1 1- mavzu: Oziq- ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi va to‘yimliligi. Reja


Download 1.15 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/103
Sana21.04.2023
Hajmi1.15 Mb.
#1371379
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   103
Bog'liq
Maruza matni

Donning tuzilishi. 
Bug’doyning asosiy xossalari bo’lib, donning tuzilishi va kimyoviy tarkibi
shuning bilan birga uning tashkil qiluvchi to’qimalarning tuzi-lishi va tarkibi 
hisoblanadi. Bug’doy doni qobiqdan, aleyron qatlamidan, unsimon endosperm va 
murtakdan tashkil topgan 
Yormalar, yorma turlari, kimyoviy tarkibi . 
Yorma donni po‘sti, aleyron qobig‘i, murtagidan maxsus ishlov berib ajratish 
asosida olingan butun holdagi yoki maydalangan don mahsulotidir. 
Yormalar boshoqli g‘alla ekinlari, grechixa va dukkakli o‘simliklarning donlaridan 
olinadi. 
Dondan yorma tayyorlashda po‘st, qobiq va murtak qisman yoki butunlay chiqarib 
tashlanib, xiyla qiymatli qismlari qoldiriladi, unga zarur shakl, o‘lcham va tashqi 
sayqal beriladi. Yorma — butun, ezilgan, donidan va dukkakli ekinlar doni yirik 
yoki mayda tuyilgan holda chiqariladi. 
Bug‘doy yormasi. Bug‘doy eng qimmatli don ekinlaridan hisoblanadi. Ekilish 
vaqtiga qarab, u kuzgi va bahorgi, tuzilishiga qarab esa yumshoq va qattiq turlarga 
bo‘linadi. Qattiq bug‘doy doni shishasimon, cho‘ziqroq; yumshoq bug‘doy esa unli, 
shakli yumaloq bo‘ladi. Bug‘doydan manniy yormasi hamda silliqlangan bug‘doy 
(«Poltava» va «Artek») yormasi ishlab chiqariladi. 


Manniy yormasi bug‘doy donini navlab tortish jarayonida olinadi, u T; M va 
MT rusumlarga bo‘linadi. 
«Т» rusumli yorma qattiq bug‘doyni tortishdan hosil bo‘ladi, uning yormasi 
kremsimon oqish yoki sarg‘imtir rangli, nim tiniq, sirti qirrali bo‘ladi. U a’lo sifatli 
manniy hisoblanadi, chunki unda boshqa rusumdagi yormalarga qaraganda oqsil 
moddalari ko‘p bo‘ladi. 
«М» rusumli yorma yumshoq bug‘doyni yanchib olinadi. 
«МТ» rusumli yorma yumshoq bug‘doyga 20% qattiq bug‘doy aralashtirib 
tortishdan hosil bo‘lib, sarg‘ish rangli bo‘ladi. 
Sholi. Sholi po‘st bilan qoplangan bo‘ladi. Sholi oqlan- gandan keyin hosil 
bo‘ladigan guruch esa shishasimon yaltiroq yoki sal yaltiroq hamda unli bo‘ladi. 
Sayqallangan turlari yaxshi hisoblanadi, chunki u qaynatilganda yelimsimon 
massaga aylanmaydi. 
Suli yormasi. Suli doni po‘stli, oq, sariq yoki qora rangli dugsimon, ignasimon 
yoki noksimon shaklda bo‘ladi. Suli donida, oqsil va kraxmaldan tashqari, yog‘ ko‘p, 
shu tufayli 
u o‘ta to‘yimli, biroq o‘rtacha ta’mi va yaxshi saqlanmasligi uning qimmatini 
pasaytiradi. Ishlatilishiga ko‘ra suli oziqa- yembop hamda yormabop xillarga 
bo‘linadi. 

Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling