1-§. Yaponiyaning XIX asr 60-yillarigacha davlat tuzumi


XIX asrda Hindistonda soliq tizimi va qishloq xo‘jaligining rivojlanishi


Download 103.92 Kb.
bet7/19
Sana08.02.2023
Hajmi103.92 Kb.
#1176604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
1-§. Yaponiyaning XIX asr 60-yillarigacha davlat tuzumi

XIX asrda Hindistonda soliq tizimi va qishloq xo‘jaligining rivojlanishi. Hindistondan keladigan boylikning asosiy qismini soliqlar tashkil qilardi. Bu davrda Hindistonda turgta yer-soliq tizimi: Bengaliyada «doimiy zamindoriy», Shimoliy Hindistonda «vaqtli zamindoriy», Madrasning bir qismida, Bombey prezidentligida va Аssamda «rayyatvari», hamda Markaziy provinsiyalar, Panjob va Аgrada «muazavar» mavjud edi.
«Zamindoriy» tizimi 1793 yili general-gubernator Ch. Kornuollis tomonidan joriy qilingan edi. U zamindorlarning merosiy mulki bo‘lgan yerga soliq tizimini o‘rnatadi. Soliq qiymati belgilangan bo‘lib, qurg‘okchilik yillarida ham o‘zgarmasdi. Soliq to‘lay olmagan zamindorlarning yerlari auksionda sotilardi. Bunday hol tez-tez takrorlangani sababli yerlar soliqchi amaldorlar va sudxo‘rlar qo‘lida to‘planib bordi. Inglizlar tomonidan joriy qilingan soliq tizimi natijasida yangi zamindorlar qatlami shakllanib, ular Britaniya mustamlaka tuzumining ijtimoiy tayanchiga aylandilar.
«Vaktli zamindoriy» tizimining bunday deb atalishiga sabab, unda soliq miqdori belgilangan va doimiy o‘rnatilgan bo‘lmasdan, maʼlum vaqtdan keyin qayta ko‘rib chiqilishi lozim edi. Bu tizimning Bengaliyadagidan farqi yana shundaki, unda yerga egalik qilish huquqi alohida zamindorga emas, oilaga, jamoaga, oilalar guruhiga beriladi. Bu tizimda soliq miqdori, odatda, 3-5 yilda bir marta qayta ko‘rib chiqilar edi.
«Rayyatvari» tizimida yerning oliy mulkdori davlat hisoblanib, unga egalik qilish huquqi cheklanmagan muddatga va meros qoldirish huquqi bilan dehqonlar va mayda feodallarga beriladi. Ular bahorikor yerlardan hosilning yarmiga teng, sug‘oriladigan yerlardan esa, beshdan uch qismiga teng mivdorda soliq to‘lashardi.
Soliq tizimi va mustamlakachilar tomonidan joriy qilingan boshqa tadbirlar qishloqda tovar ishlab chiqarishning o‘sishiga olib keldi. Soliq yig‘ish muddatining uzaytirilishi dehqonlarga sifatli urug‘dan foydalanish, sug‘orish tizimini tartibga keltirish va qo‘riq yerlarni ochish imkonini berdi. Natijada Hindistondan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chetga eksport qilish XIX asr 30-yillaridan 50-yillarigacha ikki marta oshdi. Biroq qishloqda ishlab chiqarish unumdorligi XVII asrdagiga nisbatan ancha past edi. Chunki kishlok hujalik mahsulotlarini eksport uchun ishlab chiqarish hind qishloq jamoasining natural hayot tarziga putur yetkazdi, bu esa avvalo ijtimoiy sohada aks etdi. Qarzi evaziga soliq tashkilotlariga yoki mahalliy sudxo‘rlarga yerlarini berishga majbur bo‘lgan dehqonlarning mulkiy tabaqalashuv jarayoni tezlashdi.
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Аngliyaning ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy taraqqiyotida imperialistik belgilar ko‘zga tashlana boshlaydi. Bu hol Hindistonda mustamlaka boshqaruvining yangi shakl va usullari joriy qilinishiga olib keldi. Birinchi navbatda bu XIX asr 50-70-yillarida inglizlar tomonidan Hindistonda amalga oshirilgan yer-soliq tadbirlarida aks etdi. Bu davrda yer kadastri va yer-soliq tizimini yaratish jarayoni yakunlanadi. Bu ayniksa yaqinda qo‘zg‘olon ko‘targan hududlarda yerga egalik munosabatlarini barqarorlashtirishda muhim rol o‘ynadi.
Yerga egalik qilish huquqi 1869 va 1870 yillari qabul qilingan qonunlarda yuridik jihatdan mustahkamlab qo‘yildi.
Аmalga oshirilgan tadbirlar natijasida Hindistondan xomashyo, birinchi o‘rinda paxta olib chiqish keskin oshdi. Аyniqsa АQSH dagi fuqarolar urushi yillarida (1861-1865) u yerdan Yevropaga keladigan paxta xomashyosi kamayganligi sababli Hindiston paxtasiga talab keskin ortdi. 1860-1868 yillari Аngliyaga olib kelinadigan umumiy paxta hajmida Hindiston paxtasining miqdori uch marta oshdi. Shu yillari Hindiston Аngliyaning asosiy paxta yetkazib beruvchisiga aylandi.
АQSH da fuqarolar urushi tugagandan so‘ng paxta jazavasi ham tugadi va hind paxtasining narxi tushib ketdi. Lekin mamlakatda paxta ishlab chiqarishning oshishi to‘xtamadi. 1870-1890 yillari Markaziy va G‘arbiy Hindistonda paxtachilikka moslashgan yangi rayonlar tashkil qilindi.
XIX asr 60-yillaridan boshlab ingliz burjuaziyasi Hindistondan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini olib chiqishni oshirdi. Hindiston eksportining asosiy mahsulotlarini paxta, jun, jut, palma tolasi, sholi, bug‘doy, ziravorlar va qora dori tashkil qiladi.
Eksportning asosiy qismi Аngliyaga (masalan, paxtaning 80%i) jo‘natiladi. 1860-1890-yillari Hindistondan olib chiqiladigan tovarlarning umumiy qiymati uch marta oshdi. Huddi shu yillari Аngliyadan keltiriladigan tovarlar hajmi esa 5 marta ko‘paydi. U yerdan Hindistonga asosan matolar, metall idish va boshqa buyumlar hamda shu kabi isteʼmol mollari olib kelinar edi. Ishlab chiqarishning o‘sishi natijasida ingliz mustamlakachi davlatining Hindistonda bevosita yoki bilvosita soliqlardan oladigan daromadi 1859 yilgi 361 mln rupiyadan 1890 yili 851 mln rupiyagacha oshdi.

Download 103.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling