Tuzilishiga qarab barcha rezavor mevalar uch guruhga bo‘linadi:
1.
Haqiqiy rezavorlar — urug‘lari mag‘zi ichida joylashgan: uzum, smorodina,
krijovnik, klyukva, brusnika, chernika.
2.
Murakkab rezavorlar — qo‘shilib ketgan kichik meva- lardan tashkil topgan:
malina va maymunjon.
3.
Yolg‘on rezavorlar — etli mevadan tashkil topgan: zemlyanika va qulupnay.
Uzum shirin ta’mi, yuqori oziqaviyligi, shifobaxsh xususiyatlari bilan ajralib
turadi. Tarkibida qand (12—16%), kislotalar (0,8%) va qimmatli mineral moddalar
mavjud.
Uzumning navlari turli-tuman bo‘lib, xo‘raki,
quritiladigan va vino
tayyorlanadigan navlarga bo‘linadi. Xo‘raki navlarning mevalari katta, hidi
xushbo‘y, mazasi nordon va o‘ta shirin emas.
Quritiladigan navlari po‘stining yupqaligi, tarkibida qandning ko‘pligi,
kislotaliligining pastligi bilan ajralib turadi. Uzum navlari ham tarkibi bilan, ham
tashqi ko‘rinishi bilan farqlanadi.
Mevalar turli tusdagi yashil, pushti, ko‘k
ranglarda bo‘ladi. Rang beruvchi moddalar ko‘pchilik navlarning asosan
po‘stlog‘ida to‘plangan bo‘lib, mag‘zi va sharbati ko‘pincha rangsiz bo‘ladi.
Mevalar danakli hamda danaksiz bo‘ladi. Quritilgan uzum (kishmish) va uzumning
sharbatlari non va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: