Sabzavot va meva konservalari
Tayyorlash usuli va qaysi sohada iste’mol qilinishiga qarab sabzavot
konservalari tabiiy, gazakbop, ovqatbop, bolalarga va parhez maqsadlariga
mo‘ljallangan turlarga bo‘linadi.
Tabiiy konservalar — kimyoviy tarkibi, oziqalik qiymati va organoleptik
ko‘rsatkichlari bo‘yicha qaysi xomashyodan tayyorlangan bo‘lsa, o‘sha
xomashyoga yaqin bo‘ladi. Tabiiy konservalar uchun namakob 2—3% li osh tuzi
eritmasi hisob- lanib, ziravorlar qo‘shilmaydi.
Gazakbop konservalar deb, butunlay iste’molga mo‘ljallanib, maxsus ishlov
berilgan konservalarga aytiladi. Bu konservalarni tayyorlashda sabzavotlar oldin
o‘simlik moyida qovurib olinadi, keyin ustidan pomidor sousi quyiladi. Baqlajon,
qalampir, kabachkilardan shunday konservalar tayyorlanadi.
Ovqatbop konservalar yangi, tuzlangan, achitilgan sabzavotlar, kartoshkalardan
va yog‘, pomidor mahsulotlari, qand, tuz, ziravorlar, qo‘ziqorinlar, go‘shtlardan
tayyorlanadi. Ovqatbop konservalar ikki xil: sabzavotlardan va sabzavot-go‘sht
mahsulotlaridan tayyorlangan bo‘ladi.
Meva konservalarning assortimentiga kompotlar, pyurelar, pastalar, meva-
rezavor, meva marinadlari, bolalarga mo‘ljal- langan va parhezbop konservalar
kiradi.
Kompotlar — hamma meva va rezavor-mevalardan tay- yorlanadigan turli
assortimentli konserva. U bir yoki bir necha xil mevalar aralashmasidan (assorti)
tayyorlanishi mumkin. Kompot tayyorlash uchun meva saralanadi, yuviladi,
blanshirovka qilinib bankalarga joylanadi, ustidan shakar qiyomi quyilib,
sterilizatsiya qilinadi va qattiq qopqoq bilan yopiladi.
Meva-rezavor meva pyuresi. Deyarli hamma mevalardan pyurelar (bo‘tqa)
tayyorlanadi. Pyurelar tayyorlashda meva
Sukatlar.
Sukatlar murabboning butun yoki tilimlarga kesilgan va quritilgan mevalaridir.
Shakar qiyomiga o‘ralgan mevalar yangi meva va rezavorlardan tayyorlanadi,
buning uchun ular shakarli siropda qaynatib olinadi va quritiladi. Tayyor holatdagi
shakar qiyomga o‘ralgan meva va rezavorlar o‘zining tabiiy shakli yoki qirqma
shaklini saqlab qolgan bo‘lishi lozim.
1.
Urug‘li mevalarni ayting?
Do'stlaringiz bilan baham: |