Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Sovuq yo‘l bilan yumshatilgan ildizpoyadan ko‘ndalangiga kesib, preparatlar tayyorlanadi. YUpqa qilib kesilgan preparatni floroglyusin eritmasi va kuchli xlorid kislota bilan bo‘yab, mikroskop ostida ko‘riladi (1-rasm). Ildizpoyada asosiy to‘qimaning hujayralari orasida yopiq (kambiysiz), konsentrik tipidagi (markazida ksilema, uning atrofini esa floema o‘rab olgan), o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari joylashgan bo‘lib, ularning traxeidlari qizil rangga bo‘yalgan holda ko‘rinadi. Ksilema asosan traxeidlardan tashkil topgan. O‘tkazuvchi to‘qima to‘plamlari bir qator endoderma hujayralari bilan o‘ralgan. Asosiy to‘qimaning parenxima hujayralari yupqa devorli hamda kraxmal donachalari va yog‘ bilan to‘la bo‘ladi. Hujayra oralig‘ida bir hujayrali sharsimon boshli va bir hujayrali oyog‘chali bezli hujayra – SHaxt hujayrasi uchraydi. Bu hujayra och yashil rangli smolaga o‘xshash asosiy ta’sir etuvchi modda ishlab chiqaradi. SHaxt hujayrasi vanilinning spirtdagi 1% li eritmasi va kuchli xlorid kislota ta’sirida qizil rangga bo‘yaladi.
Ildizpoyadagi barg kurtaklarini o‘rab turuvchi qo‘ng‘ir rangdagi tangachalarni pinset bilan yulib olib, issiq suvda yumshatiladi va xloralgidrat eritmasidan tomizib, mikroskopda (kichik ob’ektivda) ko‘riladi. Bu tangachaning shakli cho‘ziq – tuxumsimon, yuqori tomoni cho‘ziq, cheti qo‘shtishli qirrali. SHunga qarab, mahsulotni boshqa paporotniklar aralashmasidan ajratish mumkin. Urg‘ochi paporotnikning tangachasi tekis qirrali, qattiq qilli paporotnik tangachasining chetida – qirrasida mayda bezlari bor. Avstriya paporotnigining tangachasi o‘rtasida tangacha bo‘ylab joylashgan qo‘ng‘ir rangli keng yo‘lli bo‘ladi.
1- rasm. I. Erkak paporotnik ildizpoyasining o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lami orqali ko‘ndalangiga
kesimi.
1 – epidermis; 2 – gipoderma; 3 – asosiy parenxima hujayrasi; 4 – ichki bez (SHaxt hujayrasi); 5 –endoderma; 6 – ksilemadagi traxeidlar; 7 – floema.
Turli paporotniklar tangachalarining ko‘rinishi. A – erkak paporotnik; B – qattiq qilli paporotnik; V – urg‘ochi paporotnik; G – Avstriya paporotnigi. Tangacha to‘qimalarining qirrasi bo‘yicha ko‘rinishi. A1 –erkak paporotnik; B1 – qattiq qilli paporotnik; G1 – Avstriya paporotnigi.
Do'stlaringiz bilan baham: |