1 1- mavzu: Oziq- ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va to‘yimliligi. Reja
Download 1.15 Mb. Pdf ko'rish
|
Maruza matni
5-
ilova Guruhlarda ishlash qoidasi Sherigingizni diqqat bilan tinglang. Guruh ishlarida o’zaro faol ishtirok eting, berilgan topshiriqlarga javobgarlik bilan yondashing. Agar yordam kerak bo’lsa, albatta murojaat qiling. Agar sizdan yordam so’rashsa, albatta yordam bering. Guruhlar faoliyatining natijalarini baholashda hamma ishtirok etishi shart. Quyidagilarni aniq tushunishimiz lozim: • Boshqalarga o’rgatish orқali o’zimiz o’rganamiz! • Biz bitta kemadamiz: yoki birgalikda suzib chiqamiz, yoki birgalikda cho’kib ketamiz. Kichik guruhlarga bo‘linib ishlash uchun topshiriq (SAVOL) 1. Tovarshunoslik so‘zining ma’nosi va fanning vazifalarini tushuntiring? 2. Tovarshunoslik fanini rivojlantirish istiqbollari haqida ma’lumot bering?. 3. Suv haqida ma’lumotlarni ayting? 4.Mineral moddalar haqida tushuncha bering? 6- ilova 7- ilova Tayanch iboralar Tovarshunosli. Tovar, Gasstronomiya, Baqqollik, Suv , Mineral moddalar, Mikroelementlar, Mikroelementlar. Kichik guruhlarga bo‘linib ishlash uchun savolga (JAVOB) 1. Tovarshunoslik so‘zi «tovar» va «shunos» (o‘rganish) ma’nosini ifodalaydigan so‘zlardan tarkib topgan. Tovar deb, sotish uchun ishlab chiqarilgan mehnat mahsuliga aytiladi. 2. Tovarshunoslik ilmining shakllanish davri XVI asrning o‘rtalarida boshlangan. Bu davrda xalq iste’moli tovarlari va ayniqsa dorivor o‘simliklar savdosi jahon bozorida keng rivojlanadi.. 3. Suv ovqat ratsionining eng muhim qismi hisoblanadi. Almashinuv reaksiyalarining kechishini, hazm qilish, moddalar almashinuvini, issiqlikni kerakli tarzda ushlab turishni ta’minlaydi. Suv inson tanasi og‘irligining 2/3 qismini tashkil etadi. Organizmning 10% dan ko‘proq suv yo‘qotishi uning hayot faoliyatiga xavf tug‘diradi. 4. Hamma oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibida mineral moddalar mavjud. Ular mahsulotlar tarkibida anorganik birikmalarning tarkibiga kirgan holda uchraydi. Oziq-ovqat mahsulotlarini maxsus pechkalarda yondirganda faqat mineral moddalar kul holida qoladi. Demak, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibidagi mineral moddalarning miqdori ulardagi kulning foiz miqdori bilan o‘lchanadi. Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling