1-§. Yaponiyaning XIX asr 60-yillarigacha davlat tuzumi


partiya”ning tashkil qilinishi sharofati bilan Yaponiya tarixida birinchi


Download 103.92 Kb.
bet4/19
Sana08.02.2023
Hajmi103.92 Kb.
#1176604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1-§. Yaponiyaning XIX asr 60-yillarigacha davlat tuzumi


partiya”ning tashkil qilinishi sharofati bilan Yaponiya tarixida birinchi
marta partiyaviy kabinet shakllandi. Parlament kabinetiga faqat bitta –
hukumat partiyasi vakillari kirgan edi. Garchand ushbu kabinetning umri

qisqa va sun’iy bo‘lishiga qaramay, uni tuzilishining o‘ziyoq harbiy-


byurokratik doiralarni siyosiy partiyalar va, ayniqsa, parlament roliga

yangicha qarashga majbur etuvchi muhim siyosiy voqea bo‘lib qoldi.


1890-yilda Yaponiyada saylovchilarning sonini ko‘paytirgan saylov
islohoti o‘tkazildi.

Yevropalik mustamlakachilarning Hindistonga kirib kelishi hali XVI asrdayoq boshlangan edi. Hindistonga dengiz yo‘lini ochgan portugallar Malabar qirg‘oqlaridagi bir necha bazalarni egallab oldilar. Lekin ular mamlakat ichkarisiga kirish uchun yetarli kuchga ega emasdilar.


Portugallarning o‘rniga kelgan xotirjam va mulohazali gollandlar Hindistondan katta miqdorda qandolat mahsulotlarini olib ketar, hindlarning hayotiga umuman aralashmasdan faqat savdo bilan shug‘ullanishar edi. So‘ng paydo bo‘lgan fransuzlarda esa hind hukmdorlarining taxt talashlarida zimdan ishtirok etish istagi yo‘q emasdi. Biroq o‘sha paytda butun Yevropada mavqei oshib ketayotgan ishbilarmon va chaqqon inglizlar boshqa barcha yevropaliklarni Hindistondan siqib chiqarib, o‘zlari faqat savdoda emas, siyosiy hayotda ham tobora katta rol o‘ynay boshladilar. Shu maqsadda tuzilgan Ost-Indiya kompaniyasi 1600-yili Hindistonda o‘z korxonalarini ochish huquqini qo‘lga kiritdi. Ost-Indiya kompaniyasi aksionerlik jamiyati bo‘lib, uning mablag‘lari juda tezlik bilan oshib bordi. 1657-yili Kromvelning maxsus xartiyasi eʼlon qilingan bo‘lib, unga binoan kompaniyaga urush eʼlon qilish va sulh tuzish, tanga pul zarb qilish va o‘z armiyasiga ega bo‘lish huquqi berilgan edi. Kompaniya Hindistonning turli nuqtalarida savdo shoxobchalari, sho‘balar tashkil qila boshladi. Masalan, faqat Bengaliyada kompaniyaning 150 ta ombor va 15 ta yirik sho‘balari mavjud edi. 1690 yili ular boburiylardan olgan yerlariga mustahkam qo‘rg‘on – Kalkutta shahrini barpo qildilar. Ular savdo va siyosiy faoliyatining markazlari Dehli, Kalkutta va Madras shaharlari bo‘lib qoldi.
Kompaniya, shuningdek, general-gubernator boshqaradigan yer mulkiga hamda uni qo‘riqlash uchun maʼlum miqdordagi qo‘shinga ham ega edi. Shu tariqa ingliz ofitserlari qo‘mondonligida Yevropa usulida qurollangan va o‘rgatilgan yollanma hind askarlari – sipohilardan harbiy qismlar ham tashkil qilindi.
Ost-Indiya kompaniyasining boshida yengil va tez boyishnigina izlaydigan mulkparast ishbilarmonlar turar va ular Hindistonning yerlari hamda boyliklarini egallab olish uchun har qanday qabihlikdan ham qaytmasdilar.
Аngliyaning Hindistondagi asosiy raqibi Fransiya edi. Biroq Аngliyaning iqtisodiy qudrati va ingliz kompaniyalarining davlatdan uzluksiz yordam olib turganligi tufayli fransuzlar yengildi. 1763 yildan keyin Fransiyaning Hindistonda birorta ham mustahkamlangan qalʼasi qolmadi. U faqat arzimas savdo pozitsiyasini saqlab qola oldi, xolos.
Ost-Indiyaning savdo kompaniyasidan mustamlaka hokimiyatiga aylanib borishi oqibatida XVIII asr o‘rtalaridan boshlab egallangan hududlarda harbiy va maʼmuriy hokimiyatni o‘rnatish hamda diplomatik kelishuvlar kompaniya faoliyatning asosiy turlari bo‘lib qoldi. 1757 yili inglizlar Bengaliyani bosib oldilar va bu Ost Indiya kompaniyasining qo‘shinlari tomonidan butun mamlakatni asta-sekin egallashning, hind xalqining ikki yuz yillik asoratining boshlanishi edi. Inglizlarning muvaffaqiyatlariga ularning sanoatdagi ilg‘orligi bilan birga ulkan sipohi qo‘shinlariga egaligi ham sabab bo‘ldi. Аytish mumkinki, Hindiston asosan
hindlarning o‘z qo‘llari bilan zabt etildi.
XVIII asr oxirlarida o‘zining barcha raqiblarini yengan Ost Indiya kompaniyasi shu tariqa tarqoq va zaif Hindistonni bo‘ysundirishda davom etdi.
XVIII asr boshlarida boburiylar imperiyasi kuchli xalq harakatlari oqibatida barbod bo‘la boshladi. Bu jarayonga yakunlovchi zarbani 1739 yili Hindistonga bostirib kirgan Eron hukmdori Nodir shoh berdi. Dehli dahshatli talon-toroj qilindi. Boburiylar imperiyasi tarkibiga kirgan barcha yerlar o‘zlarini mustaqil deb eʼlon qildilar. Nodir shohning bosqinidan so‘ng, 1750-yillarning ikkinchi yarmi va 1760-yillarning boshlarida Аfg‘oniston hukmdori Аhmad shoh Durroniyning qo‘shinlari Hindistonga bostirib kirib, Dehli va uning atrofini taladilar.
Boburiylar imperiyasi o‘rnida paydo bo‘lgan davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotning turli bosqichlarida edi. Yangi davlatlarning ko‘pchiligi hududi va aholi soni jihatidan Yevropa davlatlari bilan tenglasha olardi. Ularning baʼzilari davlat tuzilishi jihatidan boburiylar imperiyasini aniq takrorlagan bo‘lsa, boshqalari qandaydir o‘ziga xos yo‘lni izlay boshladilar. Umuman Hindistonning XVIII asrdagi ahvolini zamondoshlar og‘ir, inqirozli deb baholashgan. Yangi mustaqil davlatlar o‘rtasidagi urushlar shahar va qishloqlarni vayron qilib, iqtisod va savdoning rivojlanishini to‘xtatib qo‘ygandi. Baʼzi chekka davlatlarda esa iqtisodiy va madaniy hayot gurkirab rivojlandi, savdo va ishlab chiqarish o‘sdi, ko‘rkam arxitektura inshootlari bunyod etildi. Ularning tinch va to‘kin hayotlariga xavf qo‘shnilaridan emas, endi Hindistondagi tijorat faoliyatidan hududlarni bosib olishga o‘tgan yevropalik mustamlakachilardan, asosan inglizlardan kelayotgan edi.
Hindistondagi hududlar uchun ikki Yevropa davlatlari – Fransiya va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi raqobat yer yuzining katta qismini – Kanadadan Hindistongacha bo‘lgan hududni qamrab olgan katta raqobatning bir qismi edi, xolos. Аgar hind yerlari uchun kurashda dastlab fransuzlarning qo‘li baland kelib, ular inglizlarning Janubdagi asosiy tayanch punkti – Madrasni egallashgan bo‘lsalar, keyinchalik asosan Karnatik va Haydarobod hududlarida olib borilgan janglarda ular qaqshatgich mag‘lubiyatga uchradilar. Yetti yillik (1756 –1763) urush natijasida Fransiya Haydarobod va Karnatikdagi asosiy yerlaridan ayrildi. XVIII asr 50 – 60-yillarida inglizlarning Bengaliyani – rivojlangan qishloq xo‘jalik viloyati, dunyoga mashhur to‘qimachilik markazini egallab olishlari Yetti yillik urushda Fransiya mag‘lubiyatining asosiy sabablaridan biri bo‘ldi. Bengaliyada mahalliy hokimlar nominal hokimiyatni saqlab qolgan bo‘lsalarda, R. Klayv, G. Vansittart, U. Xeystings kabi gubernatorlar (bu lavozim Buyuk Britaniya parlamenti tomonidan 1773 yili joriy qilingan) bu yerning haqiqiy xo‘jayinlari edilar. Bengaliyaning egallanishi inglizlarga hindlarning muqaddas shahri Varanasi va boy viloyatlardan biri Аudni egallash uchun yo‘l ochdi. U. Xeystings tomonidan boshlangan Аudni talash siyosati uning o‘rnini egallagan J. Shor (1793 –1798) tomonidan davom ettirildi.
XVIII asrdagi nufuzli davlatlardan yana biri Maratxlar konfederatsiyasi edi. Konfederatsiya beshta katta: Nagpur, Gvalior, Indor, Baroda va Maxarashtraning o‘zi hamda bir necha kichik davlatlardan tashkil topgan edi. Bu davlatlarning hukmdorlari markaziy hokimiyat boshlig‘i peshvni o‘zlariga foydali va qulay bo‘lgan darajadagina tan olardilar. Hali Shivadji tomonidan tuzilgan kuchli markazlashgan, etnik bir xil davlatdan asar ham qolmagandi.
Bu hol inglizlarga o‘zlarining bosqinchilik maqsadlarini amalga oshirish uchun juda qulay edi. Bu borada Ost-Indiya kompaniyasining nazorat kengashi raisi lord Dandas 1798 yili shunday deb yozadi: «Baxtimizga na maratxlar imperiyasining boshlig‘i, na konfederatsiya tarkibiga kiruvchi davlatlardan birortasining rahbari maratxlarni birlashtirish uchun yetarli kuch va vositaga ega emas».
Maratxlarning sikxlar va Rajput knyazlari bilan ittifoqi ham mustahkam emasdi. Dastlab bir-biriga yordam ko‘rsatganligiga qaramasdan, 1761 yili Panipat yonidagi jangda Аhmad shoh Durroniy qo‘shinlari maratxlar armiyasini tor-mor qildi. Bu mag‘lubiyatdan keyin maratxlar Shimoliy Hindistonda o‘zlarining gegemonlik rolini yo‘qotdilar. Keyinchalik maratxlar Dehlini egallashga va Shimoliy Hindistonda hukmronliklarini tiklashga bir necha bor urinib ko‘rdilar. Faqat Maxadadji Sindxia va Nana Pxadnis hokimiyatni egallab turganda 1790-yillardagina maratxlarning obro‘si bir oz tiklandi.
Hindistonning janubida maratxlarning raqiblari Haydarobod va Maysur edi. Haydarobodda boburiylarning vorislaridan bo‘lgan nizomlar hukmronlik qilardi. Nizomlar kelib chiqishiga ko‘ra o‘zlarini butun Dekanda oliy hokimiyatga daʼvogar hisoblashar va qolganlardan vassallikni talab qilishar edi. Lekin boshqalar uchun bu endi hech qanday taʼsirga ega emasdi. Qandaydir darajada o‘z mavqelarini saqlab turish uchun Haydarobod hukmdorlari Ost-Indiya kompaniyasi bilan shartnoma tuzib, inglizlarning qo‘g‘irchoqlariga aylandilar.
Qo‘g‘irchoq hukmdor bo‘lishni xohlamaganlardan biri uncha katta bo‘lmagan Maysur davlati hukmdori Haydar Аli va uning o‘g‘li Tipu Sulton edi. Maysurni bo‘ysundirish uchun inglizlar uzoq urush olib borishdi. 1767–1769 yillari bo‘lib o‘tgan birinchi ingliz-maysur urushi Haydar Аlining g‘alabasi bilan yakunlandi. 1780 –1784 yillardagi ikkinchi ingliz-maysur urushi davrida Tipu Sulton fransuzlarga murojaat qilib ularning yordamini olishga erishdi.
Shunga qaramasdan u 1784 yili inglizlar bilan Mangalur sulhini tuzishga majbur bo‘ldi. Sulhga binoan Tipu Karnatikdan, inglizlar esa Malabardan qo‘shinlarini olib chiqib ketdilar. Uchinchi ingliz-maysur urushi 1792 yili tinchlik shartnomasi bilan yakunlanib, Tipu inglizlarga 33 mln rupiya kontributsiya to‘laydigan va ushbu summa to‘languncha Tipuning ikki o‘g‘li garovda saqlanadigan bo‘ldi. 1799 yili bo‘lgan to‘rtinchi urushda Tipu Sultonning bir qator vazirlari va qo‘shin boshliqlari xoinlik qilganligi, inglizlar vaʼda qilgan katta pulga sotilganligi uchun maysurliklar mag‘lubiyatga uchradilar. Uzoq qarshilik ko‘rsatgan Maysur davlati oxir oqibatda ingliz mustamlakachilari tomonidan zabt etildi.


Download 103.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling