1 1- mavzu: Oziq- ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va to‘yimliligi. Reja
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Maruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuchli spirtli ichimliklar. Kuchli spirtli ichimliklar
Qahva va qahva ichimliklari.
Qahva tropik iqlimdagi mamlakatlarda o‘sadigan qahva daraxti mevasining urug‘idan olinadi. Qahva terib olingandan keyin etidan tozalanadi, silliqlanadi, sifatiga qarab navlarga ajratiladi va qoplarga joylab uzoq muddat saqlanadi. Masalan, Braziliya qahvasining ayrim navlari 10—12 yilgacha saqlanadi. Qahva qancha uzoq saqlansa, ta’mi shuncha yaxshi va xushbo‘y bo‘ladi. Qahva tarkibida oqsil moddalari 14%, yog‘ — 14%, uglevodlar — 4%, mineral moddalar va boshqa moddalar ham uchraydi. Qahvalar quyidagi assortimentda ishlab chiqariladi: donador xom qahva, qovurilgan (donador, maydalangan, sikoriy qo‘shilgan) va eruvchan qahva. Qahvalarning sifati organoleptik va fizik-kimyoviy ko‘rsat- kichlarini aniqlash asosida olib boriladi. Kuchli spirtli ichimliklar. Kuchli spirtli ichimliklar deb, tarkibida ko‘p miqdorda etil spirti bo‘lgan ichimliklarga aytiladi. Ularga spirt, aroq mahsulotlari, uzum vinolari, konyak, rom, viski kabi ichim- liklarni kiritish mumkin. Bularning har biri har xil xomashyo- lardan o‘ziga xos texnologik jarayonlar asosida ishlab chiqariladi. Spirt. Spirtning turlari ko‘p, lekin oziq-ovqat sanoatida faqat etil spirti ishlatiladi. Etil spirti sanoatda uglevodlarga boy xomashyolardan olinadi. Bunday xomashyolarga donlar, kartoshka, qandlavlagi va qand sanoati chiqindilarini kiritish mumkin. Etil spirtini ishlab chiqarishning mohiyati qand modda- larining maxsus achitqilar ta’sirida bijg‘ib, spirt hosil qilishiga asoslangan. Ishlab chiqarilayotgan etil spirtining ma’lum qismi xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida, ma’lum qismi esa aroq, likyor-aroq mahsulotlari va uzum vinolari ishlab chiqarishda foydalaniladi. Tozalanganlik darajasiga qarab etil spirti uch navga bo‘linadi: ekstra, yuqori darajada tozalangan va birinchi nav. Etil spirtining ekstra navi tarkibida 96,5%, yuqori darajada tozalangan navida — 96,2%, birinchi navida esa 96% hajm miqdorida spirt bo‘ladi. Spirtlarning tozalanganlik darajasini belgilaydigan asosiy fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlar aldegidlar, sivush moylari va efitlar hisoblanadi. Organoleptik jihatidan etil spirtining hamma turlari rangsiz, tiniq, begona zarrachalarsiz, hidi va ta’mi esa tozalangan etil spirtiga mos bo‘lishi kerak. Aroq tozalangan etil spirti va yumshatilgan suvning aralash- masini faollashtirilgan ko‘mir bilan ishlab, maxsus filtrlardan o‘tqazilib tozalangan mahsulotdir. Aralashmani faollashtirilgan ko‘mir orqali filtrlashning mohiyati shundaki, bunday ishlov berilganda spirt tarkibidagi bir muncha zararli bo‘lgan sivush moylarining 30—47% va asetaldegidlarning 10—17% filtrda tutib qolinadi. Aroqning ba’zi turlarini ishlab chiqarishda ularning ta’mini yaxshilash uchun qand, limon kislotasi, soda, sirka kislotasining natriyli tuzi kabi qo‘shimcha xomashyolar ham ishlatilishi mumkin. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling