1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash


ORTOSIFON BARGI – FOLIA ORTHOSIPHONIS


Download 199.58 Kb.
bet37/66
Sana15.11.2023
Hajmi199.58 Kb.
#1775290
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   66
Bog'liq
1-2-amaliy mashg‘ulot. Dorivor mahsulotlarni tayyorlash

ORTOSIFON BARGI – FOLIA ORTHOSIPHONIS


Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Ishqor eritmasida qaynatib yoritilgan bargning tashqi ko‘rinishi mikroskopda ko‘riladi (2-rasm).
Bargning yuqori epidermisi yirik hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, hujayra devori bir oz egri-bugri, pastki epidermis hujayralari maydaroq, hujayra devori (yuqorisiga nisbatan) ko‘proq egri-bugri shaklga ega. Ustitsalar yuqori epidermisdagiga nisbatan pastki epidermisda ko‘proq uchraydi. Ustitsalar 2 ta epidermis hujayrasi bilan o‘ralgan (labguldoshlarga xos). Ba’zan 3–4 ta epidermis hujayrasi bilan o‘ralgan ustitsalar ham uchrab turadi. Bargning har ikkala tomonidagi epidermisida oddiy va bezli tuklar hamda efir-moyi ishlab chiqaradigan bezlar bor. Bezli tuklar bir hujayrali kalta oyog‘chadan hamda bir yoki ikki hujayrali sharsimon, ba’zan tuxumsimon boshchadan tashkil topgan. Oddiy tuklarning asos qismi kengroq, o‘tkir uchli bo‘lib, 1–7 hujayradan iborat. Ba’zan bir hujayrali, konussimon tuklar ham uchraydi. Efir moyli bezlar bargning yuqori epidermisiga nisbatan pastki epidermisida ko‘proq uchraydi. Bularning juda ham kalta, bir hujayrali og‘chasi va yirik sharsimon yoki yumaloq to‘rtburchakli boshchasi bor. Ko‘pchilik efir moyli bezlarda boshchasi 4 hujayrali, ba’zan 8 hujayrali bo‘ladi. Efir moyli bezlar yosh barglarda juda ko‘p uchraydi, qari barglarda uchramasligi ham mumkin.
Qo‘shimcha tayyorlangan preparatga sudan-III eritmasidan tomizilib, bezli tuklardagi va bezlardagi efir moylarining qizg‘ish rangga bo‘yalganligi kuriladi.
2- rasm. Ortosifon bargining tashqi ko‘rinishi.
bargning yuqori epidermisi; B – bargning pastki epidermisi; V – barg cheti. 1 – efir moyli bezlar; 2 – boshchali tuk; 3 – oddiy tuklar.
30- amaliy mashg‘ulot. Tarkibida fenollar va ularning glikozidlari bo‘lgan dorivor o‘simliklarning mikroskopik tuzilishini o‘rganish


ERKAK PAPOROTNIK ILDIZPOYASI – RHIZOMATA FILICIS
MARIS



Download 199.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling