1 1- mavzu: Oziq- ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va to‘yimliligi. Reja


Oziq-ovqat tovarlarining turkumlanishi va assortimenti


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/103
Sana21.04.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1371379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Bog'liq
Maruza matni

Oziq-ovqat tovarlarining turkumlanishi va assortimenti. 
 
Oziq-ovqat mahsulotlarini turkumlash, turlarga ajratish deganda, tovarlarning 
umumiy belgilariga, xususiyatlariga qarab ma’lum bir turlarga ajratish tushuniladi. 
Tovarshunoslikda tovarlarning turlari juda katta amaliy ahamiyatga ega, chunki 
oziq-ovqat tovarlarini ma’lum bir tartibga solmasdan turib ishlab chiqarishni ilmiy 
rejalashtirish, hisob-kitob ishlarini olib borish, tovarlarning assortimenti, sifati va 
iste’mol qiymatini mukammal o‘rganish katta qiyinchiliklar tug‘diradi. 
Oziq-ovqat tovarlarini turkumlashda ularning har xil xususiyatlari hisobga olinadi: 
paydo bo‘lishi, kimyoviy tarkibi, xomashyoning qayta ishlanganlik darajasi, 
foydalanilishi va boshqalar. Masalan, kelib chiqishiga qarab hamma oziq- 
ovqatlarni o‘simlik mahsulotlari yoki hayvon mahsulotlariga, kimyoviy tarkibi 
bo‘yicha esa oqsilli, yog‘li yoki uglevodga boy mahsulotlarga, qayta 
ishlanganligiga qarab esa xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor 
mahsulotlarga, ishlatilishiga qarab esa ozuqaviy hamda lazzatli mahsulotlarga 


bo‘lish mumkin. 
Oziq-ovqat mahsulotlari kelib chiqishi va ishlab chiqa- rishdagi qo‘llanishiga 
qarab quyidagi turlarga ajratilgan: 
1.Sabzavot va mevalar. 
2.Baliq va baliq mahsulotlari. 
3.Go‘sht va go‘sht mahsulotlari. 
4.Sut va sut mahsulotlari. 
5.Tuxum va tuxum mahsulotlari. 
6.Oziq-ovqat yog‘lari. 
7. 
Don va don mahsulotlari. 
8. 
Kraxmal. Qand. Asal. Qandolat mahsulotlari. 
9.Ta’m beruvchi mahsulotlar. 
Umumiy ovqatlanish korxonalarida oziq-ovqat mahsulotlari saqlash sharoitlari 
bo‘yicha quydagicha turkumlanadi: 
1. 
Go‘sht-baliqlar. 
2. 
Sut-yog‘lar. 
3. 
Gastronomiya. 
4.Quruq. 
5.Sabzavotlar va ho‘l mevalar. 
Gastronomiya tovarlariga iste’mol uchun tayyor bo‘lgan mahsulotlar — go‘sht, 
baliq, sut mahsulotlari, konservalar, non va non mahsulotlari, qandolat mahsulotlari 
va boshqalar kiradi. 
Baqqollik mahsulotlariga esa yormalar, un, makaron mahsulotlari, xamirturush, 
choy, tuz, qand, qahva va kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan xo‘jalik tovarlari 
(kirsovun, tish pastalari, soda va h.k.) kiradi. 
Oziq-ovqat mahsulotlari kelib chiqishi va yetishtirilish, iste’mol qilinish 
xususiyatlari bo‘yicha ikki guruhga bo‘linadi: 
1.Qishloq xo‘jaligida yetishtiriladigan o‘simlik mahsulotlari; 
2.Chorvachilikda yetishtiriladigan hayvon mahsulotlari . 
Suv 
Suv ovqat ratsionining eng muhim qismi hisoblanadi. Almashinuv 
reaksiyalarining kechishini, hazm qilish, moddalar almashinuvini, issiqlikni kerakli 
tarzda ushlab turishni ta’minlaydi. Suv inson tanasi og‘irligining 2/3 qismini tashkil 
etadi.Organizmning 10% dan ko‘proq suv yo‘qotishi uning hayot faoliyatiga xavf 
tug‘diradi.Odamning suvga ehtiyoji ovqatlanish turi va mehnat qilishi, harorat, 
sog‘lig‘i va boshqa omillarga bog‘liq. 
Suvsiz hayot yo‘q.Organizmdagi barcha biokimyoviy jarayonlar suv ishtirokida 
sodir bo‘ladi. Suv organizmda quyidagi muhim vazifalarni bajaradi: 
• barcha oziq moddalarni eritadi; 
• erigan moddalarni butun organizmga tarqatib yetkazib beradi; 
• issiqlik o‘tkazuvchanligi hisobiga tana haroratini me’yorida ushlab turadi; 
• hazm qilishni ta’minlaydi; 



Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling