1 1- mavzu: Oziq- ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va to‘yimliligi. Reja


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/103
Sana21.04.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1371379
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   103
Bog'liq
Maruza matni

Sabzavot va meva konservalari 
Tayyorlash usuli va qaysi sohada iste’mol qilinishiga qarab sabzavot 
konservalari tabiiy, gazakbop, ovqatbop, bolalarga va parhez maqsadlariga 
mo‘ljallangan turlarga bo‘linadi. 
Tabiiy konservalar — kimyoviy tarkibi, oziqalik qiymati va organoleptik 
ko‘rsatkichlari bo‘yicha qaysi xomashyodan tayyorlangan bo‘lsa, o‘sha 
xomashyoga yaqin bo‘ladi. Tabiiy konservalar uchun namakob 2—3% li osh tuzi 
eritmasi hisob- lanib, ziravorlar qo‘shilmaydi. 
Gazakbop konservalar deb, butunlay iste’molga mo‘ljallanib, maxsus ishlov 
berilgan konservalarga aytiladi. Bu konservalarni tayyorlashda sabzavotlar oldin 
o‘simlik moyida qovurib olinadi, keyin ustidan pomidor sousi quyiladi. Baqlajon, 
qalampir, kabachkilardan shunday konservalar tayyorlanadi. 
Ovqatbop konservalar yangi, tuzlangan, achitilgan sabzavotlar, kartoshkalardan 
va yog‘, pomidor mahsulotlari, qand, tuz, ziravorlar, qo‘ziqorinlar, go‘shtlardan 
tayyorlanadi. Ovqatbop konservalar ikki xil: sabzavotlardan va sabzavot-go‘sht 
mahsulotlaridan tayyorlangan bo‘ladi. 
Meva konservalarning assortimentiga kompotlar, pyurelar, pastalar, meva- 
rezavor, meva marinadlari, bolalarga mo‘ljal- langan va parhezbop konservalar 
kiradi. 
Kompotlar — hamma meva va rezavor-mevalardan tay- yorlanadigan turli 
assortimentli konserva. U bir yoki bir necha xil mevalar aralashmasidan (assorti) 
tayyorlanishi mumkin. Kompot tayyorlash uchun meva saralanadi, yuviladi
blanshirovka qilinib bankalarga joylanadi, ustidan shakar qiyomi quyilib, 
sterilizatsiya qilinadi va qattiq qopqoq bilan yopiladi. 
Meva-rezavor meva pyuresi. Deyarli hamma mevalardan pyurelar (bo‘tqa) 
tayyorlanadi. Pyurelar tayyorlashda meva 
Sukatlar. 
Sukatlar murabboning butun yoki tilimlarga kesilgan va quritilgan mevalaridir. 
Shakar qiyomiga o‘ralgan mevalar yangi meva va rezavorlardan tayyorlanadi
buning uchun ular shakarli siropda qaynatib olinadi va quritiladi. Tayyor holatdagi 
shakar qiyomga o‘ralgan meva va rezavorlar o‘zining tabiiy shakli yoki qirqma 
shaklini saqlab qolgan bo‘lishi lozim. 
1. 
Urug‘li mevalarni ayting? 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling