143
Nazorat savollari.
1.
Baliq ikralarini tushuntiring?
2.
Baliq konservalari haqida ma’lumot bering?
3.
Konserva mahsulotlarini tayyorlash usullari qanday amalga oshiriladi?
4.Baliq konservalari ishlatiladigan xom ashyo haqida ma’lumot bering?
4-
ilova
Baliq ikralari
Ikra urg‘ochi baliqlarning urug‘i hisoblanadi.
Ikraning har bir donachasi
qobiqdan, protoplazma (yarim suyuq massa) va yadrodan tashkil topadi. Ikra,
asosan, osyotr va losos baliqlaridan olinadi.
Shuningdek, ikra karp va okean baliq-
laridan ham kam miqdorda ishlab chiqariladi. Ikra dona- chalarining katta-kichikligi
qanday baliqlardan olinganligiga bog‘liq bo‘ladi (14-rasm).
Ikra tarkibida to‘liq
qiymatli oqsil, yog‘, darmondorilar
va mineral moddalar
bo‘lganligi uchun eng qimmatli oziq- ovqat mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Osyotr
ikrasi inson asab faoliyati uchun zarur bo‘lgan letsitin (1—2%) moddasiga boyligi
uchun qimmatlidir. Oqsil hamma baliq ikralarida nisbatan o‘zgarmas bo‘lib, 21—
30% ni tashkil etadi. Yog‘ miqdori osyotr baliqlari ikrasida 13—18% ni,
losos
baliqlari ikrasida esa 9—17% ni tashkil etadi. Ikralarda mineral moddalar miqdori
1,2—1,9%. Shuningdek,
ikralar tarkibida A, D,
E va B guruhiga kiruvchi
darmondorilar ham bo‘ladi (15-rasm).
Osyotr balig‘ining ikrasi —
qora ikra, losos balig‘ining ikrasi esa
qizil ikra deb
yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: