Kichik guruhlarga bo‘linib ishlash uchun savolga (JAVOB)
1. Tovuq tuxumida po‘choq, oqsil va sarig‘likning nisbati, tuxumning kimyoviy
tarkibi parrandaning yoshi va zoti, oziqlantirish sharoitlari, tuxumning qo‘yilgan
vaqti, saqlanish muddati, sharoitlariga va tuxumning kattaligiga bog‘liq. Tuxum
tarkibida inson organizmining normal rivojlanishi uchun zarur bo‘ladigan hamma
moddalar mavjuddir. Ayniqsa, tovuq tuxumi yuqori ozuqaviy qiymatga ega ekanligi,
letsitin, temir, kalsiy tuzlariga hamda A, D, E darmondorilariga boyligi uchun
parhez va davolash maqsadlarida ishlatiladi. Lekin jigar, ateroskleroz kasalliklarida
va qariyalarga tuxumni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Tovuq tuxumining
kimyoviy tarkibiga: oqsillar — 12,7%, yog‘lar — 11,5%, uglevodlar — 0,7%,
mineral moddalar — 1,0%, suv — 74,0%, darmondorilardan A, D, Bj, B
2
, PP va
boshqalar kiradi.
2. Tovuq tuxumining massasi 45—76 g (o‘rtacha 52 g), o‘rdakniki — 75—100 g,
kurkaniki — 80—100 g, g‘ozniki 160—200 g ni tashkil qiladi.
Tovuq tuxumining og‘irligiga nisbatan, asosan, uch qismdan iborat: tuxum
po‘chog‘i (12%), tuxum oqi (56%), tuxum sarig‘idan (32%).
3. Saqlash usuli va muddatiga ko‘ra tuxumlar parhezbop, yangi, sovitgichda
saqlangan va ohaklangan turlarga bo‘linadi.
Parhezbop tuxumlar deb, massasi kamida 44 g, tovuq tuxum qilgan kundan
tashqari 7 kundan kechikmasdan iste’- mol qilinadigan va sovitgichda saqlanmagan
tuxumlarga aytiladi.
Yangi tuxumlarga —1°C dan —2°C haroratda 30 sutkagacha saqlangan
tuxumlar kiradi.
Sovitgichda saqlangan tuxumlarga shu haroratlarda bir oydan ortiq saqlangan
tuxumlar kiradi.
4. Qayta ishlangan tuxum mahsulotlariga muzlatilgan tuxum mahsulotlari
(melanj) va tuxum kukuni (tolqoni) kiradi.
163
Uyga vazifa:
1. O‘tilgan mavzu bo‘yicha konspektni to‘ldirish.
2. O‘tilgan mavzudagi ma’lumotlarni takrorlab tezkor savol-javobga tayyorlanib
kelish.
3. Nazorat savollariga tayyorlanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |