1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya
RENTGEN SPEKTRI UChUN ATAMALAR MAJMUI
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13
- Bu sahifa navigatsiya:
- SPEKTRNI QO’ZG’ATISh MANBALARI
RENTGEN SPEKTRI UChUN ATAMALAR MAJMUI
Rentgen spektridagi chiziqlarni belgilash uchun rentgen kvanti hosil bo’lish mexanizmini ko’rsatuvchi simvollarning birikmasi ishlatiladi. Masalan, MgK 1 , bu yerda Mg - elementning simvoli, K - atomni qo’zg’atish vaqtida ionlangan elektron sath bosh kvant sonining indeksi, keyinchalik xuddi shu sathga relaksasiya natijasida yuqoriroq turgan sathdan elektron o’tadi, - elektron o’tish 0,13 0,15 0,17 0,19 0,21 нм 1024 2048 I, / имп с 7.3-расм. Металл отишмасининг рентген флуоресцент спектри. 58 natijasida bosh kvant son (n) o’zgarishining qiymatini ko’rsatadi. ) ( 3 ), ( 2 ), ( 1 n n n 1, 2, 3 - elektron sathchaning nomeri. Rentgen spektrida - chiziqning intensivligi maksimal bo’ladi, buning sababi 1 n bo’lganda elektron o’tishlar imkoniyatining (ehtimoliyatining) eng katta bo’lishidir. Rentgen nurlari chiqarilganda va yutilganda sodir bo’ladigan elektron o’tishlarning sxemasi hamda buning natijasida hosil bo’luvchi spektr chiziqlarining belgilanishi 7.4 - rasmda keltirilgan. 7.4 - rasm. Rentgen chiqarish spektrlarining hosil bo’lishi. SPEKTRNI QO’ZG’ATISh MANBALARI Rentgen emission (chiqarish) (REA), rentgen absorbsion (yutilish) (RAA) va rentgen fluoressent (RFA) usullarida spektrni hosil qilish uchun rentgen trubkasi ishlatiladi. Termoemission katod va yaxshi issiqlik o’tkazish qobiliyatiga ega bo’lgan qiyin eruvchi materialdan (W, Mo, Cu va boshqalar) qilingan sovutiladigan anoddan iborat elektrodlar rentgen trubkasining asosiy elementlari hisoblanadi. Trubkaning havosi so’rib olinib yuqori vakuum hosil qilinadi. Kuchlanganligi 20-60 kV bo’lgan elektr maydonida tezlashtiriladigan termoelektronlar anod yuzasiga kelib uriladi. Anod materiali orqali elektronlar o’tganda, ularning bog’langan va erkin elektronlardan elastik va noelastik sochilishi sodir bo’ladi. Birlamchi elektronning sochilish jarayoni uning energiyasini kamayishiga, harakatining sekinlashishiga ya’ni, tormozlanishiga olib keladi. Atomning elektromagnit maydonida tezlanish bilan harakat qilayotgan zaryadlangan zarracha (elektron) o’zidan uzluksiz elektromagnit rentgen nurlanish (tormozlanish natijasida nurlanish) spektrini chiqaradi. Agar, noelastik sochilish jarayonida birlamchi elektronning bog’langan elektronga bergan energiyasi, tegishli elektron sathni ionlashtirish energiyasidan katta bo’lsa, bu holda shu energiya sathida joylashgan elektronning urib chiqarilishi sodir bo’ladi va bu hodisaga elektron zarb 59 orqali ionlashtirish deyiladi. Agar birlamchi elektronning energiyasi ionlash energisidan 3 - 4 marta katta bo’lsa, bunday jarayonning sodir bo’lish ehtimoli eng katta bo’lishi tajribada aniqlangan. Bu ma’lumot rentgen trubkasining tegishli ishchi parametrlarini tanlashda hisobga olinadi. Ionlangan atomni turg’un holatga qaytishi ya’ni relaksasiyasi ikki xil yo’l bilan amalga oshadi, birinchisi xaraktristik rentgen nurini (kvantini) chiqarish (7.5- rasmga qarang) va ikkinchisi oje-elektronni chiqarish orqali. Shunday qilib, rentgen trubkasining chiqarish spektri - bu tormozlanganda chiqadigan uzluksiz va xarakteristik nurlanishlarning to’plamidan iborat bo’ladi. Odatda rentgen trubkalari, chiqarish spektrining u yoki bu qismini ajratib olish uchun ishlatiladigan metall filtrlar bilan butlanadi. e ikkil e birlam I bosqich qo’zg’atish h rentg II bosqich relaksatsiya 7.5-rasm. Rentgen nuri hosil bo’lishining modeli. REA da tekshirilayotgan namuna rentgen trubkasining anodiga o’rnatiladi. Namunani elektronlar bilan bombardimon qilish natijasida uning yuzasidan rentgen nurlari chiqa boshlaydi. RAA va RFA usullarida spektrni qo’zg’atish uchun rentgen trubkasi chiqarayotgan birlamchi rentgen nurlari ishlatiladi. RAA usulida ishlatiladigan rentgen nurlarining monoxromatiklik darajasi yuqori bo’lishi kerak. Elektronzondli rentgen spektral mikroanaliz usuli (RSMA) REA ning ko’rinishi hisoblanadi. Bu usulda rentgen spektrini qo’zg’atish uchun bir xil energiyaga ega bo’lgan elektronlar dastasi (dastaning energiyasi 10 - 30 keV diametri 1 - 2 mkm) yoki o’lchami 10x10 dan to 50x500 mkm maydonda o’zgartiriladigan elektron dasta- rastr ishlatiladi. Birinchi holda, nuqtaviy analiz, ikkinchi holda esa, yuzaning qismini analiz qilish amalga oshiriladi. Shunday qilib, RSMA lokal analiz usuli hisoblanadi (lokal - ma’lum bir joyni analiz qilish). Bu usulda qo’zg’atish manbai sifatida elektron pushka ishlatiladi. Elektron pushka avto yoki termoemission katod hamda tezlatuvchi va fokuslovchi elektrostatik yoki magnit linzalardan tashkil topgan sistemadan iborat bo’lib yuqori vakuum sharoitida ishlaydi. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling