1. 7-sinf O'zbekiston Tarixi darsligi qaysi davrni o'z ichiga oladi?
Download 34.48 Kb.
|
7-sinf uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-§. IJTIMOIY-IQTISODIY OZGARISHLAR
- 2-§. ILK ORTA ASRLARDA XORAZM, XIONIYLAR, KIDARIYLAR DAVLATLARI
Kirish 1. 7-sinf O'zbekiston Tarixi darsligi qaysi davrni o'z ichiga oladi? J: IV-XV asrlarni o'z ichiga oladi 2. Qabila begi, hukmdor ma'nosini beruvchi so'zni toping. J: O'zbek 3. Mamlakatimizda Arab xalifaligi hukumronligi qachon o'rnatilgan? J: VIII asrning boshlariga kelib 4. 2014-yilning 15-16-may kunlari Buyuk alloma va mutafakkirlarning ilmiy merosiga bag'ishlangan konfrensiya qaysi shaharda bo'lib o'tgan? J: Samarqandda 5. Markaziy Osiyo mintaqasi ilmiy-madaniy yuksalish Sharq Renessansi qaysi davrda ro'y bergan? J: IX-XII va XIV-XV asrlarda 1-§. IJTIMOIY-IQTISODIY O'ZGARISHLAR 1. Ilk o'rta asrlarda mulkdor tabaqa vakillari qanday nomada atalgan. J: dehqon 2. Ilk o'rta asrlarda ziroatchi oddiy qo'shchilar qanday nom bilan atalgan? J: kashovarz 3. Ilk o'rta asrlarda qishloqning dehqonlarga qaram aholisi nima deb atalgan? J: kadivar 4. Ilk o'rta asrlarda dehqon mulkini qo'riqlovchi, harbiy posbonlar nima deb atalgan? J: chokar 5. V asr o'rtalariga kelib sug'oriladigan yerlarning asosiy qismi qaysi tabaqa vakillari qaramog'ida edi? J: qishloq jamoalariga qaramog'ida edi 2-§. ILK O'RTA ASRLARDA XORAZM, XIONIYLAR, KIDARIYLAR DAVLATLARI 1. III asrda Xorazm davlatining poytaxti qaysi shahar xarobasi o'rnida bo'lgan? J: Tuproqqal'a shahar xarobasining o'mida bo'lgan 2. Xorazmda IV-X asrlarda qaysi sulola hukmronlik qilgan? J: Afrig'iylar 3. Milodiy 305-yilda Xorazmshoh Afrig' o'z qarorgohini qaysi shaharga ko'chirgan? J: Kat shahriga ko'chiradi. 4. Xorazmda afrig'iy hukumdorlar qachon kumush tanga zarb ettirgan? J: 305-yida 5. "Xorazmshohlar" unvonini dastlab qaysi sulola qabul qilgan? J: Siyovushlar 6. Xorazm hududida bir nechta mayda hokimliklar mavjud bo'lgan davrni aniqlang. J: III asrda 7. Qo'lida burgut qo'ndirilgan tojdor hukmdor tasviri tushirilgan tanga qaysi shahardan topilgan? J: Tuproqqal'adan 8. Qo'lida lochin tutgan tojdor kishi tasviri tushirilgan tanga qaysi shahardan topilgan? J: Anqaqal'a yaqinidan 9. O'rta Osiyoda IV asrning 70-yillardan V asrning ikkinchi yarmigacha hukumronlik qilgan davlatni toping. J: Xioniylar davlati 10. Xioniylar davlati markazi qaysi hududda joylashgan J: Zarafshon vohasida bo'lgan 11. Ilk O'rta asrlarda O'rta Osiyoda 120 yil hukmronlik qilgan davlat nomini aniqlang. J: Xioniylar davlati 12. O'rta Osiyo hududiga V asrning 20-yillarida kirib kelgan xalqni aniqlang? J: Kidariylar(toxarlar) 13. Ilk o'rta asrlarda faoliyat ko'rsatgan Kidariylar davlatining poytaxti qaysi shahar bo'lgan? J: Balx 14. Kidariylar va sosoniylar o'rtasida jang qaysi yilda sodir bo'lgan? J: 456-yil 15. Kidariylar shimoliy Hindistonda necha yil hokum surgan? J: 75 yil Download 34.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling