1 1- mavzu: Oziq- ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va to‘yimliligi. Reja


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/103
Sana21.04.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1371379
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   103
Bog'liq
Maruza matni

Parhezbop nonlar navi. Bunday mahsulotlarga maxsus retsept bo‘yicha 
tayyorlangan va turli kasalliklarga chalingan kishilarga mo‘ljallangan non 
mahsulotlari kiradi. 
Nonning parhezbop navlariga oqsilli-kepakli bug‘doy unidan tayyorlangan 
nonlar kiradi, ularda hazm bo‘ladigan uglevodlar juda kam miqdorda bo‘lib, qand 
kasaliga uchragan kishilarga mo‘ljallanadi. Oshqozon-ichak kasalliklari bilan 
kasallangan bemorlar uchun esa nordonligi past bo‘lgan va tuz qo‘shilmagan nonlar 
ham ishlab chiqariladi. 
Nonlarning sifatiga talablar. Nonning sifati organoleptik va fizik-kimyoviy 
ko‘rsatkichlari asosida baholanadi. Nonning asosiy organoleptik ko‘rsatkichlariga 
tashqi ko‘rinishi, ta’mi, hidi va non mag‘zining holati kabi ko‘rsatkichlari kiradi. 
Nonning shakli to‘g‘ri, non turiga mos bo‘lishi, sirtqi yuzasi silliq, yaltiroq
yoriqlarsiz, qizarib pishgan holda bo‘lishi kerak. Nonlarning mag‘zi yaxshi pishgan 
nonga xos, elastik, g‘ovaklari bir tekis mayda ko‘zchalardan tashkil topgan bo‘lishi 
kerak. Nonlarning ta’mi va hidi yoqimli, o‘ziga xos, begona ta’mlarsiz va hidlarsiz 
bo‘lishi kerak. 


Teshik kulchalar. Teshik kulcha mahsulotlari dumaloq yoki oval shaklida 
yuzasi yaltiroq tusda bo‘ladi. Ular bir- biridan diametri, massasi va namligi kabi 
ko‘rsatkichlari bilan farq qiladi. Teshik kulchalar tayyorlash uchun xomashyo 
bug‘doy uni, qand, yog‘ va aromatik moddalar hisoblanadi. Teshik kulchalar 
tayyorlash uchun qattiq xamir tayyorlanadi. Xamir sifatli bo‘lishi uchun ishqalash 
mashinalarida ishlanib, 30—60 daqiqa davomida oshirib qo‘yiladi. Oshib yetilgan 
xamirdan shakllar yasaladi. 
Suxarilar (to‘g‘rab qotirilgan non). Tayyorlash uslubi va retsepturasiga qarab 
yog‘li va oddiy turlarga bo‘linadi. Oddiy suxarilar tayyorlash uchun bug‘doy, javdar 
unidan non tayyorlanadi, so‘ngra nonni qalinligi 22 mm bo‘lgan bo‘lakcha holida 
kesilib, 80—120°C haroratda 7—8 soat davomida quritiladi. 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling