4-
ilova
Non va non mahsulotlari
Non inson hayotida zarur oziq-ovqat mahsulotlaridan biridir. Respublikamizda
non mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‘pay- tirish,
assortimentini yaxshilashga
alohida e’tibor berilmoqda.
Non bug‘doy va javdar unidan yopiladi. To‘yimliligini oshirish maqsadida ayrim
nav nonlarga sut, yog‘, shakar, tuxum, qiyom, solod,
mayiz singari mahsulotlar,
vanilin va boshqalar solinadi, ta’mlilik xususiyatini
yaxshilash maqsadida esa
ko‘knor urug‘i, sedana, kashnich sepiladi.
Nonning kimyoviy tarkibi nonlarning turiga,
qanday va qaysi nav undan
tayyorlanganligiga va non ishlab chiqarish uchun qanday qo‘shimcha xomashyolar
ishlatilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Nonda asosiy moddalardan biri uglevodlardir.
Uglevodlarning miqdori nonda ularning turiga qarab 40—58% ni tashkil etadi.
Nonlarda oqsillarning miqdori o‘rtacha 4,7— 9,0 % bo‘ladi.
Non ishlab chiqarish xomashyoni tayyorlash va o‘lchash,
xamir qorish va
oshirish, xamirni shaklga solish va tindirish, pishirish va sovitishdan iborat. Non
tayyorlashning har qaysi jarayoni tayyor mahsulotning sifatiga katta ta’sir etadi.
Non va bulka mahsulotlarining xili va turi juda ko‘p.
Unning turiga qarab non bug‘doy, javdar, javdar-bug‘doy nonlariga bo‘linadi.
Retsepturaga qarab oddiy, yaxshilangan va yog‘li; pishirilish usuliga qarab shaklli
va pechda yopilgan, sotilish usuliga qarab, tortib sotiladigan va donalab sotiladigan
xillarga bo‘linadi.
Bug‘doy non. Oddiy bug‘doy noni (tortib va donalab sotiladigan), yaxshilangan
bug‘doy non, baton, bulka, turli bulochkalar va yog‘-sutda
qorilgan xamirdan
tayyorlangan mahsulotlardir.
Bug‘doy nonning oddiy xili 1- va 2-nav va jaydari undan tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: