1-2 Maruza. Atom spektroskopiyasi usullari. Atom-emission spektroskopiya
Ma`ruza RAMAN SPEKTROSKOPIYA USULI Yorug’likning kombinasion sochilishi
Download 1.32 Mb. Pdf ko'rish
|
1-магистр-ФАУ-маърузалар-2012-13
5 Ma`ruza RAMAN SPEKTROSKOPIYA USULI
Yorug’likning kombinasion sochilishi Yorug’likning kombinasion sochilish hodisasi 1928 yilda deyarli bir vaqtda hind olimlari V.Raman va K.Krishnan hamda rus olimlari L.I.Mandelshtam va G.S.Landsberglar tomonidan ochilgan. Shuning uchun ham dunyo adabiyotida (rus adabiyotidan tashqari) bu hodisaga asoslangan spektroskopiya usuliga Raman spektroskopiyasi deyiladi. Yorug’likning kombinasion sochilishiga asoslangan spektroskopiya molekulaning tebranma va aylanma sathlari orasidagi o’tishlarni o’rganish bilan ish ko’radi va bu jihatdan u IQ spektroskopiyani eslatadi. Raman spektroskopiyasi yordamida olingan ma’lumotlar IQ spektroskopiyasi yordamida olingan ma’lumotlarni to’ldirib tadqiqotchiga molekulaning tuzilishi to’g’risida ko’proq ma’lumot beradi. Raman spektroskopiyasida namuna monoxromatik yorug’lik nurlarining dastasi bilan yoritiladi va undan sochilgan yorug’likning intensivligi tushayotgan yorug’lik yo’nalishiga perpendikulyar bo’lgan yo’nalishda o’lchaniladi (5.3 - rasm). 1 2 5 4 3 5.3 - rasm. Kombinasion sochilish bo’yicha o’tkaziladigan tajribaning sxemasi. 1 - monoxromatik nurlar manbai (lazer); 2, 4 - to’plovchi linzalar; 3 - namuna; 5 - spektrometr. Bu usulda molekulani qo’zg’atish uchun yorug’likning monoxromatik manbalaridan foydalaniladi. Namuna joylashtiriladigan kyuvetaning tuzilishi turli xil bo’lishi mumkin (hatto kapilyar ham) u, faqat bitta shartni qanoatlantirishi kerak ya’ni, tushayotgan nurning yo’nalishiga nisbatan to’g’ri burchak yo’nalishida o’lchash imkoniyatini ta’minlashi kerak. Bu spektroskopik usulda qiyinchilik tug’diruvchi ikkita sabab (faktor) bor; birinchisi, agar namuna tushayotgan yorug’likni yutsa, temperaturasini ko’tarilishi natijasida alohida qismlarga ajralishi yoki buzilishi mumkin, ikkinchisi, yorug’likning ta’sirida fluoressensiyalanishi (namunani yoritish tugashi bilan uning nurlanishi ham tugaydigan lyuminessensiyaning turiga fluoressensiya deyiladi) mumkin. Qo’zg’atuvchi gaz lazerlarining to’lqin uzunligini va intensivligini tanlash bilan bu qiyinchiliklarni yo’qotish yoki minimumgacha kamaytirish mumkin. Hozirgi vaqtda quyidagi gaz lazerlarining monoxromatik nurlari moddalarning kombinasion spektrini olish uchun ishlatiladi; geliy-neon lazeri 8 , 632 nm, argon lazeri 488,0 va 514,5 nm, kripton lazeri 530,9 va 647,1 nm. Releycha sochilish deb ataladigan sochilishda chastotasi 0 va energiyasi 0 h bo’lgan yorug’lik molekulaga tushganda unga urilib chastotasini o’zgartirmasdan sochiladi. Bunday sochilishga elastik sochilish deyiladi. Elastik bo’lmagan 47 to’qnashishda molekula o’zining tebranish energiyasini tushayotgan fotonga beradi yoki undan oladi va shuning uchun ham sochilgan yorug’likning chastotasi yo ko’payadi yo kamayadi hamda unga mos ravishda sochilgan yorug’likning spektrida tushayotgan monoxromatik yorug’likka tegishli spektr chizig’ining ikkala tomonida simmetrik joylashgan yo’ldosh chiziqlar hosil bo’ladi. Bu hodisaning quyidagi qonuniyatlari tajribada topilgan: 1. Yo’ldosh chiziqlar tushayotgan yorug’likning har bir chizig’i yonida bo’ladi. 2. Qo’zg’atuvchi (tushayotgan) yorug’lik spektr chizig’ining 0 chastotasi bilan yo’ldosh chiziqlar chastotalari ... , , , 111 11 1 orasidagi farq sochuvchi modda uchun xarakterli bo’lib uning molekulalarini xususiy tebranish chastotalariga ( i ) teng. i 1 1 0 1 i 2 11 0 2 i 3 111 0 3 . Misol sifatida quyidagi jadvalni keltirish mumkin. Download 1.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling