1-§. Yaponiyaning XIX asr 60-yillarigacha davlat tuzumi


Hindiston halqlarining ingliz mustamlaka zulmiga qarshi kurashi


Download 103.92 Kb.
bet9/19
Sana08.02.2023
Hajmi103.92 Kb.
#1176604
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
1-§. Yaponiyaning XIX asr 60-yillarigacha davlat tuzumi

Hindiston halqlarining ingliz mustamlaka zulmiga qarshi kurashi
Hindistonda olib borilgan madaniy siyosat oqibatlari. Milliy goya shakllanishi. XIX asrning birinchi yarmiga kelib Hind jamiyatiga inglizlar taʼsirining dastlabki belgilari paydo bo‘ldi. Bu taʼsirning natijalari o‘ta ziddiyatli edi. Bir tomondan, faqat anʼanaviy hind dehqonchiligi va hunarmandchiligiga tuzatib bo‘lmas zarar yetkazilib qolmasdan, milliy madaniyatning ham umumiy tushkunligi ko‘zga tashlandi. Inglizlar Hindistonni egallagan dastlabki davrda uni na iqtisodiy, na etnik, na madaniy yagona makon sifatida tasavvur qilmadilar. Hindiston aslida ham shunday edi. Britaniyaliklar hind subkontinentining shunday xilma-hilligini saqlab qolish, kasta tizimi hamda bir qator boshqa anʼanaviy qoida va muassasalarni konservatsiya qilishga intildilar.
Mustamlaka maʼmuriyatida o‘zlarining taraqqiyot haqidagi paternalistik va yevropamarkazchilik tasavvurlaridan kelib chiqib, mavjud holatning havfli ekanligini tushuna boshlagan kishilar ham bor edi. O‘zlarining mafkuraviy qurollarini inglizlar birinchi o‘rinda Bengaliyaga qaratdi. Xristian dini va Yevropa madaniyati qadriyatlarini targ‘ib qilishga kelgan missionerlar 1818 yili bu yerda bengal tilida birinchi gazeta chiqara boshladilar.
Hindistonda inglizlar tomonidan olib borilgan taʼlim siyosati ham asta-sekin maqsadga yo‘naltira boshlandi. 1830-yillari yevropacha taʼlim dasturlari asosida o‘nlab maktablar, 1857 yili esa uchta universitet ochildi. Natijada yevropacha ruhda tarbiyalangan hind ziyolilarining qatlami shakllana boshladi. Hindlar Yevropa fani va adabiyoti bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Hindistonnyng turli hududlaridan chiqqan ziyolilar uchun ingliz tili umumiy muloqot tiliga aylandi. Аyni paytda ziyolilar orasida burjua millatchiligi va milliy-ozodlik g‘oyalari ham shakllanib bordi.
Bunday ziyolilarning yorqin namoyandasi diniy islohotchi va jamoat arbobi Ram Mohan Roy (1772-1833) edi. U brahmanlar oilasidan chiqqan bo‘lib, yoshlik yillarini Boburiy imperatorlar saroyida o‘tkazgan. Ram Mohan Roy Patnadagi musulmon maktabida taʼlim oladi, arab va fors tillarini o‘rganadi. Keyinchalik ingliz, grek, lotin, qadimgi yahudiy va sanskrit tillarini ham o‘zlashtirib oladi. Sanskrit tili unga qadimgi hind falsafasini o‘rganish va Vedalarni tarjima qilish imkonini berdi.
Ram Mohan Roy 10 yil Ost-Indiya kompaniyasining maʼmuriyatida ishladi va isteʼfoga chiqqandan so‘ng jamoatchilik faoliyati bilan shug‘ullandi. Vatanini qoloqlikdan olib chiqish, Hind jamiyatini Yevropaning ilg‘or madaniyati va bilimlariga jalb qilishni u o‘zining hayotiy maqsadi deb bildi. U o‘rta asrlardagi Hind diniy islohotchilari - bhaktalarning taʼlimotiga asoslandi hamda ularni tabiiy huquq yo‘nalishida rivojlantirdi. Shundan kelib chiqib, Ram Mohan Roy jamiyatda kishilarning tabiiy va fuqarolik tengligi g‘oyasini ilgari surdi. Uning atrofida hamfikr safdoshlari yig‘ilib, ular 1828 yili Kalkuttada «Brahma Samadj» («Brahma jamiyati») tashkilotini to‘zdi. U o‘z kastasining dengiz sayohatini taqiqlovchi anʼanasini buzib, 1831 yili Аngliyaga keldi va ingliz jamoatchiligining eʼtiborini Hind xalqining ayanchli ahvoliga qaratishga urindi. Ram Mohan Roy 1833 yili vatanidan yiroqda vafot etdi va Bristol shahrida dafn qilindi.
Hindistonda milliy publitsistikaning paydo bo‘lishi ham Ram Mohan Roy nomi bilan bog‘lik. U bengal adabiy tilining islohotchisi hisoblanadi. 1823 yili uning faol ishtirokida Bengaliyada ikkita gazeta ochildi - «Yangiliklar oyi» («Shombad koumudi») bengal tilida va «Yangiliklar oynasi» («Mirat-ul-ahbor») fors tilida.
Ram Mohan Roy maʼrifat tarafdori edi. 1817 yili uning ko‘magida Kalkutta shahrida birinchi dunyoviy maktab - Hind kolleji ochildi. U shuningdek, geometriya, geografiya va astronomiyadan darsliklar ham yozdi, 1833 yili esa «Bengal tili grammatikasi»ni nashr qildi. Yevropacha taʼlimning ixlosmandi bo‘lgan Ram Mohan Roy uni Hindistonning hamma yerida joriy qilish va ayollar uchun ham ochish lozim deb hisoblardi.

Download 103.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling