1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya


Download 1.32 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/79
Sana21.06.2023
Hajmi1.32 Mb.
#1638134
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   79
Bog'liq
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13

i
h
h
h





0
1
yoki
i





0
1
tenglamaga muvofiq ravishda kichik chastotali nurga (“qizil” yo’ldoshga) aylanadi. Bu 
yerda 
0

- qo’zg’atuvchi yorug’likning chastotasi
i

- molekulaning tebranish 
chastotasi. 
Agar yorug’lik tebranish holatida turgan molekulaga ya’ni, 
i
h

energiyaga ega 
bo’lgan molekulaga ta’sir qilsa, u holda yorug’lik molekuladan bu energiyani olib
i
h
h
h





0
1
yoki
i





0
1
tenglamaga muvofiq ravishda katta chastotali nurga («binafsha» yo’ldoshga) aylanishi 
mumkin.
Qo’zg’algan holatda bo’lgan (ortiqcha energiyali) molekulalar soni asosiy 
holatdagi molekulalar sonidan ancha kam bo’ladi shuning uchun, binafsha 


49
yo’ldoshning intensivligi qizil yo’ldosh intensivligidan beqiyos darajada kam bo’lishi 
kerak, tajriba ham buni tasdiqlaydi. 
Temperatura ko’tarilgan sari qo’zg’algan molekulalar soni tez ko’payadi va 
shunga yarasha binafsha yo’ldoshlarning intensivligi ham tez ortishi kerak, bu ham 
tajribada tasdiqlanadi. 
Bayon etilgan soddagina nazariya bu hodisaning asosiy tomonlarini yaxshi talqin 
etgani bilan uning qator muhim xususiyatlarini yoritib bera olmaydi. Dastavval, 
yuqoridagi jadvalda qayd qilingan juda muhim farqning yuzaga kelish sababini 
tushuntira olmaydi. Ba’zi intensiv infraqizil chiziqlar raman spektrida juda zaif bo’lib 
ko’rinadi, bazan esa umuman ko’rinmaydi. Ba’zan aksincha, raman spektridagi 
chiziqlar infraqizil spektrda ko’rinmaydi.
Chastotasi 

ga teng bo’lgan raman chiziqning intensivligi molekulaning shu 
chastotaga mos keladigan tebranishlar qilganda uning 

qutblanuvchanligi naqadar 
ko’p o’zgarishi bilan aniqlanadi. Yutilishning shunday chastotali IQ polosasining 
intensivligi mos chastotali IQ yorug’lik ta’sirida bu tebranishning qanchalik yaxshi 
sodir bo’la olishiga ya’ni, kelayotgan to’lqinning elektromagnit maydonini molekula 
naqadar yaxshi sezishiga bog’liq. Molekulaning bunday sezishi tegishli tebranishda 
uning elektrik dipol momentini o’zgarishlari bilan aniqlanadi. Qutblanuvchanlikning 
o’zgarishi bilan dipol momentining o’zgarishi turli xil tebranishlarda turlicha 
ifodalanishi mumkin. Shuning uchun bu tebranishlardan biri IQ spektrlarda, boshqasi 
esa Raman spektrlarida yaxshi ko’rinadi. 
Masalan, CO
2
molekulasining valent simmetrik tebranishida (3.8.a - rasm) 
molekulaning qutblanuvchanligi ko’p o’zgarib uning dipol momenti esa o’zgarmaydi 
(nolga teng) chunki, kislorodning bir xil zaryadlangan ikki atomi tebranish vaqtida 
uglerod atomiga nisbatan simmetrik qolaveradi. Valent antisimmetrik tebranishda esa 
qutblanuvchanlik o’zgarmaydi chunki, kislorod atomlaridan biri uglerodga 
yaqinlashganida ikinchisi uzoqlashadi va aksincha. Lekin, bu tebranishlarda 
molekulaning dipol momenti o’zgaradi. Shuning uchun valent simmetrik tebranishlar 
natijasida kombinasion chiziq paydo bo’ladi va bu chiziqning chastotasi Raman 
spektrlaridan aniqlanadi. 
Raman spektrlarini organik kimyoda qo’llanilishi 
Infraqizil spektrlar kabi Raman spektrlarining kimyoda qo’llanilishida asosiy 
rolni xarakteristik chastotalar o’ynaydi. Yuqorida aytganimizday kombinasion 
sochilish kimyoviy bog’lanishlarning qutblanuvchanligi bilan IQ spektrlari esa, dipol 
momentining o’zgarishlari bilan bog’liq. Shuning uchun, molekulaning tarkibida —
C—S—, —S—S—, —C—C—, —N═N va —C═C— gruppalar bo’lganda Raman 
spektrlari ko’proq ma’lumot beradi, IQ spektrlari yordamida esa molekulaning O—H, 
C═O, P═O, S═O kabi gruppalarining xarakteristik chastotalari yaxshiroq o’rganiladi. 
Ko’pgina hollarda IQ va Raman spektrlari bir-birini to’ldiradi va shuning uchun ham 
molekulaning tuzilishini to’liq aniqlashda ikkala spektrning bo’lishi foydali va 
ba’zida esa zarurdir. Ilgarilari IQ spektrlarida ko’rinadigan molekulyar gruppalarning 
chastotalari juda intensiv o’rganilardi. 60-yillarning oxirlaridan boshlab lazerlarning 
qo’llanilishi munosabati bilan molekulalarning Raman spektrlarida faol bo’lgan 
xarakteristik chastotalari ham keng o’rganilayapti. 


50
Infraqizil spektrda intensivligi juda kam yutilish polosasiga ega bo’lgan har xil 
—C═C— gruppalarning valent tebranishlariga tegishli chastotasi 1600 sm
-1
atrofida 
bo’lgan spektr chizig’ini faqat Raman spektrlari yordamida o’rganish mumkin. 
Haqiqatan ham kimyoviy bog’ atrofidagi o’zgarishlar simmetrik bo’lsa C═C valent 
tebranish IQ spektrda faol bo’lmaydi, lekin zaryadlarining taqsimoti simmetrik 
bo’lgan bu tebranish Raman spektrida juda intensiv chiziqqa ega. 
Xarakteristik chastotalarning o’zgarishi molekuladagi o’rinbosarlarning 
o’zgarishiga uzviy bog’liqdir. Shuning uchun ham bu o’zgarishlarni o’rganish 
o’rinbosarlarni o’rganish hamdir. Masalan, quyidagi jadvalda C═C bog’ valent 
tebranishlarining o’zgarish chastotasi o’rinbosarni joyiga bog’liqligi ko’rsatilgan. 
Oltingugurt atomi bilan hosil bo’lgan kimyoviy bog’larning tabiatini o’rganishda 
ham Raman spektrlari IQ spektrlarga qaraganda katta ustunlikka ega. S—H, C—S va 
S—S bog’larning tebranish chastotasi yaxshi o’rganilgan. IQ spektrlarda S—H 
bog’ning tebranish chastotasi 2580 sm
-1
bo’lgan yutilish polosasi kuchsiz ko’ringan 
holda bu tebranishga tegishli Raman chiziqning intensivligi yetarli darajada 
yuqoridir. Buni allilmerkaptanning infraqizil va Raman spektrlari keltirilgan 5.5 - 
rasmda ko’rish mumkin. Chastotalari 570 va 785 sm
-1
yaqinida joylashgan C—S 
tebranishga tegishli chiziqlarning intensivligi ham Raman spektrlarida kattadir, bu 
chiziqlar ko’pincha dublet yoki multiplet tuzilishga ega. 
3600 3200 2800 2400 2000 1800 1600 1400 1200 1000 800 600 4
00
3200 2800 2400 2000 1800 1600 1400 1200 1000 800 600 400
200 0
100
80
60
40
20
0
0,0
0,1
0,2
0,3
0,4
0,6
1,0
1,5
a
b
T,%
O
p
tik zi
ch
lik
sm
-1
sm
-1
5.5- rasm. Allilmerkaptanning infraqizil (a) va Raman (b) spektrlari. IQ 
spektr 10% li SCl
4
(3800 - 1333 sm
-1
) va 10% li CS
2
(1333 - 450 sm
-1

eritmalarida olingan. Raman spektri toza namunaga tegishli. 
Uglerod-galogen bog’ning valent tebranishi 
Uglerod-galogen bog’ning valent tebranishlariga tegishli polosalar Raman 
spektrlarida 1000 va 450 sm
-1
oralig’ida joylashgan. Bu polosalarni ham faqat bir 
spektrga (infraqizil yoki raman spektriga) asoslanib talqin qilish yetarli darajada 
ishonchli bo’lmaydi. Ko’rsatilgan chastotalar oralig’ida ko’pchilik birikmalar yo IQ 
spektrda (aromatik birikmalar, alkinlar va hokoza) yo raman spektrida (tarmoqlangan 


51
alkanlar, tarkibida oltingugurt bo’lgan gruppalar) intensiv chiziqlarga ega. Uglerod-
galogen tebranishga tegishli polosalar har ikkala spektrda ham juda intensiv bo’ladi. 
Tuzilishi bir-biriga o’xshash bo’lgan birikmalardagi C—F, C—Cl va C—Br 
bog’lariga tegishli tebranishlar natijasida hosil bo’ladigan raman chiziqlarining 
intensivliklarini taqqoslash shuni ko’rsatadiki ularning intensivligi C—F dan C—Br 
ga qarab ortadi, IQ spektrlarida esa buning teskarisi bo’ladi. Bu hodisani quyidagicha 
tushuntirish mumkin. Uglerod-galogen bog’ning qutblanuvchanligi C—F dan C—I 
ga qarab ortadi, dipol momenti esa xuddi shu yo’nalishda kamayadi. 

Download 1.32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling