1. 7-sinf O'zbekiston Tarixi darsligi qaysi davrni o'z ichiga oladi?
-§. VI-VII ASRLARDA MADANIY HAYOT
Download 34.48 Kb.
|
7-sinf uzb
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-§. MOVAROUNNAHRDA ARAB XALIFALIGINING ORNATILISHI
7-§. VI-VII ASRLARDA MADANIY HAYOT
1. Sug'd va xorazm yozuvlari qaysi yozuv asosida vujudga kelgan? J: qadimgi oromiy yozuvi 2. Qaysi yozuv baqtriya yozuvi asosida shakllangan bo'lib, 25 harfli yozuviga ega bo'lgan? J: Toxar yozuvi 3. Bizning zamonimizgacha saqlanib qolgan qaysi yozuvlar Panjikent yaqinidagi Mug' qal'asida, Sharqiy Turkistondagi Turfan shahri yaqinida, Samarqandning qadimiy xarobasi Afrosiyobda qayd etib o'rganilgan? J: sug'd yozuvlari 4. Sug'dda o'g'il bolalar besh yoshga to'lgach, ... J: yozuv va hisobga o'rgatilgan. 5. Biri ikkinchisiga tutashib ketadigan 38-40 harflardan iborat yozuv qaysi edi? J: Turkiy run (ko'kturk) xati 6. VI-VII asrlarda aholining ko'pchiligi qaysi dinga e'tiqod qilgan? J: zardushtiylik 7. Manbalarda ta'rif etilishicha, Toxariston aholisi qaysi dinga e'tiqod qilgan? J: budda 8. Moniy dinining arkoni? J: Ibodat, ro'za, sadaqa 9. Samarqand viloyatining Urgut tumani Sug'ddagina emas, balki butun O'rta Osiyoda qaysi din markazi bo'lgan. J: nasroniylik 10. Ko'k Tangri sharafiga qurbonlikka nima so'yilgan? J: qora qashqa ot 11.Qaysi shaharning umumiy maydoni qariyb 200 gektardan bo'lgan? J: Samarqand 12. Nimaning balandligi 12 metrga boradi? J: Ajinatepa buddasi haykalining bo'yi 13. Buxoro qaysi san'ati bilan mashhur? J: qiziqchilar 14. Samarqand qaysi san'ati bilan mashhur? J: naychilar, 15. Toshkent nimasi bilan shuhrat topgan edi? J: raqqos yigit va raqqosa qizlari 8-§. MOVAROUNNAHRDA ARAB XALIFALIGINING O'RNATILISHI 1. Arabistonda yagona e'tiqod asosida mamlakatni birlashtirish harakati qachon boshlanadi? J: VII asr boshlarida 2. Qaysi so'zning ma'nosi "bo'ysunish", "itoat etish", "o'zini Alloh irodasiga topshirish" degan ma'nolarni anglatadi? J: Islom 3. Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v. - sollallohu alayhi vasallam) ibn Abdulloh yashagan yillarni aniqlang. J: 570-632 4. Xalifa so'zining ma'nosi? J: o'rinbosar 5. 651-yili arablar jangsiz qaysi shaharni egallaydilar? J: Marv 6. Xurosonning markazi qaysi shahar edi? J: Marv 7. Movarounnahr so'zining ma'nosi nima? J: "Daryoning narigi tomonl" 8. 632-1258-yillarda yashagan davlatni aniqlang. J: Arab xalifaligi 9. VII asrda Xorazm qaysi xalq tomonidan ikki marotaba talon-toroj etilgan? J: arablar 10. Kimning ma'lumoti bo'yicha 673-yilning kuzida xalifa Muoviya | (661-680) farmoni bilan Ubaydulloh ibn Ziyod Amudaryodan kechib o'tib, Buxoro hududiga bostirib kiradi? J: Narshaxiy 11. VIII asr boshlarida Xurosonga noib qilib tayinlanib, arablarning Movarounnahrga harbiy yurishiga boshchilik qilgan shaxsni aniqlang. J: Qutayba ibn Muslim 12. Arablar yurishi vaqtidagi Sug'd podshosi kim edi? J: G'urak 13. VIII asr boshlarida Farg'onada arab askarlari tomonidan o'ldirilgan Xuroson noibini aniqlang. J: Qutayba ibn Muslim 14. VIII asr mobaynida yirik dehqonlar qo'li ostidagi yermulklar kimlarning qo'liga o'tishi ro'y beradi? J: arablarning 15. "Buxoro tarixi" nomli asarini yozib qoldirgan va 899-959-yillarda yashagan tarixchini aniqlang. J: Narshaxiy 16. "Egallash", "zabt etish", "bosib olish" ma'nosini beradigan atamani aniqlang. J: fath etish 17. Arabcha - "o'ndan bir" degan ma'noni anglatuvchi atamni aniqlang. J: Ushr 18. Kim 710-yilda Naxshab va Keshni bosib olib, Samarqandga hujum boshlash uchun tayyorgarlik ko'radi? J: Qutayba Ibn Muslim 19. 710-737-yillardagi So'g'd podshosini aniqlang. J: G'urak 20. 713-yilda qaysi lashkarboshi qo'shinining bir qismi Choch viloyatiga, o'zi boshliq asosiy kuch esa Farg'ona vodiysi tomon yo'l oladi? J: Qutayba ibn Muslim Download 34.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling