1 1- mavzu: Oziq- ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va to‘yimliligi. Reja
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Maruza matni
Baliq konservalari va prezervlar
Baliq konservalari yuqori ozuqalik qiymatiga ega bo‘lgan mahsulotdir. Uning tarkibida to‘liq qiymatli oqsil, yog‘, mineral moddalar va darmondorilar bor. Konserva mahsulotlari uzoq saqlanadi, ularni pazandachilik ishlovi bermasdan ovqatga ishlatish mumkin. Konserva mahsulotlarini tayyorlash usullari umumiy bo‘lib, ular quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: baliqni nimtalash, yuvish, bo‘laklarga ajratish, tuzlash, harorat bilan ishlov berish, bankalarga joylash, ulardan havoni chiqarib germetik berkitish, sterilizatsiyalash, germetikligini tekshirish, sovitish va joylash. Bu jarayonlarning asosiylaridan biri germetik berkitilgan konserva bankalarni sterilizatsiya qilish hisoblanadi. Baliq konservalarini sterilizatsiya qilish 112— 120°C da 30—60 daqiqa davom etadi. Bunday yuqori haroratda ishlangan konservalarda mikroorganizmlar qirilib-bitadi va fermentlar aktivlik faoliyatini batamom yo‘qotadi. Bular esa konserva mahsulotlarining uzoq saqlanishini ta’minlaydi. Prezervlar bankalarga joylanib germetik berkitilgan, tuzlangan, sirkalangan, ziravorlar qo‘shilgan o‘tkir ta’mli mahsulotdir. Prezervlar sterilizatsiya qilinmaydi va shu xususiyati bilan konservalardan farq qiladi. Prezervlar tayyorlashda ularga antiseptik (benzoy kislotasining natriyli tuzi) qo‘shiladi. Prezervlar, asosan, tuzlaganda yetiladigan kilka, salaka, seld, skumbriya, stavrida kabi baliqlardan tayyorlanadi. 5- ilova 144 Guruhlarda ishlash qoidasi Sherigingizni diqqat bilan tinglang. Guruh ishlarida o’zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga javobgarlik bilan yondashing. Agar yordam kerak bo’lsa, albatta murojaat qiling. Agar sizdan yordam so’rashsa, albatta yordam bering. Guruhlar faoliyatining natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart. Quyidagilarni aniq tushunishimiz lozim: • Boshqalarga o’rgatish orqali o’zimiz o’rganamiz! Biz bitta kemadamiz: yoki birgalikda suzib chiqamiz, yoki 1. Baliq ikralarini tushuntiring? 2. Baliq konservalari haqida ma’lumot bering? 3. Konserva mahsulotlarini tayyorlash usullari qanday amalga oshiriladi? 4.Baliq konservalari ishlatiladigan xom ashyo haqida ma’lumot bering? Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling