yili Tilak Bombeyda olti yil kamok jazosiga hukm qilindi. JI. Ray va B.Ch. Pal mamlakatdan chikib ketishga majbur bo‘ldilar. H.MK boshkaruvida siyosiy kurashning parlamentsiyosiy usulini maʼqo‘l kiruvchi liberallar qoldi.
Shu davrda Britaniya mustamlaka h,ukumati Hindistondagi musulmon jamoasining siyosiy birikishini qo‘llab, Hind-musulmon ziddiyatlaridan kelajakda o‘z siyosiy maksadlarida foydalanishni ko‘zladilar. 1906-1907 yillari Hind musulmonlarining partiyasi - Musulmon ligasi tashkil qilindi. XX asr boshlarida partiya Hindistonning siyosiy makomi va parlament islohotlari masalasida HMK bilan jidtsiy kelishmovchilikka ega emasdi. Britaniya mustamlaka hukumati ham halqaro vaziyat keskinlashayotgan bir paytda konstitutsiyaviy yon berishlarsiz Hindistondagi tinch vaziyatni saklab turishning iloji yukligiyai tushunardi. Аyniksa,
Birinchi jahon urushi arafasida ortdagi ishonchli tayanch bo‘lgan Hindistonda barkarorlik inglizlar uchun juda muhim edi.
XX asr boshlarida Hindiston. Bu davrda Hindiston ikgisodida inglizlarning ishtiroki yanada oshdi. 1893-1907 yillari Аngliya hususiy kompaniyalarining Hindistondagi kapitali 23%ga, ingliz banklarining kapitali esa 95% ga oshdi. Ingliz kapitalining ishtiroki mahalliy sanoatga kUyilgan cheklovlarning oshirilishi bilan qo‘shib olib borildi. Bunday holatda milliy-ozodlik harakati ham kuchayib bordi. Mamlakatda norozilik harakatlari avj oldi. Milliy-ozodlik harakatida kurashning shakllari tugrisida kelishmovchiliklar boshlanib, HMK ikkiga ajralib ketdi. Kurashning keskin usullari tarafdori bo‘lgan «ashaddiylar» Tilak boshchiligida yangi partiyani tuzdilar. Аmmo tez orada Tilak qamoqqa olinib, partiya faoliyati taqiqlandi. Bunga javoban «ashaddiylar» 1908 yil 23 iyulda Bombayda 100 mingdan ziyod odam ishtirok etgan siyosiy namoyish tashkil kildilar. Namoyishdan so‘ng inglizlar avval vaʼda qilingan islohotlarni boshlab yubordi. 1909 yili Аngliya hukumati tomonidan «Hindiston qonunchilik kengashlari haqida akt» qabul qildi. Umumhindiston konunchilik kengashiga saylanadigan aʼzolar soni oshdi, Bengaliya provinsiya kengashida saylanuvchi aʼzolar hatto ko‘pchilikni tashkil kildi. Аmmo qonun chiqaruvchi kengashlar maslahat ovoziga ega bo‘lganligi uchun milliy-ozodlik harakatida katta ahamiyatga ega bo‘lmadi. Shunga karamasdan, Buyuk Britaniya hukumati bir qator o‘zgarishlar o‘tkazishga majbur bo‘ldi: 1911 yili g‘arbiy va sharqiy Bengaliya birlashtirildi (Bengaliya 1905 yili ajratilgan edi);
Аssam alohida maʼmuriy birlik bo‘lib ajratildi; Hindiston poytaxti Kalkuttadan Dehliga ko‘chirildi. Bu o‘zgarishlar qisqa vaqtga milliy-ozodlik harakatini susaytirdi. Shunday qilib, XIX asr - XX asr boshlari Hindistonning iqtisodiy va siyosiy hayotida muhim o‘zgarishlar yuz berdi. Sekinlik bilan bo‘lsada, kapitalizm rivojlandi. Milliy-ozodlik harakati paydo bo‘lib, ingliz mustamlaka hukmronligi asta-sekin qulay boshladi.


Download 103.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling