155
4-
ilova
Pishloqlar va ularning turlari.
Pishloq sut mahsulotlari ichida eng yuqori to‘yimli va foydali mahsulotdir.
Tarkibida 25—30% oqsil, 16—32% yog‘, 1% atrofida kalsiy, 0,6% fosfor, A, B
x
,B
2
va D darmondorilari bo‘ladi; bu g‘oyatda xushta’m ovqat, organizmda yaxshi hazm
bo‘ladi. 100 g pishloq 300—400 kkal ga ega. Pishloq tarkibidagi moddalar kishi
organizimida to‘liq va oson o‘zlashadi.
Ishtaha ochishda,
ovqat hazm qilish
jarayonida muhim ahamiyatga ega.
Pishloq yangi, qaymog‘i olinmagan yoki normallashtirilgan sigir, echki suti yoki
ular aralashmasidan ishlab chiqariladi. Sut shirdon fermenti
yoki sut achituvchi
achitqi yordamida ivitiladi. Olingan quyuqlik (kale)
zardobini ajratish uchun
yanchiladi,
shakl beriladi,
presslanadi, tuzlanadi, keyin esa 15—30 kundan 12
oygacha yetiltiriladi. Yetilish davrida xom- ashyo achiydi, bunda gaz ajralib chiqib,
pishloqda ko‘zchalar hosil bo‘ladi. Achigandan keyin yaxshi pishib yetilishi uchun
pishloq yerto‘lalarda saqlanadi. Bu davrda pishloq oqsilida katta o‘zgarishlar ro‘y
beradi. Natijada pishloqda o‘ziga xos yoqimli ta’m, xushbo‘y hid, bir xildagi sariq
rang paydo bo‘ladi. Tayyor pishloqlarni qurib ketish va buzilishdan saqlash uchun
parafinlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: