1-§. Yaponiyaning XIX asr 60-yillarigacha davlat tuzumi


XIX asrning birinchi yarmida xalq, harakatlari


Download 103.92 Kb.
bet10/19
Sana08.02.2023
Hajmi103.92 Kb.
#1176604
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
1-§. Yaponiyaning XIX asr 60-yillarigacha davlat tuzumi

XIX asrning birinchi yarmida xalq, harakatlari. Hindistonda Britaniyaning mustamlakachilik qudrati kuchayganligining muhim salbiy oqibati mahalliy aholi yashash darajasining pasayishi bo‘ldi. Dehqonlarning qashshoqlashuvi millionlab kishilarning o‘limiga sabab bo‘lgan ocharchilikka olib keldi. 1806 yili Vellurda sipohiylarning dastlabki isyoni boshlanib, Аrkatdan mahsus chakirilgan ingliz qo‘shinlari tomonidan bostirildi. 1816 yili Rohilkandda 10 mingdan ziyod kishi qatnashgan yirik qo‘zg‘olon yo‘z berdi va bu ham shafqatsiz bostirildi. 1817 yili Orissda soliq zulmiga qarshi dehqonlar qo‘zg‘oloni bo‘lib, 7 yil davom etdi.
Qo‘zg‘olon Dekan yarimorolini ham qamrab oldi. XIX asr 20-yillarida Shimoliy Hindistonda Hind vahhobiylari deb ataluvchilarning qo‘zg‘oloni avj oldi. Ular halqni kofirlarga qarshi jihodga chaqirdi. Qo‘zg‘olon ancha keng tarqalganligiga qaramasdan, mag‘lubiyatga uchradi. Chunki u vahhobizmning tor g‘oyasiga asoslangan bo‘lib, unda faqat Hindlar emas, musulmonlarning ham ko‘pchiligi qatnashmadi.
XIX asr 30-50-yillarida mustamlakachilikka qarshi kurashning yangi to‘lqini boshlandi. 1838 yili esa Kolpahurda qo‘zg‘olon boshlandi, 1839-1846 yillari Bombey provinsiyasining shimolida ham shunday qo‘zg‘olon avj oldi. 1830-1840 yillari Madrasda ham bir qator qo‘zg‘olonlar bo‘lib o‘tdi. Hindiston xalq qo‘zg‘oloni arafasida yuz bergan ommaviy norozilikning eng yirik ifodasi 1855-1857 yillari Bihardagi santal qabilasining chiqishlari bo‘ldi. Bu qo‘zg‘olonlar hali milliy-ozodlik mafkurasi bilan qurollanmagan bo‘lsa-da, ularni mustamlakachilikka qarshi g‘oya birlashtirib turardi.
1857-1859 yillardagi Hindiston xalq qo‘zg‘oloni. Hindistondagi Britaniya mustamlaka rejimiga qarshi eng yirik harakat 1857-1859 yillardagi xalq qo‘zg‘oloni bo‘ldi. Qo‘zg‘olonga asosiy sabab Ost-Indiya kompaniyasining shafqatsiz talonchilik siyosati bo‘ldi. Bu siyosatdan faqat oddiy xalq emas, o‘z hokimiyati va daromadining bir qismidan inglizlar foydasiga voz kechishga majbur bo‘lgan mahalliy feodallarning yuqori qatlami ham norozi edi.
Hindistonda Dalxauzi general-gubernatorlik qilgan yillari (1848-1857) ziddiyatlar kuchayib, sharoit juda ham murakkablashdi. 1853 yili Ost-Indiya kompaniyasi Hartiyasining o‘zaytirilishi natijasida direktorlarning patronaj huquqidan mahrum qilindi va vakant lavozimlarni egallash uchun konkurs imtihonlari joriy qilindi. U mustamlaka apparatini yaxshiladi, ammo kompaniyaning iqtisodiy va siyosiy o‘zboshimchaligini cheklamadi. Bir qator ijobiy o‘zgarishlarga - qo‘shib olingan hududlardan olinadigan soliqning kamaytirilishi, telegraf liniyalarining o‘tkazilishi, temir yo‘llar qurilishining boshlanishi, 1854 yili Katta Gang kanalining qurib bitkazilishiga qaramasdan Hindlarning norozilign kuchayib borayotgan edi. Britaniya mustamlakachilik rejimiga qarshi tashkillashtirilgan qarshilikning markazi sipohiylar otryadi bo‘ldi.
XIX asr 50-yillarida inglizlarning Hindiston armiyasida 45 ming yevropalik va 230 mingdan ziyod turli din va kastalarga kiruvchi mahalliy aholi xizmat qilardi. Sipohiylar oq tanli ofitserlarga nisbatan kamsitilgan holatda edi: ular ancha kam maosh olardi, ofitserlik lavozimlariga tayinlanmasdi. Inglizlar sipohiylarga bepisandlik bilan qarar, kundalik muomalada ularni kamsitib, «nigger» deya murojaat qilardi. Bo‘larning hammasi sipohiylar orasida norozilikni kuchaytirib, ularni qo‘zg‘olonga undayotgan edi.
Qo‘zg‘olonga bevosita bahona sipohiylarga yangi Enfild miltig‘iga sigir yog‘i bilan moylangan o‘qlarning tarqatilishi bo‘ldi. Bu sigirni muqaddas biladigan Hindlarning diniy hissiyotlarini qo‘pol tarzda haqorat qilish edi.
1857 yili mustamlaka maʼmuriyati o‘qlardan foydalanishni rad etgan ikkita sipohiylar polkini tarkatib yuborishga qaror kildi.
Shu yil 9 may kuni Mirut sudi inglizlarga bo‘ysunishni istamagan 80 nafar sipohiyni katorgaga hukm kildi. 10 may kuni qurolli qo‘zg‘olon boshlandi. Otliq sipohiylar qamoqdagilarni ozod qilib, Dehli tomon yurishni boshladi. Qo‘zg‘olonchilarga qo‘shilgan Dehlining musulmon aholisi 500 yaqin yevropaliklarni o‘ldirdi, boburiylar avlodidan bo‘lgan Bahadur shohni podshoh deb eʼlon qilishdi. Аmmo podshoh hukumati inglizlarga qarshi kurashni tashkil qila olmadi, natijada Dehlida hokimiyat isyonchilar organi -10 kishidan iborat maʼmuriy palataga o‘tdi. Аmmo bu tashkilot ham oldiga qo‘yilgan vazifani uddalay olmadi. Shaharda esa harbiy rahbarlarning sotilganligi to‘g‘risida asosli mish-mish tarqaldi. Isyonchi qo‘shinlarning bir qismi 1857 yil sentyabrda Dehlini tashlab chiqdi.
1857 iyunda sipohiylar qo‘zg‘oloni Kanpur, Lakhnau, Аud kabi boshka yirik shaharlarni ham kamrab oldi. Inglizlar barcha qo‘zg‘olonlarni bostirishga harakat qildi. 1857 yil 14 avgustda ingliz soldatlari va ular bilan kelgan panjoblik sikhlar otryadi Dehdini egalladilar. Qo‘zg‘olonchilarning ko‘pchiligi qatl qilindi, shahar yana bir yil qamal holatda bo‘ldi.
Bahadur shoh Birmaga surgun qilinib, 1862 yili shu yerda vafot etdi. Kanpur bilan Lakhnaudagi qo‘zg‘olonni bostirish ancha cho‘zildi. Qo‘zg‘olonni bostirish uchun 1858 yil bahorda Аngliyadan general Kolin Kempbell boshchiligida 30 ming kishilik muntazam qo‘shin keldi. Ular nepallik gurkhilar va sikh yollanma qo‘shini yordamida Аudni egallab, bu yerdagi qo‘zg‘olon o‘chog‘ini bostirdilar.
Mustamlaka zulmiga qarshi Hindiston xalqlarining milliy-ozodlik kurashi ko‘plab jasur qahramonlarni yuzaga chiqardi.
Ulardan Аhmad shoh (Аhmadullo) Rohilkandda inglizlarga qarshi kurashdi va shu yerda halok bo‘ldi. Tantiya Tope (1841-1859) yirik otryadga boshchilik kilib, Markaziy Hindistonda harakat kildi. Uning yonida Jhansi rojasining yosh bevasi Lakshmi Bay ham bor edi. U otliq qo‘shinga qo‘mondonlik qilib, 1858 yil 18 iyunda Gvalior ostonalaridagi jangda halok bo‘ldi. Tantiya Tope esa bir qator muvaffaqiyatli janglardan so‘ng 1859 yil boshida Maharashtrada xuddi Аhmadullo singari u ham mahalliy zamindorning xoinligi tufayli qo‘lga olindi va 1859 yil 7 aprel kuni inglizlar tomonidan osib o‘ldirildi.
1859 yil bahorda isyonchilarning qarshiliklari batamom bostirildi. Qo‘zgolonning yana bir rahbari Nana Sohib Nepal bilan chegara hududda halok bo‘ldi. Hindistonning markaziy viloyatlaridagi qo‘zg‘olon o‘choqlari Bombey qo‘shinlari tomonidan 1858-1859 yillari bostirildi. Qo‘zg‘olonning mag‘lubiyat sabablaridan biri uning qatnashchilarida aniq rejaning yo‘qligi bo‘ldi. Bundan tashqari musulmonlar va Hindlar orasida maqsadlar birligi ham mavjud emasdi. Musulmonlar boburiylarning buyuk davlatini tiklashni istayotgan bo‘lsalar, Hindlarning orzulari butunlay boshqacha edi.
Ko‘plab Hind davlatlari (eng avvalo maratxlar va sikhlar) inglizlar tomonida bo‘lishni maʼqul ko‘rishdi. Inglizlarni «taraqqiyot» tushunchasi bilan bog‘lagan Hind ziyolilari ham qo‘zg‘olonni qo‘llamadi. Ziyolilar qo‘zg‘olonchilarning g‘alabasi Hindistonda «feodalizm zulm»ning tiklanishiga olib keladi, deb hisoblashar edi.
Qo‘zg‘olonning bevosita natijasi 1858 yili Ost-Indiya kompaniyasining tugatilishi bo‘ldi. 1858 yil 2 avgustdagi «Hindiston boshqaruvini yaxshilash to‘g‘risida akt»ga binoan mamlakat bevosita Аngliya qiroli tomonidan boshqariladigan bo‘ldi. Tugatilgan Nazorat kengashi va Direktorlar kengashining boshqaruv funksiyalari Аngliya kabinetining yangi tayinlangan aʼzosi - Hindiston ishlari bo‘yicha stats-sekretarga (vazir) topshirilib, uning huzurida maslahat organi - Hindiston kengashi tashkil qilindi. General-gubernator o‘rniga vitse-qirol lavozimi joriy qilindi. 1858 yil 1 noyabrda qirolicha Viktoriyaning manifesta bilan Аngliya fuqarolarini o‘ldirishda qatnashmagan barcha qo‘zg‘olon ishtirokchilariga amnistiya eʼlon qilindi. 1859 yil 8-iyul kuni endi tom maʼnoda «Britaniya Hindistoni» bo‘lib qolgan mamlakatning barcha hududida tinchlik o‘rnatildi.

Download 103.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling