1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/79
Sana21.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1638134
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   79
Bog'liq
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13

Miqdoriy analiz. REAda miqdoriy analiz darajalash grafigi usuli orqali 
o’tkaziladi. Analiz o’tkazish uchun bitta solishtiriladigan standart namuna yetarlidir. 
Namunaning sifat va miqdoriy tarkibi to’g’risidagi [tajribaga bog’liq bo’lmagan 
ma’lumotlardan foydalanib] tegishli energiyaga ega bo’lgan elektronlar atomning 
tegishli sathidagi elektronlar bilan to’qnashganda rentgen nuri chiqish ehtimolini, bu 
rentgen nurini namunaning boshqa atomi tomonidan yutilish ehtimoliyatini va boshqa 
omillarni hisobga oluvchi nazariy tuzatishlar kiritiladi. Miqdoriy aniqlash oralig’i 
0,01 - 100 % mass. gacha. Mikroanaliz natijalarining nisbiy standart chetlanishi 0,15 
- 0,2. 
 
USULNING QO’LLANILIShI VA UNING IMKONIYaTLARI 
REA qattiq namunalarda bir vaqtda ko’p elementli sifat va miqdor analizlari 
o’tkazish imkoniyatini beradi. Energiya bo’yicha spektrga ajratuvchi spektrometrlar 
orqali Na dan to urangacha bo’lgan ixtiyoriy elementni aniqlash mumkin, to’lqin 
uzunligiga qarab ajratadigan spektrometr orqali esa bordan to urangacha bo’lgan 
ixtiyoriy elementni aniqlash mumkin. Yengil matrisadagi element qancha og’ir 
bo’lsa, uning aniqlash mumkin bo’lgan konsentrasiyasini shuncha kamaytirish 
mumkin. 
RENTGEN FLUORESSENT ANALIZ 
 
  
Bu usulda namunaga trubkadan chiqayotgan birlamchi rentgen nurlari ta’sir 
ettiriladi. Buning natijasida namuna o’zidan rentgen nurlari chiqara boshlaydi. Bu 
ikkilamchi rentgen nurlari namunaning sifat va miqdoriy tarkibiga bog’liq bo’ladi. 
Trubkadan kelayotgan birlamchi rentgen fotonlari atom yadrosiga eng yaqin 
joylashgan orbitaldan, ya’ni K - qatlamda joylashgan elektronlarni urib chiqarayotgan 
bo’lsin. Hosil bo’lgan bo’sh joylarga yadrodan uzoqroq turgan L, M va boshqa 
qatlamlarda joylashgan elektronlar o’tadi (7.5-rasmga qarang). Bu o’tishlar natijasida 
ikkilamchi rentgen nurlanishlari hosil bo’ladi. 
Yuqorida aytganimizdek K - sathda tugaydigan hamma o’tishlar K - 
chiziqlarning paydo bo’lishiga olib keladi. Qaysi energetik sathdan (L yoki M - 
qatlamdan) elektronni o’tishiga qarab hosil bo’lgan chiziqlar K

- yoki K

- deb 


62
belgilanadi. Energiyasi yuqori bo’lgan sathlardan L - qatlamga elektronni o’tishi 
natijasida L - chiziqlar hosil bo’ladi. Ular mos ravishda L

- (M -qatlamdan o’tganda) 
yoki L

(N - qatlamdan o’tganda) simvollari bilan belgilanadi. 
Rentgen fluoressent usul bilan miqdoriy analiz o’tkazish uchun xarakteristik 
rentgen chiziqlarining intensivligini o’lchash kerak.
Atomning yuqori energetik sathlaridan asosiy sathning bo’sh joyiga elektron 
o’tganda har doim ham rentgen nurlari hosil bo’lavermaydi. Rentgen nurlari 
chiqmaydigan o’tishlar ham uchrab turadi, xususan, kelayotgan rentgen nurlarining 
energiyasi tashqi valent elektronlarni qo’zg’atishga va urib chiqarishga sarflansa. 
Xarakteristik rentgen nurlarining hosil bo’lishiga olib keluvchi o’tishlar soni n
i
ning 
umumiy o’tishlar soniga nisbatiga fluoressensiyaning chiqishi (W) deyiladi. U, 
quyidagi yarimempirik tenglamaga ko’ra element atom nomerining ortishi bilan 
ko’payadi. 
4
4
4
2
.
32


Z
Z
W
(7.5) 
Masalan, 
kislorodning 
K-chiziqlari uchun fluoressensiyaning chiqishi 0,08% 
bo’lgan holda mis uchun u 0,40% ga teng. Yengil elementlarni aniqlash uchun 
rentgen fluoressent usulning sezgirligi kamdir. Shuning uchun u, atom nomeri 
(
13

Z
) o’n uchdan katta bo’lgan elementlarni aniqlash uchun ishlatiladi. 
Miqdoriy analiz qilinayotgan moddaning xarakteristik rentgen nurlanishining 
intensivligi quyidagi omillarga bog’liq: 
Rentgen trubkasidan chiqayotgan birlamchi rentgen nurlarining intensivligiga 
va uning to’lqin uzunliklari bo’yicha taqsimlanishiga. 
Aniqlanayotgan elementning namunadagi konsentrasiyasiga ya’ni uning 
atomlarini umumiy miqdoriga. 
Namuna qatlamining qalinligiga. Plyonka holidagi namunaning qalinligi ortgan 
sari aniqlanayotgan atomlarning miqdori ortadi va qo’zg’atilgan atomlar 
chiqarayotgan rentgen nurlarining intensivligi ham ko’payadi. Demak, qandaydir 
chegaragacha intensivlik qalinlikka proporsionaldir. Lekin, namunaning qalinligi 
ma’lum bir chegaraviy qiymatga yetgandan so’ng uni oshirgan bilan intensivlik 
o’zgarmasdan qoladi. Bu hodisa, hosil bo’lgan xarakteristik nurlarni namuna ichida 
yutilishi bilan tushuntiriladi. 
Namunani asosini tashkil etuvchi moddani xarakteriga ya’ni hamroh 
elementlarni miqdoriga va tabiatiga bog’liq. Bularni hammasi birgalikda matrisa 
effekti deyiladi. Birlamchi rentgen nurlarining bir qismi hamroh elementlar, ya’ni 
matrisa tomonidan yutiladi. 
Rentgen fluoressent analiz o’tkazadigan asbobning prinsipial sxemasi 7.6 - 
rasmda keltirilgan. 


63
7.6 - rasm. Rentgen fluoressent analiz o’tkaziladigan asbobning prinsipial 
chizmasi. I - atomni qo’zg’atuvchi qism; II - rentgen nurlarini spektrga yoyuvchi 
qism; III - spektrni qayd qiluvchi qism; 1 - rentgen trubkasi, 2 - namuna, 3, 5 - 
kollimatorlar, 4 - kristall-analizator, 6 - signalni qabul qiluvchi detektor, 7 - 
kompyuter. 
Rentgen trubkasidan 1 chiqayotgan birlamchi rentgen nurlari 2 namunaga tushib 
uning tarkibiga kiruvchi atomlarni qo’zg’atadi. Qo’zg’algan atomlar o’zidan 
ikkilamchi xarakteristik rentgen nurlari chiqara boshlaydi. Namunaning yuzasidan 
qaytayotgan, to’lqin uzunligi har xil bo’lgan rentgen nurlari ularni ichidan qat’iy 
parallel bo’lgan qismini ajratib olish uchun 3 kollimator va o’zaro parallel molibden 
plastinkalardan iborat sistema orqali o’tkaziladi. Nurlarning parallel bo’lmagan 
yoyilib ketayotgan qismi trubkalarning ichki yuzasi tomonidan yutiladi. Namunadan 
kelayotgan nurlar 4 kristall-analizator tomonidan spektrga yoyiladi ya’ni, to’lqin 
uzunliklari bo’yicha taqsimlanadi. Nurlarni kristaldan qaytish burchagi 

tushish 
burchagiga teng. Lekin, bunday burchak bilan to’lqin uzunligi 

Breg tenglamasi 
orqali bog’langan nurlargina qaytadi. 


sin
2d

(7.6) 
Bu yerda d - kristall-analizator panjarasidagi atom tekisliklari orasidagi masofa. 
Kristall-analizatorni 
aylantirib 

burchakni o’zgartirish orqali to’lqin uzunligi 
turlicha bo’lgan qaytgan nurlarni qayd qilish mumkin. 
Kristall-analizator sifatida turli moddalarning kristallari ishlatiladi. Ularning 
ba’zilari atom tekisliklari orasidagi masofalari ko’rsatilgan holda 2.3 - jadvalda 
keltirilgan. 
7.2 - jadval. Rentgen fluoressent analizda qo’llaniladigan kristall-analizatorlar. 
Kristall 
2d, nm Kristall 
2d, nm 
Kvars 
Topaz 
Litiy ftor 
0,1624 
0,2712 
0,4026 
Etilendiaminditartrat 
Ammoniy fosfat 
Kaliy gidroftalat 
0,8803 
1,064 
2,640 
1
2
3
5
6
7

ўз атиш спектрга ёйиш айд илиш 
4


64
Agar kristall-analizator sifatida litiy ftor ishlatilsa (2d = 0.4026 nm) hamda 

burchak 0 dan to 80
0
gacha burilsa bu holda, qaytgan nurlarning to’lqin uzunligi 
0,068 - 0,394 nm oraliqqa to’g’ri kelishini (7.6) formula orqali oson hisoblash 
mumkin. Shu oraliqqa mos keluvchi K - spektr chiziqlari yordamida atom nomerlari 
19 dan to 42 gacha ya’ni, kaliydan to molibdengacha (
1

K
= 0.0709 nm) (2.2 - 
jadvalga qarang) bo’lgan atomlarni sifat va miqdoriy analiz qilish mumkin. 
Etilendiaminditartrat bilan esa atom nomerlari kichkina bo’lgan atomlarni masalan, 
alyuminiyni aniqlash mumkin. 
Kristall-analizatordan 
qaytayotgan 
monoxromatik nurlar kollimatordan o’tib 
signal qabul qiluvchi 6 qurilmaga tushadi va undan 7 kompyuterga uzatiladi. Signal 
qabul qiluvchi qurilma sifatida Geyger hisoblagichi, proporsional yoki ssintilyasion 
hisoblagichlar ishlatiladi. Ssintilyasion hisoblagich, talliy qo’shish orqali faolligi 
oshirilgan kaliy yod kristallfosfordan iborat bo’lib, uning vazifasi rentgen nurlarini 
chaqnab ko’zga ko’rinadigan yorug’likka aylantirishdan iborat. Yorug’lik o’z 
navbatida elektr signaliga aylantirib kuchaytiriladi hamda foydalanish uchun 
kompyuterga uzatiladi. 
Hozirgi vaqtda to’liq avtomatlashgan va kompyuterga ulangan rentgen 
fluoressent analiz o’tkazuvchi asboblar ham tez, ham yetarli darajada aniq ishlaydi. 
Rentgen fluoressent analiz usuli namunaning tarkibidagi alohida elementlarning 
miqdori 0,001 dan to bir necha o’n foizgacha bo’lganda aniqlash imkonini beradi. 
Boshqa fizikaviy usullar kabi bu usul ham nisbiy hisoblanadi ya’ni, analiz kimyoviy 
tarkibi ma’lum bo’lgan etalonlar yordamida bajariladi. Bu usul bilan qattiq, suyuq va 
gaz holatidagi moddalarni analiz qilish mumkin. 


65

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling