1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya
ASOSIY TEBRANIShLAR VA ULARNING SIMMETRIYaSI
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13
ASOSIY TEBRANIShLAR VA ULARNING SIMMETRIYaSI.
Atomlar soni N bo’lgan molekulani qaraymiz. Har bir atomning o’rnini uning uchta koordinatasini aniqlash orqali topish mumkin (masalan, to’g’ri burchakli koordinat sistemasida x, u va z koordinatalari). Koordinata qiymatlarining to’liq soni 3N bo’ladi va shuningdek, uning har bir koordinatasi boshqalariga bog’liq bo’lmagan holda berilgani uchun molekula 3N erkinlik darajasiga ega deb aytish mumkin. Molekulaning hamma 3N koordinatasini aniqlash uni to’liq aniqlash ya’ni, kimyoviy bog’larning uzunligini, ular orasidagi burchaklarni, egallagan joyining o’rnini topish imkoniyatini beradi. Molekula uch o’lchamli fazoda o’z konfigurasiyasini o’zgartirmasdan bir butun bo’lib erkin harakat qilayotgan bo’lsin. Molekulaning har lahzadagi bunday harakati uning og’irlik markazini holati bilan aniqlanadi, buning uchun esa uning uchta koordinatasini bilish kifoya. Boshqacha qilib aytganda, molekulaning ilgarilanma harakati 3N erkinlik darajasining uchtasi bilan xarakterlanadi va bu qolgan 3N - 3 darajasiga tegmaydi. Chiziqli bo’lmagan molekulaning har qanday aylanishini o’zaro perpendikulyar bo’lgan uchta o’qqa nisbatan aylanishlarining yig’indisi shaklida ifodalash mumkin. Shunday qilib aylanishni bayon qilish ham uchta erkinlik darajasini talab qiladi va shundan so’ng molekulada 3N - 6 erkinlik darajasi qoladi. Molekula harakatining yana bir oxirgi shakli uning ichki tebranishlaridir. Chiziqli bo’lmagan N atomdan tashkil topgan molekula 3N - 6 ta har xil ichki tebranishga ega bo’ladi. Demak, chiziqli bo’lmagan molekula 3N - 6 ta har xil asosiy tebranishga ega Ikkinchi tomondan, agar molekula chiziqli bo’lsa uning o’z o’qi atrofidagi aylanishini hisobga olmasa ham bo’ladi va bunday molekula ikkita aylanish erkinligiga zga bo’ladi. Chiziqli molekulalarda tebranish uchun 3N - 5 ta erkinlik darajasi qoladi, bu chiziqli bo’lmagan molekulanikidan bitta ko’pdir. Demak, chiziqli molekulada 3N - 5 ta asosiy tebranish xili bor. Ikkala holda ham N atomdan iborat siklik bo’lmagan molekula N - 1 ta kimyoviy bog’ga ega va N - 1 ta tebranish shu bog’lanishlar bo’ylab yo’nalgan bo’ladi. Bunday tebranishlar valent (inglizcha stretching) tebranishlar deb ataladi va yunon alfavitining (nyu) harfi bilan belgilanadi. Qolgan 2N - 5 (chiziqli bo’lmagan molekulalar uchun) yoki 2N - 4 (chiziqli molekulalar uchun) tebranishlar bu bog’larni egiltiradi, shuning uchun ular deformasion (inglizcha bending) tebranishlar deb ataladi va yunon alfavitining (delta) harfi bilan belgilanadi. Misollar qaraymiz. Yuqorida ko’rib o’tilgan ikki atomli molekula (u albatta chiziqli) bittagina asosiy tebranishga ega chunki, bu yerda N = 2 va 3N - 5 =1. Shuni qayd qilish lozimki, 3N - 5 qoidasi obertonlarga tegishli chastotalarda o’tish bo’layaptimi yoki yo’qmi va ularning intensivligi haqida hyech qanday ma’lumot bermaydi. Suv molekulasi uch atomli chiziqli bo’lmagan molekuladir. Quyidagi 4.7 - rasmda suv molekulasining hamma 3N – 6 = 3 mumkin bo’lgan tebranishlarining xili 39 tasvirlangan, strelkalar bilan yarim tebranish davrida ro’y beradigan atomlar harakatining yo’nalishi ko’rsatilgan. Valent tebranish atomlarni birlashtiruvchi bog’ bo’ylab sodir bo’ladigan davriy harakatdan iborat bo’lib, uning natijasida atomlar orasidagi masofa uzayadi yoki qisqaradi. Umumiy atomga ega bo’lgan valent bog’lar hosil qilgan burchakning o’zgarishiga sabab bo’luvchi harakat va bir-biriga nisbatan siljimaydigan bir guruh atomlarning, molekulaning qolgan qismiga nisbatan qilgan harakati deformasion tebranishlarga kiradi. O O O O H H H H H H H H C 2 a. Valent simmetrik sm 1 -1 b. Deformatsion sim. 2 = 1595,0 -1 sm c. Valent antisim. 3 -1 sm = 3755,0 4.7- rasm. Suv molekulasining simmetriyasi va uch xil asosiy tebranishlari. Kislorod atomi molekula og’irlik markazining yaqinida joylashgan va shuning uchun uning harakatini hisobga olmasa ham bo’ladi; a - valent simmetrik tebranish 1 7 , 3651 Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling