1 1- mavzu: Oziq- ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va to‘yimliligi. Reja


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/103
Sana21.04.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1371379
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   103
Bog'liq
Maruza matni

Subtropik va tropik mevalar 
Subtropik mevalar, asosan, doim yashil, barg to‘kadigan ba’zi mevali daraxtlar 
hamda butalar. Bularga anjir, anor, sitruslar, zaytun, xurmo, chilonjiyda (unobi) va 
boshqalar kiradi. 
Subtropik o‘simliklar mazali, to‘yimli va dorivor xususiyatga ega meva beradi. 
Mevasi yangiligicha, konservalangan hamda quritilgan holda iste’mol qilinadi. Bu 
tur o‘simliklar vegetatsiya davrining uzunligi, qishda tinim davriga o‘tishi bilan 
tropik o‘simliklardan farqlanadi. Ularning sovuqqa chidamliligi turlicha: limon 
sovuqqa chidamsiz, anjir, anor, xurmo chidamliroq. O‘zbekistonda subtropik 
o‘simliklarning ba’zi turlari: apelsin, mandarin, limon oranjereya yoki uy sharoitida 
o‘stiriladi. So‘nggi yillarda subtropik mevalar Shreder nomidagi Bog‘dorchilik, 
uzumchilik va vinochilik institutining Janubiy O‘zbekiston tajriba stansiyasida, 
Toshkent viloyati Qibray tumanidagi limonariy shirkat xo‘jaligida, Surxondaryo 
viloya- tidagi Denov o‘rmon xo‘jaligida va boshqa bir qancha viloyatlardagi ayrim 
xo‘jaliklarda, shuningdek, tomorqalarda o‘stirilib, ko‘chatlari yetishtirilmoqda. 
Tropik mevalarga tropik mamlakatlarda yetishtiriladigan banan, ananas, kivi, 
mango kabi mevalar kiradi. Tropik mevalar O‘zbekistonga, asosan, tropik iqlimli 
mamlakatlardan import 
qilinadi (Hindiston, Kuba, Meksika, Vyetnam, Kavkazning Qora dengiz 
sohillaridan, Ozarboyjon va boshqalardan). 
Tuganak mevali sabzavotlar 
Tuganak mevali sabzavotlar o‘simlik poyasi yerosti qismining qalinlashgan 
tugunlaridir. Tuganaklilarga kartoshka, batat (kartoshkaning shirin turi), 


topinambur (yernok) kiradi. 
Qayta ishlangan sabzavot va mevalar 
Sabzavot va ho‘l mevalarni saqlash muddatini uzaytirish, ularning assortimentini 
ko‘paytirish maqsadida turli qayta ishlash usullaridan foydalaniladi. Achitish va 
tuzlash, ziravor qo‘shib sirkalash, qoqi qilish, muzlatib qo‘yish, sterilizatsiya yoki 
pasterizatsiya usulida germetik idishlarga konservatsiyalash keng qayta ishlash 
usullaridan hisoblanadi. 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling