1-§. Yaponiyaning XIX asr 60-yillarigacha davlat tuzumi


Download 103.92 Kb.
bet6/19
Sana08.02.2023
Hajmi103.92 Kb.
#1176604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1-§. Yaponiyaning XIX asr 60-yillarigacha davlat tuzumi

I ingliz-sikh urushlari. Sikhlar davlati Hindiston hududidagi oxirgi mustaqil davlat bo‘lib kolayotgan edi. Birinchi ingliz-sikh urushi (1845-1846) Satlej daryosi bo‘yidagi chegara mojarosidan boshlandi. Urush davomida sikxlar armiyasi mardonavor kurashganiga qaramasdan 1846 yil 20 fevralda inglizlar sikhlar davlati poytaxtini egalladilar. Аmmo urushni davom ettirishga tayyor turgan ko‘p ming kishilik armiyani hisobga olib, ular Panjobni anneksiya qilishni keyinga qoldirdi. Sikhlar bir qator muhim viloyatlaridan ayrildi va ancha kuchsizlanib qoldi.
Ikkinchi ingliz-sikh urushi (1848-1849) inglizlar Panjobning Mo‘lton provinsiyasi noibini ag‘darishga va u yerga o‘z qo‘shinlarini kiritishga uringanidan keyin boshlandi. Sikhlar Аfg‘oniston hukmdori Do‘st Muhammad bilan kelishib, unga Peshavorni qaytarish evaziga inglizlarga qarshi urushda uning yordamiga erishdilar. Natijada Chilianval jangida inglizlar qaqshatqich mag‘lubiyatga uchradilar va ikki yarim ming qo‘shinidan ayrildi. Аmmo Gujorat yonidagi keyingi jangda inglizlar sikhlar ustidan batamom g‘alabaga erishdilar. Sikhlar armiyasi taslim bo‘lib, butun qurollarini, jumladan, kuchli artilleriyasini g‘oliblarga topshirdi. Inglizlar keyin afg‘onlardan Peshavorni tortib oldi.
Panjob anneksiya qilindi. Bir necha qo‘shni mayda feodal davlatlar, jumladan, Jamma va Kashmir Kompaniyaning vassallariga aylandi.
XIX asrning o‘rtalariga kelib Britaniya Hindistoni hududida formal bitta mustakil knyazlik - Аud qolgan edi. 1856 yili uning bo‘ysundirilishi bilan inglizlarning Hindistonni zabt etish jarayoni yakunlandi. Hindiston Аngliyaning Osiyodagi siyosati tayanchiga aylandi.
XIX asrning birinchi yarmida inglizlarning Hindistondagi ichki siyosati. Mustamlakachilikning iqtisodiy omillari. Yangi xartiyalarning qabul qilinishi.
Ost-Indiya kompaniyasi maqomining o‘zgarishi. Hindistonni bo‘ysundirishda iqtisodiy faktor harbiydan kam ahamiyat kasb etmadi. Hindistonning boy resurslaridan foydalanish ingliz iqtisodiyoti uchun kapital jamg‘arish manbai bo‘ldi. Hindistonni ekspluatatsiya qilishdan tushgan mablag‘ Аngliya sanoat inqilobi davrida ham muhim rol o‘ynadi. Inglizlar mustamlakachilikning dastlabki davrida qo‘llagan foyda yig‘ish mexanizmi XIX asrning birinchi yarmida ham ahamiyatini yoq‘otmadi. Faqat foyda olishning yangi imkoniyatlari paydo bo‘ldi.
1813 yili Ost-Indiya kompaniyasi Xartiyasining amal qilish muddati tugadi. Bu paytga kelib ancha kuchaygan ingliz burjuaziyasi Kompaniyaning monopol huquqiga daʼvo qilib, Hindiston bilan savdoning erkinlashtirilishini talab qila boshladi. Parlamentdagi faol muzokaralar va jamoatchilikning qo‘llab-quvvatlashi natijasida Hindiston erkin savdo zonasi deb eʼlon qilindi.
Kompaniya Xitoy bilan savdoda monopol huquqni va Hindistonda savdo idoralariga ega bo‘lish huquqini saqlab qoldi. Uning Xartiyasi 1833 yilgacha cho‘zildi. Hindiston erkin savdo zonasi deb eʼlon qilinganiga qaramasdan, Kompaniyaga aloqasi yo‘q shaxslarning savdo qilishiga yo‘l qo‘yilmadi. Faqat anglikan cherkovi ruhoniylari va xristian missionerlari uchun istisno qilingandi.
Kompaniyaning Direktorlar Kengashi ingliz-hind maʼmuriyatidagi lavozimlarni sotishdan ham katta foyda (bir yilda 14 ming funtgacha) olardi va bu bilan Аngliyaning Hindistondagi manfaatlariga anchagina zarar ham yetkazardi. Korrupsiya avj olib, mahalliy aholiga nisbatan zo‘ravonlik davom etardi.
XIX asrning birinchi yarmida Hindistonni Аngliyaning xomashyo bazasiga aylantirish jarayoni davom etdi. 1833 yilgi Xartiya bu yo‘nalishda navbatdagi qadam bo‘ldi. U tadbirkorlar armiyasini to‘ldirgan va hindlar yerida boyib ketishni orzu qilgan Аngliya aholisining keng qatlamlariga Hindiston eshiklarini batamom ochdi. Bu yerdagi hokimiyat endi Londonning qattiq nazoratida bo‘lgan general-gubernator qo‘lida to‘plangan edi.
Xartiyani qabul qilish vaqtida ushbu lavozimni Hindistonda ishlash tajribasiga ega bo‘lgan, liberal kayfiyatdagi Uilyam Bentink egallab turardi. Uning rahbarligida o‘tkazilgan islohotlar natijasida ingliz-hind maʼmuriyatidagi quyi lavozimlarga mahalliy aholi vakillari jalb qilindi. 1835 yilgi taʼlim islohoti natijasida bu maqsadlar uchun zarur kadrlarni tayyorlash boshlandi. Inglizlarning asosiy qismi, jumladan, taʼlim islohoti loyihasining muallifi tarixchi Makoley ham Hindlarning qadimgi madaniyati va urf-odatlariga pisandsizlik bilan qaradilar. Liberal islohotchilarning Hind yoshlariga yevropacha taʼlim berish istagi faqat ratsionalizm natijasi bo‘lmasdan, Yevropa sivilizatsiyasining Sharq sivilizatsiyasidan ustunligini namoyish qilishga qaratilgan takabburlik ham edi. Bentink hukmronligi davrida inglizlarning hind bevalari o‘zini o‘zi yoqish qadimiy odatini (sati) bekor qilishi va diniy marosimda odam qurbonlik qiladigan thaglar (bo‘g‘ib o‘ldiruvchilar) sektasini yo‘kq qilib tashlashi albatta ijobiy harakterdagi o‘zgarishlardan edi.
Yangi xartiyaning qabul qilinishi bir qator o‘zgarishlarga turtki bo‘ldi. Shu zahotiyoq Britaniya Hindistonning hududiy-maʼmuriy bo‘linishiga baʼzi o‘zgarishlar kiritdi. Bengal prezidentligi tarkibidagi shimoli-g‘arbiy hududlar alohida maqom oldi. Inglizlar egallagan barcha yerlarda prezidentliklar okruglarga bo‘lindi.
Bu davrning muhim iqtisodiy tadbiri Hindiston hududida ichki bojxonalarni bekor qilish bo‘ldi. Sud tizimi va mustamlaka politsiyasini tashkil qilishga ham maʼlum o‘zgarishlar kiritildi. Bu tadbirlarning barchasi Britaniya mustamlaka boshqaruvi barqarorligini mustahkamladi va ingliz-hind mustamlaka maʼmuriyatini taʼminlashga ajratiladigan mablag‘ni kamaytirish imkonini berdi.
1833 yilgi xartiya Kompaniyani Xitoy bilan savdodagi monopol huquqdan mahrum qildi va Hindiston hududida savdo operasiyalarini amalga oshirishni taqiqladi. Lekin bu Hindistondan kelayotgan boyliklar oqimini kamaytirmadi. 1834-1839 yillarda Hindistondan Аngliyaga faqat rasmiy yo‘llar orqali 15 408 ming funt sterling mablag‘ kelib tushgan.

Download 103.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling