159
Izoh: O’quv dasturining mantiqan tugallangan bo’limi bo’yicha o’quvchi
albatta baholanadi va natijasi o’tish balidan 3 ball past bo’lganda qayta
nazorat belgilanadi.
4-
ilova
Tuxum g‘oyat muhim oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi. Umumiy ovqatlanish
korxonalarida tuxumning har xil turlari ishlatiladi. Bularga tovuq, o‘rdak, g‘oz,
kurka, bedana, qirg‘ovul tuxumlari kiradi.
Non, makaron va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda tabiiy tuxum bilan bir
qatorda turli xil tuxum mahsulotlari (melanj, tuxum kukuni,
tuxum oqsili, tuxum
sarig‘i)dan ham foydalaniladi. Ularning qo‘llanilishi mahsulotlarning oziqaviy
qiymatini oshirish bilan bir qatorda ta’mi, rangi,
konsistensiyasi va boshqa
xossalarini yaxshilashini ta’minlaydi.
Tuxum sarig‘ida emulgator hisoblangan letsitin mavjudligi sababli xamir
mahsulotlarning strukturasi ancha yaxshilanadi. Tuxum oqsili yaxshi ko‘pik hosil
qilishi tufayli u pastila va zefir kabi kuvlangan qandolat mahsulotlari, pirojnoye va
tortlar uchun kremlar tayyorlashda keng qo‘llaniladi. Oshpaz- likda tuxum va tuxum
mahsulotlaridan turli xil taomlar tayyorlashda foydalaniladi.
Barcha uy parrandalari ichidan tovuq tuxumi eng qimmatli va keng tarqalgani
hisoblanadi. G‘oz va o‘rdak tuxumi odamlarning
paratif va boshqa yuqumli
kasalliklar bilan kasallanishi manbayi bo‘lganligi sababli yangi holda iste’mol
qilinmaydi. Ular pishirish vaqtida yuqori harorat ta’sir ettiriladigan mahsulotlar
(pechenye, bulochkalar) tayyorlashda ishlatiladi.
Tovuq tuxumida po‘choq, oqsil va sarig‘likning nisbati, tuxumning kimyoviy
tarkibi
parrandaning yoshi va zoti, oziqlantirish sharoitlari, tuxumning qo‘yilgan
vaqti, saqlanish muddati, sharoitlariga va tuxumning kattaligiga bog‘liq.
Tuxum
tarkibida inson organizmining normal rivojlanishi uchun zarur bo‘ladigan hamma
moddalar mavjuddir. Ayniqsa, tovuq tuxumi yuqori ozuqaviy qiymatga ega ekanligi,
letsitin, temir, kalsiy tuzlariga hamda A, D, E darmondorilariga boyligi uchun
parhez va davolash maqsadlarida ishlatiladi. Lekin jigar, ateroskleroz kasalliklarida
va qariyalarga tuxumni iste’mol qilish tavsiya etilmaydi.
Tovuq tuxumining
kimyoviy tarkibiga: oqsillar — 12,7%, yog‘lar — 11,5%, uglevodlar — 0,7%,
mineral moddalar — 1,0%, suv — 74,0%, darmondorilardan A, D, Bj, B
2
, PP va
boshqalar kiradi.
Tovuq tuxumining massasi 45—76 g (o‘rtacha 52 g), o‘rdakniki — 75—100 g,
kurkaniki — 80—100 g, g‘ozniki 160—200 g ni tashkil qiladi.
Tovuq tuxumining og‘irligiga
nisbatan, asosan, uch qismdan iborat: tuxum
po‘chog‘i (12%), tuxum oqi (56%), tuxum sarig‘idan (32%).
Do'stlaringiz bilan baham: