1 1- mavzu: Oziq- ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va to‘yimliligi. Reja
tayanch daftarifa, o’quv qurollari to’liq bo’lgan
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Maruza matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sutning kimyoviy tarkibi va uning turlari. Sut
tayanch daftarifa, o’quv qurollari to’liq bo’lgan,
adabiyotlardan foydalanishni bilgan 3 (qoniqarli) 4 Ta’lim standartlarida belgilangan bilim va ko’nikmalarni 55% dan kam o’zlashtirgan o’quvchilar 2 (qoniqarsiz) Izoh: O’quv dasturining mantiqan tugallangan bo’limi bo’yicha o’quvchi albatta baholanadi va natijasi o’tish balidan 3 ball past bo’lganda qayta nazorat belgilanadi. 147 4- ilova Sut oziq-ovqat mahsulotlari ichida eng muhimi bo‘lib, tarkibida odam organizmi uchun zarur bo‘lgan 200 ga yaqin kimyoviy va biologik moddalar mavjud. Uning tarkibida yog‘, oqsil, sut qandi, darmondorilar, fermentlar, kislotalar, mineral va boshqa muhim moddalar bor. Oziqaviylik qiymatiga ko‘ra sut har qanday mahsulotning o‘rnini bosishi mumkin, lekin hech qaysi mahsulot sutning o‘rnini ololmaydi. Sutda nafaqat organizmga kerakli barcha moddalar mavjud, balki ularning miqdoriy nisbatlari ham ma’qul joylashgan. Sut va sut mah- sulotlari inson organizmi tomonidan yengil va qariyb butunlay hazm qilinadi. Sutning tarkibi doim bir xil bo‘lmaydi, u sigirning nasli va yoshiga, parvarish qilinishi, boqilishi, sog‘ilish davrining davomiyligiga va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Bu omillardan eng asosiysi molning boqilishi va nasli hisoblanadi: yaxshi boqim sut sog‘imini oshiradi, uning tarkibi va sifatini yaxshilaydi. Sutning kimyoviy tarkibi va uning turlari. Sut sut emizuvchi hayvonlar sut bezlarining faoliyati natijasida hosil bo‘lib, och- sarg‘ish rangli, o‘ziga xos hidga va sal shirinroq ta’mga ega bo‘lgan suyuqlikdir. Hayvon organizmida sutning hosil bo‘lishi yemish tarkibidagi oziqaviy moddalarning chuqur va murakkab o‘zgarishi va sut bezlari hujayralarida moddalarning yangidan sintez bo‘lishi natijasida ro‘y beradi. Inson turli hayvonlarning sutini iste’mol qiladi, ammo ularning orasida sigir suti keng tarqalgan. Sigir sutining tarkibida 85—89% suv, 2,8—5,0% yog‘, 3— 4% oqsillar, 4,4—5,1% sut qandi, 0,6—0,85% mineral moddalar, fermentlar, A, B, B 12 , C, D, E, PP darmon- dorilari, gormonlar, pigmentlar, gazlar mavjud. Sut yog‘ining xossalari, ayniqsa, erish (27—34°C) va qotish (17—21°C) haroratlarining pastligi uning tarkibidagi yog‘ kislotalarning xossalari bilan bog‘liq. Yog‘i olinmagan sutda kishi organizmiga zararli bakteriyalarni yo‘qotishga qodir bo‘lgan bakteriotsid modda mavjud. Sut yog‘i sut tarkibida sirti oqsil bilan qoplangan mayda sharchalar shaklida bo‘ladi. Yog‘ni sutning suyuq qismidan ajratib olish uchun sharchalarning oqsil po‘sti buziladi va ular bir-biri bilan birlashib katta bo‘laklar paydo bo‘ladi. Qaymoqni kuvlab sariyog‘ olish ana shunga asoslangan. Sut yog‘i juda past harorat (10-15—31°C)da eriydi. Sutning oqsil moddalari to‘liq qiymatli aminokislotalardan iborat. Sutda oqsillarning quyidagi turlari mavjud: kazein (2,5—4%), albumin (0,5—0,7%) va globulin (0,05—0,1%) asl oqsillar qatoriga kiradi. Qaymoq Qaymoq separatorlar yordamida sutni qaymoq va yog‘siz sutga ajratish jarayonida olinadi. Sut 45—50°C gacha qizdirilib separatsiyalanadi, chunki yuqori harorat sutning qovushqoqligi pasayishini ta’minlaydi. Separator ish rejimini va sutning haroratini o‘zgartirib turli yog‘lilikka ega bo‘lgan qaymoqlarni olish mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling